Abdulla sher axloqshunoslik


  Fidoyilik va ziyolilik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

3. 
Fidoyilik va ziyolilik
Fidoyilik. 
M a’lum ki, inson muayyan m am lakat va jam iyatdagi 
qoidalarni, huquqiy m e’yorlami buzmay yashashi mumkin. Rasmiy- 
huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday odam rosmana, jamiyat 
uchun xavf tug‘dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam 
axloqsiz bo‘lishi, huquq bilan hisoblashgan holda axloqni tan olmasligi 
mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z mamlakatidagi jinoyat kodeksini 
e’tirof etishi barobarida, qalbidagi vijdon qonunlari bilan hisoblashmaydi, 
jinoiy jazodan qo‘rqadi-yu, vijdon azobini bilmaydi.
Shu fikrlami endi misolda ko'raylik. Deylik, kuz kunlaridan birida 
0 ‘rdadagi Anhor bo‘ylab shoshib ketayotgan odam suvga cho‘kayotgan, 
yordamga muhtoj kishini ko‘rdi. Lekin darhol o ‘zini suvga otib, uni 
qutqarmadi. Chunki birinchidan, cho‘kayotgan u emas, ikkinchidan, 
egnidagi kostyum-shim suvga tushsa rasvo bo‘ladi, uchinchidan, uning 
vaqti yo‘q, foydali bir ish yuzasidan uchrashuvga ketyapti, to'rtinchidan, 
suv sovuq, shamollab qolishi mumkin, beshinchidan, axir, bu odamning 
cho‘kishiga u sababchi emas-ku! Shunday qilib, bir odam cho kib ketdi, 
ikkinchi bir odam, buni ko‘ra-bila turib, o‘z yo'lida davom etaverdi. Buning 
uchun uni qamamaydilar ham, jarimaga tortmaydilar ham, u haqda faqat, 
qanday beshafqat, vijdonsiz odam ekan, deb fikr bildiriladi, xolos.
Endi boshqa bir o ‘tkinchini tasaw ur qiling: u shu zahoti o‘zini suvga 
otib, cho‘kayotgan odam ni qutqardi, dastlabki yordamni ко rsatdi va 
taksiga xarajat qilib, uyiga qaytdi: kiyim-bosh shalabbo, kattagina 
foydadan qoldi, besh-olti kun shamollab, dori-darmonga ham mablag4 
sarfladi. Lekin u bunga achinmaydi. Voqeani eslaganida afsuslanmaydi, 
balki o ‘z xatti-harakatidan qoniqish tuyib, jilmayib qo‘yadi, hatto bu
xotirlash unga ruh beradi.
Bu hodisada biz ikki xil tamoyil bilan harakat qilgan ikki kishini ko‘rib 
turibmiz: birinchisi — xudbin, ikkinchisi — fidoyi inson. Garchand, qonun 
birinchi kishini xudbinligi uchun jazolamagani barobarida ikkinchi kishiga 
fidoyiligi uchun alohida imtiyoz bermasa-da, jamiyat, mahalla-ko‘y, 
odamlar ularga ikki xil munosabatda boMadilan xudbinlikdan ijirg anib, 
nafratlanadilar, fidoyilikdan hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar.
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar izzat-hurmat
274
www.ziyouz.com kutubxonasi


ко rsatilishiga sabab shuki, u istisnoli holatlarda o'zining odatiy-kundalik 
hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda 
oshira olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar m anfaati 
yo'lida o ‘z qonuniy manfaatlarini, b a’zan esa hatto hayotini qurbon 
qilishga tayyorturadi va zarurat tug'ilganda qurbon qiladi ham ; jam iyat 
uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o ‘zidan kechadi. 
Bunga Ikkinchi jahon urushi qahram oni mard o'zbek yigiti T o'ychi 
Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulemyotiga 
ko‘ksini qalqon qilishi bilan o ‘nlab, balki yuzlab o ‘ziga o'xshash odam lar 
hayotini saqlab qoldi; bu odam lar esa o ‘z navbatida jaho nd a fashizm 
g‘alabasining xavfini kamaytira borib, oxir-oqibat yo‘qqa chiqardilar; 
ularning zurriyotlari esa hozir ham dunyoning yangilanishi, o ‘zgarishi 
uchun, oliy maqsadlar uchun xizmat qilmoqdalar. To‘ychi Eryigitovning 
nomi biz bilan birga, hech qachon xalq yodidan chiqmaydi.
Shuni ham aytish kerakki, fldoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy 
davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi; u m a’lum bir 
davrlarda om m aviylashishi yoki kam ayishi m um kin. C h u n o n c h i, 
mustaqillikka erishganimizdan so‘ng dastlabki paytlarda o 'tish davriga 
xos bo‘lgan — fidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchayganini 
ко rdik. Hozirga kelib esa, aksincha, asta-sekinlik bilan jam iyatim izda 
fldoyilik ustuvor tamoyil m aqom ini egallab bormoqda; Prezident Islom 
Karimovning fldoyilik tamoyili m ohiyatini to ‘la anglatadigan «Elim 
deb, yurtim deb yonib yashash kerak!» degan so‘zlarini axloqiy shior 
qilib olgan jam iyatim iz a ’zolarining ilg‘o r qismi to b o ra k o ‘payib 
bormoqda. Ana shu ko‘payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz 
qurayotgan davlatning shakli-shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi.
Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha m a’nosida 
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan biiga yuzaga 
keldi desak, xato qilmagan bo'lam iz. Lekin bu tam oyilning inson 
faoliyatidagi dastlabki unsurlari 0 ‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi 
m a’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e ’tirof etmoq lozim. Y a’ni, u 
insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual — aqliy taraqqiyot bilan 
bog‘liq. Shu bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan 
axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allom alaridan 
biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor 
Adorno Ikkinchi jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik — axloqiy 
kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta ’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha — tam oyil
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida murakkab va ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik 
deganda oliy m a’lumotli kishiga xos bo‘lgan fazilatni tushunadilar. 
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma nolarini 
anglatmaydi. Oddiy fermer - dehqon ham, haydovchi ham, farrosh 
ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan. 
«Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», degan yuksak ljtimoiy 
bahoga loyiq boiishlari mumkin. Bunda u odam ning kasbidan qat i 
nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani 
tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik asosida insonning m a’naviy-ma’rifiy 
yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi 
bilan belgilanadigan xatti-harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga hukm ron-m a’muriy doiralar va Xalq tom onidan 
o ‘ziga xos munosabatlar mavjud. Chunonchi, birinchi toifadagilar ко p 
hollarda ziyolilikka um um iy tarzda ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin 
m asala m uayyan ziyoli shaxslarga borib taq algan d a, m anfaatlar 
to ‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasini ziyolilik tamoyili 
asosida yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki, 
yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg‘anadilar, turli 
bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga Lev 
Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tom onidan la’natlanishi 
yoki norasmiy Turkiston Ligasining rahbari, istiqlol fidoyisi, mard 
sarkarda, haqiqiy ziyoli, ch o r armiyasi general-m ayori J o ‘rabek 
Qalandarqori o‘g‘liga suiqasd uyushtirilishi - Qorasuvdagi o ‘z yozgi 
bog‘ida sirli ravishda o ‘ldirilishi hodisalari yaqqol misol bo la oladi. 
M ustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda 
ziyolilik tamoyiliga sodiq kishilar to ‘g‘ridan to ‘g‘ri, ochiq qatag on 
qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, C ho‘lpon kabi jadidlarni 
va Stalin-Hitler konslagerlarida halok boigan minglab ziyolilami keltirish 
mumkin.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolaming munosabatida esa ikki xil 
yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qismi, millatning 
o ‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar ziyolilarga havas bilan 
qaraydilar, ziyolilaming xatti-harakatlarini nafaqat ma qullaydilar, balki 
o ‘z farzandlari va yaqinlariga nam una qilib ko'rsatadilar. Ammo oddiy 
aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma>> 
deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma lumotlari 
oliy yoki o ‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat 
bilan o ‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud
www.ziyouz.com kutubxonasi


«omma» qaysi yerda kamayib borsa, o ‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak 
darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng m a’nodagi fidoyilikdir. Shu 
bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tam oyilini h ar 
bir fuqaroga singdirish uchun m untazam kurash olib borilm oqda. U ni 
singdirish esa m a’naviyatni yuksaltirish orqali ro'yobga chiqadi. Bu 
k u rash te p a sid a m a ’n a v iy a tn i u s tu v o r so h a d eb e ’lo n q ilg a n
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov turibdi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish