Abdulla sher axloqshunoslik


Axloqning asosiy vazifalari



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

3. Axloqning asosiy vazifalari
Axloqning vazifalari juda ko‘p va xilma-xil. Biz faqat ularning 
asosiylarigagina to ‘xtalib o ‘tamiz. Axloqning asosiy vazifasi, eng aw alo, 
uning tarbiyaviyligidir. Axloqiy tarbiya inson uchun, xalqona qilib 
aytganda, beshikdan to qabrgacha asqotadi. Tarbiya go‘dakdagi axloqiy 
mohiyatni yuzaga chiqarishi uchun, unda axloqiy yo nalmalarning, xulq 
va odatlarning shakllanishiga xizmat qiladi, axloqiy taqiqlarining 
mohiyatini bola ongiga singdiradi. Kattalarda esa о z-o zini tarbiyalash 
xislatini paydo qiladi va rivojlantiradi, ularni ongli axloqiy tanlov bilan 
ish ko‘rishga o'rgatadi. Axloqning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda 
turli xil vositalar va om illar ishtirok etadi. Jum ladan, pand-o git, 
adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari va h.k.
Insonni qadriyatlarga yo‘naltirish ham axloqning muhim vazifalaridan 
hisoblanadi. Chunki axloqiy qadriyatlar shaxsning kamol topishida katta
www.ziyouz.com kutubxonasi


rol o ‘ynaydi, insonga ezgulikka qarab borish va yovuzlikdan qochish 
yo‘lini ko'rsatadi. Mazkur vazifa qadriyatlarga asoslangan holda odamlar 
axloqiy xatti-harakatlarini baholash imkonini ham beradi; ularning 
umum qabul qilingan tamoyillar va m e’yorlarga mos yoki mos emasligini 
belgilashda obyektivlikni ta ’m inlaydi. 
Shuningdek, u eng yaxshi 
an anaviy va zamonaviy qadriyatlar hamda um um bashariy va milliy 
fazilatlar uyg‘unligini amalga oshirishga xizmat qiladi.
A x lo q n in g k o m m u n ik a tiv v a z ifa s in i h am b o r k i, u in so n
munosabatlarini go‘zal taomilga aylantirishda m uom ala odobi, etiket 
singari me yoriy qonun-qoidalar majmuini ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi, mohiyatan u muomalani imkon boricha insoniy, 
go zal munosabat, yoqimli aloqa sifatida ro‘y berishiga k o ‘maklashadi, 
kishida yuksak muomala madaniyatining shakllanishiga, tilning shirin
im o-ishoraning nozik, suhbatning yoqimli bo‘lishiga olib keladi.
Axloqning yana bir vazifasi esa ~ bilish. U insonga axloqiy bilim 
beradi. Shu bilim vositasida odam o ‘z xatti-harakatini boshqaradi, 
hissiyotlarning qaysi biriga ustuvorlik berish kerak va qaysi birini sabr 
bilan yengish lozimligini belgilaydi, kundalik hayotda duch keladigan 
axloqiy muammolarni hal etishda kishiga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan 
aytganda, axloqning bu vazifasi insonning o ‘z ichki dunyosini bilish 
uchun kalit vazifasini o ‘taydi, ayni paytda unga o ‘zgalar x atti-h arakat­
larini axloqiy baholash imkonini ham beradi.
Biz yuqorida «axloqiy boshqarish» degan iborani b ir necha bir 
ishlatdik. Zero, axloqning eng miqyosli vazifalaridan biri boshqarish. 
Axloqiy boshqarish har bir alohida olingan shaxs va b utun jam iyatni 
to g ri yo lga solish uchun xizmat qiladi. U odamlardagi nafsni jilovlash, 
salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti-harakatlarning o ld in i olish, 
individning о z-o ‘zini boshqarishi, ijtimoiy munosabatlam i axloqiylash- 
tirish, axloqning insonparvar m e’yorlarini hayotga tatbiq etish kabi 
masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir. Bunda odam lam ing 
о zni tutishlari va o ‘zaro m unosabatlari jamiyat fikri h am da shaxsning 
axloqiy о z-o zini baholashi asosida, m a’qullash yoki tan b eh berish 
yordamida boshqariladi.
Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham m uhim . U odam zodni 
hayvoniy xislatlardan — zulm , z o ‘ravonlik, zug‘um , ad olatsizlik, 
insofsizlik kabi qator illatlardan forig1 bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar 
bilan yo g rilib yashashi, doim o komillikka intilishiga k o ‘maklashish 
bilan belgilanadi. Ayni paytda m azkur vazifa axloqiy q o n u n-qoidalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham m a uchun majburiyligini, ular oldida, ijtimoiy hayotda egallagan 
o ‘rnidan qat’i nazar, barcha odamlarning teng ekanini ta ’minlashga, 
jam iyatda obro'parvarlik (avtoritarizm ) axloqini inkor etishga va 
insonparvarlik (humanizm) axloqini barqaror qilishga yo‘naltirilgan.
Shunday qilib, biz ikki bob mobaynida baholi qudrat qisqacha 
axloqning ichki murvatlari to ‘g‘risida fikr yuritdik. Endi uning tashqi 
m a’naviy olamda tutgan o ‘rniga, undagi boshqa ijtim oiy-m a’naviy 
hodisalar bilan o ‘zaro aloqalariga to ‘xtalib o‘tamiz.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish