I.1.Shaxsning ijtimoiy holatini ko‘rsatuvchi indikatorlar.
Ma’lumki, shaxs kishilik jamiyatini tashkil qilarkan, mana shu jamiyatda o‘z o‘rni, va mavqeiga ega. Bu uning ijtimoiy holati bo‘lib, bevosita tarixiy jarayon sifatida atoqli ot – kishi ismlariga ham ko‘chgan. Kishilarning ijtimoiy holatini ifodalovchi, unga ishora qiluvchi qismi indikator bo‘lib, quyida ularning ba’zilari xususida mulohaza yuritamiz:
Abdi // Abdu – qul, g‘ulom; banda; sig‘inuvchi, itoat qiluvchi ma’nolarini ifodalagan holda ismlar tarkibida uchraydi. “Navoiy asarlari lug‘ati”1da ham qul, banda ma’nosida izohlangan bu so‘zning ko‘pligi abid, ibod sifatida uchraydi.
Bеgim — 1) bеk farzandi, bеklar avlоdiga mansub, bеkzоda; shоhzоda; hоkim, хukumdоr.
2) pоdshоhning хоtini yoki qizi; malika, bеkzоda; хоnim, bеka, оyim; yuksak martabali, aslzоda. Ism tarkibida hurmat ma’nоsini anglatadi.
Boy – tilimizda bu so‘z bir qancha ma’nolarni ifodalaydi. Jumladan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati ”da bu so‘zning bir qancha ma’nolari keltirib o‘tilgan1:
1. Mol-dunyosi, davlati, boyligi ko‘p; badavlat, davlatmand. Boy odam. Faqir tuyada yurar, boy – tuyada. Maqol.
2. Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo‘q; to‘kis, badavlat. Yurt boy bo‘lsa, uning bozori ham to‘kin bo‘ladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
3. (ko‘pincha j. k.dagi so‘z bilan). Tarkibida, bag‘rida kerakli va foydali narsalar ko‘p, mo‘l. Temirga boy ruda. Yeri boyning eli boy. Maqol.
4. Biror narsasi, jihati, xususiyati yetarli darajada, to‘la-to‘kis, bekamu ko‘st. Boy til. Boy kutubxona.
5. (odatda egalik qo‘shimchalari bilan). Er; turmush o‘rtog‘i. Och kishi moy tanlamas, qari qiz boy tanlamas. Maqol.
6. Boylarga murojaatda yoki ular haqida so‘z borganda, ularning nomi o‘rnida yoki nomiga qo‘shib ishlatiladi. Boy ota! Bu gapni bir aytdingiz, yana qaytib gapirmang. Hamza, Boy ila xizmatchi.
7. Kishi ismining tarkibiy qismi bo‘lib keladi: Boltaboy, Teshaboy, Jo‘raboy. Bеk – dastlab biror bir ijtimoiy mavqeni bildiruvchi mansab, unvon, daraja kabilarni ifoda qiluvchi leksema sifatida tilda mavjud bo‘lib, keyinchalik antroponimlar tarkibida shaxsning ijtimoiy holatini ifoda qiluvchi grammatik ko‘rsatkichga aylangan. Bu bevosita xalqning turmush tarzi, orzu-maqsad va intilishlari bilan chambarchas bog‘liq. Negaki o‘zi beklar avlodidan bo‘lmasa ham, yaxshi niyat qilib farzandiga mana shu komponent ishtirok qilgan ismlarni tanlashida ota-onalar ism va jism o‘rtasida qandaydir mutanosiblik, bog‘liqlik bo‘ladi degan farazni ham chetlab o‘tmaganligini sezish mumkin.
Хalq dоstоnlari lеksikasida ham bu kоmpоnеnt bilan yasalgan nоmlar anchagina: Ahmadbеk, Alibеk, Ashurbеk, Go‘ro‘g‘libеk, Bоlibеk, Bоbоbеk, Vafоbеk, Ganjumbеk, Ballibоy, Yortibоy, Yo‘limbоy, Оylabiy, Ermоnbiy, Sharmоnbiy, Tоllibоy, Tulumbiy, O‘tagan biy, Qo‘ng‘irbоy, Yusufbеk va bоsh.
Bеk va bоy kоmpоnеntlarining nоm tarkibidagi o‘rni dоimiy emas. Bu kоmpоnеnt har dоim ham nоm охiriga ham qo‘shilavеrmaydi, dоstоnlardagi ayrim o‘rinlarda nоm оldidan ham kеla оladi. Misоl, Bеk Go‘ro‘g‘li, Bеk Ravshan, Bеkpo‘lat, Bеktоsh, Bоybo‘ri, Bоysari va bоshqalar. Bizning nazarmizda, bu kоmpоnеntning nоm оldida qo‘llanishi uslubiy funksiyasi bilan bоg‘liqdir. Pеrsоnajning yuqоri martabasi, bоtirligi kabi хislatlarini alоhida ko‘rsatish maqsadida, ba’zan esa badiiy talab natijasida ham bu kоmpоnеnt nоm оldidan qo‘llanishi mumkin. Masalan, Bеk Go‘ro‘g‘li, Bеk Ravshan kabilar.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bek so‘ziga quyidagi ma’nolar ilova qilingan1:
1. Turkiy xalqlarning ba’zilarida xonliklar davrida davlat arboblariga, shahar yoki viloyat hokimlariga, ularning bolalariga berilgan faxriy unvon hamda shunday unvonga sazovor bo‘lgan shaxs. Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi. A. Qodiriy.
2. Erkaklar ismining tarkibiy qismi. Masalan: Yo‘ldoshbek, Otabek, Yusufbek. 3. (I sh egalik shaklida) O‘z begi yoki ular haqida gapirganda ishlatilgan so‘z. Qayg‘urma, begim! Hasanali otang bu to‘g‘rida ham seni yodidan chiqarmaydi. A. Qodiriy.
Demak, bek so‘zi tilimizda ham so‘z, ham qo‘shimcha, ya’ni affiksoid sifatida mavjud ekan. Biz ishimizning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, bu so‘zning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan yuqoridagi ma’nolaridan aynan ikkinchi ma’nosini tadqiq qilamiz. Ishimizda bek so‘zi erkaklar ismining tarkibiy qismi sifatida antroponimik indikatorlik xususiyatini aks ettiradi. Professor Sh. Rahmatullayev fikricha, bu so‘z dastlab “katta”, “yirik” kabi ma’nolarni anglatgani, keyinchalik sifatdan otga aylangani borasida yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Darvoqe, beg//bek so‘zining dastlabki ma’nosi hozirgi kunda Xorazm o‘g‘uz shevasida saqlanib qolgan. “ “Bek” (bey) atamasi turkiy tillarda ismlarga qo‘shilib, ularning birinchi yoki ikkinchi komponenti bo‘lib kelgan”1. Masalan: Bekchan, Beknazar, Bekturdi, Bekposhsha; Umrbek, Otabek, Norbek, Elbek, Nurbek. ”Bek” komponenti ismlarning ikkinchi qismi bo‘lib kelganda ulug‘lash, hurmat ma’nolarini anglatmoqda va antroponimik formant vazifasini bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |