Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
tasadduq qilib ko‘rishkach, kechikkani uchun nechog‘liq tashvishlar tortib va qandog‘ 
tushlar ko‘rganini labi-labiga tegmay so‘zlay ketdi. Allaqayoqlarda yurgan To‘ybeka ham 
yugura kelib so‘rashmoqqa uyalsa ham, ammo «chiroylik yigit»ning qo‘lidag‘i xurjinni 
oldi. 
Oftob oyim yugura-yugura qat-qat ko‘rpachalar solib, kuyavni o‘lturishka taklif qildi 
va qarshilashni har galgidan ham oshirib yubordi. Lekin Otabek bu qarshi olinishlarg‘a 
juda ishonchsiz qarar, bu kun bo‘lmasa ertaga «ota-ona orzusi» bilan bu siylanishlarni 
birdan o‘zgarib ketmagiga imon kelturib, qaysi yo‘sunda o‘lturib olg‘anini ham payqamas 
edi. Oftob oyimning bir qancha yaxshi tilaklar bilan bo‘lg‘an duosiga ham ishonchsiz qo‘l 
ko‘tardi va mash’um «orzu»ning bundog‘ yaxshi duolarni ost-ust qilishini o‘yladi. 
Fotihadan keyin Oftob oyim tovoqni xurmaga, xurmani tovoqqa urushdirib kuyavga 
qatiq olib chiqdi va Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay «ichingiz, yo‘l g‘uborini 
oladir» deb qistay boshladi. So‘ngra To‘ybekani choy qaynatishg‘a buyurib o‘zi kuyavi 
bilan so‘rashdi: 
— Otangiz, onangiz salomatlarmi? 
— Shukur, sizga salom aytdilar. 
— Hasanali otam sog‘mi, nega siz bilan kelmadi? 
— Shukur, sog‘, ba’zi ishlar bilan bo‘lib kelolmadi,— bu javobni berish homono 
ko‘nglidan kechdi: «Nega yolg‘on gapirasan, Hasanali to‘y harakatlari bilan mashg‘ul 
emasmi...» 
Otabekning kirib o‘lturganiga bir necha daqiqa fursat o‘tkan bo‘lsa ham hamon 
Kumush uydan chiqmadida, arazini qattig‘ ushlagancha o‘lturib oldi. Oftob oyim kuyavi 
yuzida ko‘rilgan o‘ychanliqni Kumushning uydan chiqmag‘anlig‘ig‘a yo‘yib qizini chaqirdi: 
— Kumush! Qallig‘ing keldila-ya, chiqib so‘rashishni ham bilmaysan! 
Oftob oyimning shu yo‘sun chaqirishi uch-to‘rt qaytalab bo‘lsa-da, Kumush 
eshitmaganga solinib arzimagan narsalar bilan shug‘ullang‘an bo‘lib chiqa bermadi. 
Otabekning yuzidagi o‘ychanliqqa razm qo‘yg‘an sayin Oftob oyimning haligi shubhasi 
ulg‘aya bordi, kuyavning ko‘zini shamg‘alat qilib qizining oldig‘a kirdi va shivirlab 
Kumushni urisha boshladi: «Esingni yedingmi qizim, ering sani deb Toshkand degan
shahardan kelsayu, san kim keldi deb oldig‘a chiqmasang. Tur, chiqib so‘rash, arazlab 
ketib qolsa nima qilasan?» Oftob oyimning bu keyingi so‘zi chindan ham Kumushni 
o‘ylatib qo‘ydi: «...Ketib qolsa nima qilaman?» degan jumlani ko‘nglidan kechirdi-da, 
onasidan ilgariroq go‘yoki, ayvon toqchasidan bir narsa oladirg‘andek bo‘lib, o‘ziga 
termulib turg‘an Otabekka yer ostidan sekingina bir kulib boqdi va toqchadag‘i keraksiz 
bo‘lg‘an bir piyolani olib, yana uyga kirib ketdi. 
O‘zbek oyimning sihirchi-joduchi deb qarg‘ashi ham hikmatsiz bir gap emas. 
Kumushbibining bu kulib qarashi Otabekka ajib bir inqilob yasag‘an edi. Undagi oniy bu 
o‘zgarish juda qiziq va sira ishonmasliq edi. Ul bu yer tegidan bir kulib boqish ta’siri bilan 
ustidagi tog‘dek bosib yotqan «orzu»ni ag‘darib solg‘an va qushdek yengil tortqan edi. 
Uning oniy bu o‘zgarishi shundan iborat edi: «Ularning orzu va rizoliqlari, bu rizoliq 
sharofati bilan topiladirg‘an savob, yurtning yuqori-quyi gaplari — barchasi ham 
Kumushning yolg‘iz shu birgina kulib qarashi oldidan o‘tabersin!» 
Oniy bu o‘zgarishdan so‘ng taraddudsiz shu qarorni ko‘nglidan kechirdi: «Ularning 
orzularini bularga so‘zlamayman-da, Toshkandlariga ham bormayman». 
Undagi bu o‘zgarish oniy bo‘lg‘anidek juda jiddiy ham edi. Ko‘ngliga necha kunlardan 
beri uzala tushib yotqan bu chigil «bir kulib boqish» sihri bilan yeshilgan va Marg‘ilonda 
doimiy turg‘unliqqa deb tugilgan edi... Bu o‘zgarishdan keyin onadan tug‘ma bo‘lib 
yengil tortdi, go‘yoki mundan so‘ng o‘ziniki bo‘lg‘andek qilib ishonch va sokit ko‘zlari 
bilan uyga qaradi. Shu vaqt uy ichidagi sitamgar pari o‘zining sihirlik ko‘zlari bilan 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish