Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
ostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar va 
boshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrab 
kuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar, 
sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku». 
Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularning 
dimog‘larg‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandog‘ ishdan 
chiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu 
chechak qirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. 
Uning fikri anuv qorong‘uliqlar ichida suzma ham ko‘zi chechak va sabzalar tomoshasida, 
dimog‘i hidlar istishmomida, qulog‘i qushlar nag‘masida bo‘ladir. Nima bo‘lsa ham 
tevaragidagi ko‘klam bejaklarini ko‘zdan kechira boradir. Bora-bora fikri ham shu 
ko‘rinishlardan hissa olmoqqa boshlaydir. 
— Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijir-
vijir sayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq 
yetish uchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir... 
Baxtlik qaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-
havaslari yo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni 
oladirlar-da tog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar. Men ham shu 
qaldirg‘ochdek uning sari otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim. 
Uning qaldirg‘ochliq qanoti ota-ona mukofoti bilan qayrilg‘an. Unga uchkali erk
bermaydir-lar. Lekin hayvon uning qayrilg‘an qanotig‘a qaramasdan o‘zining eski adim 
tashlashida qirlar, tog‘lar oshib suvlar kechadir; yetti-sakkiz qayta borib kelgan tanish 
shahariga intilgandan intila beradir. Bu oshishlar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek 
uchun huzur va oshiqish bag‘ishlag‘an bo‘lsalar, bu gal uni nafratlandiradirlar, bormay 
qaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir. 
Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu 
falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqg‘an bu ashula tevarakni zir-r etdirib 
yuborg‘andek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning 
istiqbolidan hikoya qilg‘andek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib 
tag‘in tevarakni yong‘iratadir. Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: 
«Ikki yorni ajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik 
ma’nosig‘a Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z 
yoshlari yuzi orqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir... 
* * * 
Marg‘ilong‘a to‘rt qo‘nib kirar edi, bu gal oltinchi qo‘nishda yetdi. Tevarakdan asr 
azoni eshitilgan vaqtda otdan qo‘ndi. Otini qutidorning yo‘lagiga yetaklar ekan, negadir 
yuragi o‘ynab ketdi. Bu gal o‘z odatidan o‘n kunlar chamasi kechikkani uchun «balki 
kutib o‘ltur-g‘andir» deb o‘ylab haligi yurak o‘ynog‘isi tag‘in ham kuchaydi va yo‘lakdan 
mehmonxona havlisig‘a chiqg‘ach, ixtiyorsiz otining bo‘ynig‘a suyalib to‘xta-moq-qa 
majbur bo‘ldi. 
Chindan ham ul ayvonning oldida kutib o‘lturgan edi. Xayolot ichida Otabekning kelib 
kirganini sezmay ham qoldi. Nihoyat, qora ohu ko‘zlarni to‘ldirib bunga qaratib olg‘ach, 
o‘rnidan turdi-da, ichkari havlisig‘a burilib keta berdi. Bu burilish ma’nosig‘a Otabek alla-
qachon tushunib qolg‘an, bu o‘zining kechikib uni zoriqdirg‘ani uchun... Kechikish uchun 
bunchalik araz qilg‘an bu go‘zalning kundash uchun qandog‘ holga tushmog‘i ma’lum 
edi. Otabek tamom bir esankirashda qoldi. Otini axtaxonag‘a bog‘lab, sovg‘a-salom 
to‘ldirib kelgan ipak xurjinni ko‘tarib ichkariga kirdi. Suyukli kuyavni yo‘lakda ko‘rgan 
Oftob oyim qilib turg‘an yumishini uloqtirib Otabekning oldig‘a yugurdi, jonini ming 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish