Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
73
kunlari ayvonning to‘riga yoslanib Hasan-alining xotini bo‘lg‘an Oybodoqqa, cho‘ri qiz
Hanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina o‘lturar edi. 
Otabekning Marg‘ilondan uylanib qo‘yishi otasi uchun uncha rizosizlikka mujib 
bo‘lmasa ham, ammo uning o‘g‘ul to‘yisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib u 
«buning qizi yaxshi bo‘lsa ham, uy-joylari yaramas ekan; buning uy-joylari tuzik bo‘lsa 
ham, qizi ko‘rksiz ekan; buning qizida, uy-joylarida tuzik, biroq zoti pas ekan» deb qiz, 
quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg‘uchi O‘zbek oyimning Otabekni uylandirib 
buning orqasidan ko‘raturgan orzu-havas, to‘yu tomoshalarini shartta kesib qo‘yg‘an bu 
uylanishka nima deyishi va qanday qarashi albatta ma’lum edi. Bittayu bitta o‘g‘li 
Marg‘ilon degan joyda, allakimlarning qo‘lida, asli noma’lum kishilarning qizig‘a uylansin-
da, bu kun-erta o‘g‘lumning orzu-havasini ko‘raman, deb entikib o‘ltirg‘an va o‘g‘ul 
boqib katta qilg‘an ona — O‘zbek oyim ikki qo‘lini burniga tiqib qarab qolabersin... 
Bu xabarni Hasanalidan eshitkan kunlari ul bu ishka chidab turolmadi: «Endi menga 
mundog‘ o‘g‘ul kerak emas... Oq sutimni oqqa, ko‘k sutimni ko‘kka sog‘dim... Endi 
Toshkandga kelmasin ul o‘zboshimcha betiyuq!” deb baqirib-chaqirib, yig‘lab-sixtab, 
dardu hasratni boshig‘a kiyib oldi. Oradan o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan 
Otabek keldi. Uch oylab ko‘rmagan o‘g‘lini quchog‘ig‘a olib ko‘rishmak o‘rniga undan 
yuzini o‘gurib, san kimsan, keldingmi, deb so‘ramadi va salomiga alik ham olmadi. Go‘yo 
uxlamoqchi bo‘lg‘an tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga al-laqachon 
tushungan, ham shu holni Marg‘ilondayoq kutkan edi. Bir-ikki qayta uzr aytib 
ko‘rgandan so‘ng O‘zbek oyimning epaqag‘a kelishiga ishonmay qoldi va shuning uchun 
ul ham go‘yo bilmagan, tushunmagan kishidek yuriy berdi. 
Turg‘an gap, Otabekning Marg‘ilong‘a uzoq bormay turishi mumkin emas edi. 
O‘rtadan ikki hafta o‘tar-o‘tmas otasig‘a allaqanday bahona ko‘rsatib, yo‘l hozir-lig‘ini 
ko‘ra boshlaydir va onasig‘a bildirmayoq Mar-g‘ilon jo‘naydir. O‘zbek oyim o‘g‘lining 
«o‘lganni ustiga chiqib tepish» qabilidan bo‘lg‘an bu harakatidan tutuni ko‘kka chiqib, 
borliq qahru g‘azabini eri ustiga to‘kadir: «Siz qarib esingizni yeb qolibsiz, o‘g‘lingizni 
marg‘ilonliqqa topshirib qo‘yib, yana el ichida boshingizni ko‘tarib yurmakchi 
bo‘lasizmi?..» deydir. 
Yusufbek hojining qiziq bir tabi’ati bor: xotin bilan-gina emas, umuman uy ichisi bilan 
har qanday masala ustida bo‘lsa bo‘lsin uzoq so‘zlashib o‘lturmaydir. Otabekmi, onasimi, 
Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining so‘zlari va yo kengashlari bo‘lsa, kelib 
hojining yuziga qaramasdan so‘zlab beradilar; maqsad aytib bitkandan so‘ng sekingina 
ko‘tarilib uning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltirib 
o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa «xo‘b» deydir, gapka tushunmagan bo‘lsa 
«xo‘sh» deydir, noma’qul bo‘lsa «durust emas» deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap 
bo‘lsa bir iljayib qo‘yish bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir va aytsa ham 
uch-to‘rt kalimadan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe’liga juda yaxshi 
tushunganliklaridan ko‘pincha bir og‘iz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Ammo Otabek 
bilan birar to‘g‘rida so‘zlashmakchi bo‘lsa, uni aksar mehmonxonaga chaqirib yoki 
chaqirtirib oladir. O‘zbek oyim yuqoridag‘i o‘zining itob va xitobiga eridan bir iljayib 
qo‘yish javobini olib dami ichiga tushadilar va chor-nochor o‘ttuz kunlab bir zamonni 
o‘zicha marg‘ilonliqni qarg‘ash bilan kechiradir. Otabek Toshkandga qaytib kelib, «endi 
araz bitkandir» degan o‘yda onasig‘a salom beradir. Araz bitish qayerda, O‘z-bek 
oyimning o‘g‘lig‘a qarshi kinasi tag‘in bir necha qat ortqan, ammo bu gal salom 
berguchiga bir qaraydir-da, «O‘g‘lim, menga salom berib nima qilasan, marg‘ilonliq 
onangning duosini ol!» deb yuzini chetka o‘guradir. Ul onasining bu kinoyasini kulgulik 
bilan kechirib, yana eskicha arazda qolaveradirlar. Otabek yana o‘n besh kunni o‘tkazib, 
tag‘in bir nozik sababni o‘rtag‘a tashlab onasining ruxsatisiz Marg‘ilong‘a jo‘nab soladir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish