Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

 
* * * 
Otabek Marg‘ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo‘lg‘an edi. Asr 
namozning vaqti o‘tib borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olish 
uchun suv so‘radi. Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan 
foydalanish qulay emas edi. Do‘kondor unga suvning qulay o‘rnini ko‘rsatdi: «Mana shu 
burchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz, ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz», 
dedi. Otabek do‘kondorning ko‘rsatishicha qutidorning tashqarisig‘a kirdi. Shu vaqt 
tasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko‘zi tushdi. 
Kumush ham ariq yoqasig‘a kelib to‘xtag‘an chingilin yigitka beixtiyor qarab qoldi. 
Ixtiyoriy emas, g‘ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar. 
Oxirda Kumush nimadandir cho‘chig‘andek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini 
ichkari yo‘lak tomong‘a burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib yotqan qirq 
kokillari to‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo‘l ustidan ariq-bo‘yida 
qotib turg‘an yigitka yana bir qarab qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum 
ham hadya qildi... Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir 
necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi... Oxirda ko‘zini katta ochib o‘tkan 
daqiqada uchrashkani xayoliy go‘zalni istab xayol-landi. Biroq haqiqat boshqacha edi. 
Tahorat olmoq uchun ariq bo‘yig‘a o‘lturdi. Ammo ko‘zi xayol yashi-ring‘an yo‘lakda edi. 
Tahoratlanib bo‘ldi, yana ko‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg‘andan keyin yana 
oyog‘ ustida to‘xtab qoldi. Yashiring‘an go‘zal ikkinchi qayta ko‘rinmadi, ehtimolki
Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysi burchakdan bo‘lsa ham asirini tamosha qilar edi. 
Ko‘b kutdi, asr namozini qazo qilib kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadan 
boshlab unda muhabbat mojarosi tug‘ilg‘an edikim, bu yog‘i o‘qug‘uchimizga ma’lumdir. 
Kumushbibining yuqorida «Siz o‘shami!» deb so‘rashi shunga binoan bo‘lib, ammo unga 
masalaning onglashilmay qolishi va chin baxtni bil’aks kutib olinishi qiziq edi. Shunday 
qilib ikki yoshning birinchi ham sof muhabbatlari qovishish bilan natijalandi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish