Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Bir ko‘rinib yag‘mo qilg‘an ko‘nglimni, 
Qaytib yana ko‘ralmadim norimni! 
 
Shu vaqt kutilmagan joyda Kumushning ikki ko‘zi jiq yoshga to‘lg‘an edi. Uchunchiga 
o‘tdilar: 
Agar ko‘rsam edi yana yorimni
Bag‘ishlardim hama yo‘qu borimni! 
To‘rtinchi: 
 
Bilurmikin, bilmasmikin u zolim: 
Kunlar-tunlar tortqan ohu zorimni! 
 
Kumush toqatsizlang‘an edi... 
Beshinchi: 
Chindin ayting o‘rtoqlarim menga siz, 
Qayta boshdan ko‘rarmanmi yorimni? 
Keyingi: 
Ketdi toqat, ketdi sabrim... ketdilar... 
Sindirarman urib yerga torimni! 
Bu keyingi baytka quloq solg‘uchi qolmadi. Chunki yonidagi qizg‘a osilib yig‘lay 
boshlag‘an Kumushbibiga har kim taajjubda, har kimning ko‘zi, qulog‘i shunda edi. 
— Nima bo‘ldi, Kumush? 
— Nega yig‘laysiz, Kumush opa? 
— Birar joying og‘riydirmi, Kumush? 
Kumushbibi o‘z ustiga duv yig‘ilg‘an qizlarga ko‘zini ochib qaradi-da, hushyor 
tortqanlardek bir harakat qilib qo‘ydi va tez-tez cho‘ntagidan ro‘ymolini olib ko‘zyoshisini 
quritdi. 
— Nega yig‘lading-a? 
Bu savolni berguchi Gulsinga Kumush kuch bilan iljayib qaradi-da: 
— O‘zim... — dedi. 
— Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! — dedi Gulsin, — men shunday erni 
topib teksam boshim ko‘kka yetar edi! 
Gulsinning gapiga qizlar kulishdilar. Kumush juda xafa ko‘ringanlikdan uning ko‘nglini 
ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Shuning uchun boshqa o‘yinlarni qo‘yaturib majlisning eng 
qiziq tarafi bo‘lib sanalg‘an lapar aytishka ko‘chdilar. Gulsin kuyav ro‘lini o‘ynar, 
Xonimbibi Kumush ro‘lida, ikkisining bir-birisiga qarab o‘qishqan laparlari barchani 
kuldirib, ichaklarni uzar darajada. Biroq Kumushning tishining oqini ko‘rish juda qiyin, 
uning hamma ishi faqat mungg‘ayib xayollanishqina... 
Qizlarg‘a to‘yxonadan oshlar, tavanlar kelib tortildi. Oshdan keyin yangalar kelib
qizlardan Kumushni so‘radilar. Qizlarning, «Yo‘q, biz Kumushbibini sizlarga bermaymiz!» 
deb o‘ynab aytkan so‘zlari Kumushbibiga chindek bo‘lib eshitilar, yangalar bilan uydan 
chiqar ekan, ko‘mak so‘rag‘andek qizlarg‘a termulib qarar edi. Shu yo‘sun qizlar 
o‘zlarining bir o‘rtoqlarini xotinliq dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish