Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
163
bo‘lg‘an eding, endi uni mendan ajratdilar”, deb undan o‘z dardiga davo istagusi kelar 
edi. Hozir o‘zidan xafalik, o‘ng‘aysizliq sezmagan bo‘lsa ham boshig‘a «o‘zim 
borolmasam-da, Hasanalini yuborishim va kezini topib o‘tkan gaplarni otag‘a hikoya 
qilishim kerak edi”, degan fikr keldi. Bora-bora bu fikr uning boshig‘a jiddiy o‘rinlashib 
oldi, shu to‘g‘rida chinlab o‘ylab ketib kayfi ham tarqalayozdi. Do‘konni yopib, Hasanali 
bilan birga ketdi — yo‘lda, mehmonxonada birga o‘lturib osh yedi, dasturxon ustida 
uning o‘ylag‘ani faqat shu bo‘lib qoldi. Biroq bu fikr qaror tusiga kirib keta olmadi, 
daqiqa sayin tarqalib borg‘an kayfidek turlik mone’larg‘a uchray boshladi: 
— Hali Marg‘ilonda ishlar qalayikin? Ular yana aynab qolmag‘anmikinlar? Marg‘ilondan 
bir narsa pay-qamay turib, kishini ovora qilishg‘a arzirmikin?.. 
Bu kun quyosh ochiq havoda kezishi uchun jim-jim tovlanib, yer yuziga kulib qaradi. 
Ikki kundan beri quyosh betini qoplab, turlik yerlarga jon suvi sepish ila charchag‘an 
bahor bulutlari burchak-burchakka tarqalib borar edilar. Uyalaridan chiqish bilanoq 
chumchuqlar chirqillashib, musichalar kukulashdilar. Anovi ar-ar te-rakka uya qo‘yishg‘a 
o‘ylag‘an bir juft karruklar ham vijir-vijir qilishib kengash ochdilar. Podachining tovshini 
eshitib, dalaga oshiqg‘an onasig‘a ergashib qashqa buzoq ham mag‘rab yubordi. 
Modasiga tegishkani uchun tomdagi kaptar ham bo‘qog‘ini chiqarib raqibining tevaragida 
yag‘rin bera boshladi... Qisqasi bu kun uyg‘onishdanoq butun koinotning yaxshi tush 
ko‘rib turg‘anlig‘i sezilar edi. 
Bahorning bu kungi sihirlik kuni Otabekni ham qitiqladi. Choyini naridan-beri tugatib, 
Hasanali ketidan guzarga chiqdi. Ul guzarga chiqg‘anda Hasanalining qo‘shnisi bo‘lg‘an 
Ali erinibkina do‘kon taxtasini tushirmakda edi. Otabekni ko‘rish bilan do‘kon ochishni 
to‘xtatdi: 
— Bu kun bo‘shmisiz, bek aka? 
— Bo‘shman. 
— Bo‘sh bo‘lsangiz, Ming o‘rukka — qimizga borar edik, — dedi Ali. — To‘la qozoq 
biyalarini yayloqqa solibdir. 
— Do‘koningiz-chi? 
Ali tushirgan taxtasini qaytadan joyig‘a qo‘yaberdi: 
— Dunyoning ishi bitar emishmi, bek aka. Xo‘b desangiz, do‘konni yopaman. 
Otabek yarqirab chiqib kelgan quyoshg‘a qaradi: 
— Yoping bo‘lmasa, — dedi. 
Otabek Hasanalining do‘koni vositasida Ali bilan yaqinda tanishqan edi. Ul ichi kirsiz, 
serkulki, ochiq-qina bir yigit bo‘lub, bek bilan go‘yo ko‘b yillardan beri bo‘lg‘an 
tanishlarcha muomala qilar edi. 
Bekga bu tasodif juda qulay keldi. Chunki uydan chiqishdanoq uning qasdi bu kunni 
dalada o‘tkizmak edi. Et oldilar-da, yayovlashib Ming o‘rukka ketdilar. 
«Ming o‘ruk» mavzi’i otidan ham ma’lum, bunda ming chog‘liq o‘ruk daraxti o‘sqan 
uchun bo‘lib, Shiblining suvidan boshlab to Salor arig‘ig‘acha qator-qator o‘ruklar edi. 
Salorning narigi yog‘i biydek qir, endigina ko‘m-ko‘k o‘t gilami unib chiqg‘an edi. Ming 
o‘rukning etagi bo‘lg‘an Salor bo‘yicha uch-to‘rtta qozoq o‘tovlari tikilgan edilar. Ikkisi 
Salor bo‘yig‘a yetib, To‘la qozoqning kelinchagiga etni sho‘rva qilish uchun berdilar. 
Ali o‘tovdan kiygiz olib, Salor bo‘yiga yozdi. Kelinchak yostiq, ko‘rpacha tashlab berdi, 
Otabek hordiq chiqarib yaslandi. 
Quyosh ozorsizg‘ina qizdirar edi. Yengilgina eskan shamol dimog‘qa turlik o‘lan islarini 
kelturib urar edi. Bir necha qaldirg‘och Salorning oqishi bo‘ylab uchar va uchkan ko‘yi 
«valfajri» o‘qur edilar. Poyonsiz qirning yuqori-quyi o‘rinlari yakrang ko‘kat va ko‘z 
ilg‘amaydirg‘an uzoqliqlari tumanlangansumon ko‘rinish berar edilar. Qushlar, qurtlar 
sayrashi tabiiy bir soz xizmatini o‘tab kishiga ifodasi qiyin bo‘lg‘an bir sezgi solar edilar. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish