Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

 
15. DUSHANBA KUN KECHASI 
 
Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qora 
quchog‘ig‘a olg‘an qorong‘i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so‘ng soatlari 
yetkanligi shu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi. Otabek bu ikki holdan tabi’iy birisini bu 
soat o‘zining ko‘z o‘ngida ko‘rar va shunga hozirlanar edi esa-da, ammo Homidning 
xayoli faqat gulgina iskar, gul sayriga oshiqinar edi... 
Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko‘cha, tor ko‘cha boshida kichkinagina bir 
eshikcha edi. Shom bilan xuftan o‘rtasida bu ko‘cha boshig‘a bir yigit kelib to‘xtadi-da, 
tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Ko‘chada hech kim qolmag‘an, yo‘l oyog‘i 
bosilg‘an edi esa-da, ul uzoqqina qarshisidag‘i darboza ichlarini, tom ustlarini, devor 
raxnalarini kuzatdi va qanoat hosil etib tor ko‘chaga ohista-ohista yo‘l oldi. Tor 
ko‘chaning yarmisig‘a yetkach, to‘satdan orqasig‘a qayrilib qaradi... Uning harakati bir 
narsadan shubhalanib emas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. 
Kichkina eshikcha yonig‘a yetkanda tag‘in haligidek orqasig‘a qarab qo‘ydi. Bir oz o‘ylab 
to‘xtag‘ach, eshik-ning o‘ng tomonidag‘i devorning buzuq yeridan sekin-gina ko‘tarilib 
maydong‘a mo‘raladi. Eshikning qulf va zanjiri bo‘lmay yuziga yopiq holda turg‘an bo‘lsa 
ham ul eshikka taqilmadi, mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig‘ina 
qorong‘i tushkan bo‘lsa ham maydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho‘b ham 
ajraturliq edi. Maydonni kishidan xoli bilgach, sekingina devordan o‘zini maydonga oldi. 
Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlari 
orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. Maydonga 
yozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo‘yaklar tortilg‘an va yer yomg‘ur bilan ivib, 
bo‘kib oyoq ko‘tarib bosishg‘a imkon bermas, har bir oyoq uzg‘anda uch chorak loy 
barobar ko‘tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o‘tdi. Uning chap qo‘li 
tomonida bir uyning orqa devori bir bo‘yra eni kesib tushirilgan bo‘lib qorayib ko‘rinar 
edi. Ul bu kesilgan o‘rinni o‘tkan kun kechasi kelib ko‘rib ketkani uchun qaytadan qarab 
turmadi esa-da, lekin uning bu binog‘a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi 
kesilgan bino Kumushning o‘z uyi bo‘lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining 
shirin xotiralari saqlanar va shu daqiqada ham uning hayot tiragi bo‘lg‘an Kumushbibi 
o‘lturar edi. Otabek ko‘zini to‘ldirib binog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malaki 
bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog‘a qarab olg‘ach, qo‘ynig‘a qo‘l solib bir qog‘oz oldi, 
xayol ichida qog‘ozning taxlarini tuzikladi-da, qaytarib yana qo‘ynig‘a tiqdi. Shundan 
so‘ng binog‘a yana bir ko‘z tashlag‘ach, maydonning kunbotarig‘a yurib, o‘n besh 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish