Ilmiy rahbar: p.f.n.Q.M.Yadgarov
M U N D A R I J A
Kirish 3-6
1-bob. Ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari 7-27
2-bob. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish 28-51
4. Xulosa 52-55
5. Adabiyotlar ro‘yxati 56-58
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Normonova Gulshodaning “ Ona tili mashg‘ulotlarida matn ustida ishlash”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Matnda til sathlarining barchasi muayyan darajada ishtirok etar ekan, ularni ko‘rish va kuzatish asnosida o‘quvchidagi tilni his qilish va matnni anglash qobiliyati o‘sadi. Har bir kishida tabiiy holda to‘g‘ri va savodli yozishga ehtiyoj mavjud. Yuqoridagi talablar asosida ish tutish esa mazkur talab va ehtiyojlar bilan mos tushadi. Shu manbadan kelib chiqib tayyorlangan. G. Normonovaning Ona tili mashg‘ulotlarida matn ustida ishlashga bag‘ishlangan bitiruv ishi dolzarbdir.
Bitiruv ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan ibirat bo‘lib, ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, metadologik asosi, metodi haqida ma’lumot bergan.
Ishning asosi ikki bobda ochib berilgan bo‘lib, “Ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari” deb nomlangan birinchi bobda matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, matn yaratish ustida ishlashning didaktik prinsiplari hamda ona tili ta’limining yangilangan mazmuni va unda matn yaratish muammosi haqida fikr bildirib, o‘z mulohazalarini misollar bilan izohlab bergan.
“Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish” deb nomlangan. Ikkinchi bobda o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini oshirishda matn ustida ishlashning ahamiyati haqida to‘xtalib, kichik – kichik matnlar keltirish bilan izohlang.
Umumman olganda G. Normonovaning matn ustida ishlashga oid muammolarni hal etishga qaratilgan bitiruv ishining kirish qismida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar to‘lig‘icha hal qilingan. Ishda badiiy matnni tahlil qilish uzviy va uzluksiz jarayon bo‘lishiga, unda o‘quvchilarning badiiy asarni xis qilish darajalarini e’tiborda tutish shartligiga tayangan. Shunga bog‘liq holda o‘z fikrlarini bildirib, misollar bilan izohlab berganki bu ishning umumiy saviyasini yanada oshirgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ishni yuqori saviyada yozilgan ishlar sifatida baholashni YaDA hay’ati a’zolaridan so‘rayman.
Ilmiy rahbar: f.f.n. Sh.Haydarov
Do'stlaringiz bilan baham: |