3. Qiziqchilar o’yini.
Umumiy va mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, harakatlarni faollashtirish.
Bolalardan biri qiziqchi etib tayinlanadi. U davra o’rtasida turadi. Qolgan bolalar qo’l ushlashib, doira bo’ylab yuradilar va
Doira bo’ylab
Ketma-ket
Boramiz qadam, baqadam,
Joyingizda to’xtangiz,
Birgalikda hammamiz, mana bunday qilamiz.
- deyishadi. Bolalar to’xtab, qo’llarini tushiradilar. Qiziqchi biror harakatni qilib ko’rsatadi, qolgan hamma bolalar bu harakatni takrorlaydilar. O’yinni 2-3 marotaba takrorlaydilar, qiziqchi o’z o’rniga o’yinchilardan birini tayinlaydilar, so’ngra o’yin yana davom ettiriladi. O’yin 3-4 marotaba takrorlanadi. Qiziqchilar bir harakatni takrorlamay, balki xilma-xil harakatlarni takrorlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |