Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish.
Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug’at, fonetik uquv, grammatik tuzilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan logopedik ish uchun zarurdir.
Fonematik tahlilni tekshirish
Bunda bolalarning quyidagi qobiliyatlarini aniqlash zarur:
so’z boshidagi tovushni aniqlash;
so’z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash;
juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j;
tovushning so’zdagi urnini aniqlash: masalan, so’zda uchinchi bo’lib qanday tovush kelyapti;
tovushning so’zdagi ketma-ketligini aniqlash;
so’zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so’zda nechta tovush bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |