2-Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar nutqini tekshirish
Ma’ruza rejasi
Bolalar anamnezini o’rganish metodikasi.
Bolalarning ichki nutqini tekshirish metodikasi.
Bolalarning tashqi nutqini tekshirish metodikasi.
Artikulyatsion apparatni tekshirish metodikasi.
Tayanch tushunchalar
Anamnez - (grekcha «anamnesis») - eslash.
Makroglossiya - (grekcha «glossa» - til) - tildagi patologik uzgarishlar.
Fonematik eshituv - nutqdagi tovushlarni analiz-sintez qilish qobiliyati.
Adabiyotlar
Logopediya (pod.red. L.S.Volkovoy) M., Prosveshenie, 1989.
Logopediya (L.Muminova, M. Ayupova) T., 1993 y.
L.Muminova Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar Nutqini logopedik tekshirish bo’yicha metodik yo’llanma. T., 1989 y.
Osnovы teorii i praktiki logopedii (pod.red. R.E.Levinoy) - M., 1968 g.
Bola nutqining to’g’ri rivojlanish jarayonlarini bilish nutq buzulishiga to’g’ri diagnoz qo’yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxasislar 3 yoshli bolani tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun logoped oldiga yuboradilar. Bu esa noto’g’ridir. CHunki nutqi to’g’ri rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto’g’ri talaffuz etish xosdir. Bu ko’rinish fiziolagik tovushlarni noto’g’ri talaffuz etish deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsion apparatning yetarli darajada shakillanmaganligidan dalolot beradi.
Nutq kamchiliklarini bartaraf etish, to’g’ri va aniq tarbiyaviy-korrektsion ish rejalarini tuzish uchun ham bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini bilish zarur hisoblanadi.
Masalan, gapirmayotgan bola (alalik) ga ta’lim berayotganda barcha bolalarda avvalo nutqni tushunish shakillanib, so’ngra aktiv nutqni egallashini bilish juda zarurdir. Agar birdaniga nutq aktivligini shakillantirish bilan ish olib borilsa, olib borilayotgan ish yaxshi natija bermaydi.
Mualliflar bola nutqining normal rivojlanish davirlarini turlicha ko’rinishda ko’rsatadilar va nomlaydilar.
A.N.Gvozdev bunday yozadi: “ Tovushli nutqni o’zlashtirishning umumiy jarayoni eshitish va motor sohalarinining birgalikda harakati bilan belgilanadi. Eshitish sohasi shu jihatdan yetakchidir-ki, bola eshitish qobiliyati barvaqt o’sib borishi tufayli xilma-xil fonematik elementlarni birinchi eshitish orqali farq qilishga o’rganadi: fanematik elementlarning aniq eshitish tasavvurlari ularni to’g’ri talaffuz qilishni ishlab chiqish uchun regulyator (tartibga soluvchi) bo’lib qoladi. Akmmo bola nutqida fonematik elementlarning vujudga kelishi uchun, eshitish tasavvurlaridan tashqari, artikulyatsiya (talaffuz) malakalari ham bo’lishi zarur... Bu malakalar keyinchalik vujudga keladi va ular hosil bo’lishi bilan tovush elementlari bola nutqidan o’rin oladi.”
Bolaning passiv lug’ati, ya’ni u tushunadigan so’zlar, uning aktiv lug’atidan, ya’ni u ayta oladigan so’zlardan ancha tez rivojlanadi.
Bolalar bilan muomalada bo’lgan har bir kishiga shu narsa malumki, xatto bir yashar bola ham ayta oladigan so’zlariga qaraganda ko’proq so’zlarni tushunadi.
Bolalar nutqidagi kamchiliklar tadqiqotchisi professor R.E.Levina, bolalar nutqining normal va patologik tarkib topish qonuniyatlarini o’rganib bolaning nutqini egallashdagi 5 ta davrni ajratib ko’rsatadi.
Birinchi davr. Fonematik davrgacha bo’lgan davda bola tovushlarni bir-biridan mutlaqo ajrata olmaydi, nutqni tushunmaydi va unda aktiv nutq bo’lmaydi.
Ikkinchi davr. Bola bir-biridan katta farq qiladigan fonemalarni farqlay boshlaydi, ammo bir-biriga yaqin fonemalarni farqlay olmaydi. Bola talaffuzi noto’g’ri bo’ladi. Bola boshqa kishilarning to’g’ri va noto’g’ri talaffuzlarini farqlay olmaydi.
Uchinchi davrda. Hal qiluvchi siljishlar ro’y beradi. Bola endi til tovushlarini to’g’ri eshita boshlaydi. U noto’g’ri talaffuz qilingan so’zlarni payqaydi hamda to’g’ri va noto’g’ri talaffuz o’rtasidagi farqni seza boshlaydi. Nutqi hali ham noto’g’riligicha qoladi. Ammo tovushlarni yangicha idrok etishga moslashish vujudga kela boshlaydi.
To’rtinchi davrda. Tovushlarning idrok etishning yangi obrazlari ustun bo’la boshlaydi. Aktiv nutqi deyarl tamomila to’g’ri darajaga yetadi.
Beshinchi davrda. Fonematik kamol topib borish jarayoni tugallanadi. Bola to’g’ri eshitadi va to’g’ri gapiradi.
G.L Rozengard- Putgo bola nutqining normal rivojlanishi davrini ikkiga bo’lib ko’rsatadi:
Birinchi davr – tayyorlov davri tug’ilgandan ikki yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi:
Ikkinchi davr – mustaqil nutqning shakillanish davri.
A.N.Leontыv bola nutqining normal rivojlanish davrini to’rt davrini ko’rsatadi:
Birinchi davr – tayyorlov davri (tug’ilgandan bir yoshgacha);
Ikkinchi davr – bog’chagacha bo’lgan davr (1 yoshdan 3 yoshgacha);
Uchinchi davr – maktabgacha bo’lgan davr (3 yoshdan 7 yoshgacha);
To’rtinchi davr – maktab davri.
Endi bu davrlarga to’liq xarakteristika berib chiqamiz.
SHunday qilib, birinchi davr – tayyorlov davri.
Bola tug’ilgan daqiqadan boshlab, ovoz chiqaradi. To’g’ri bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin bu qichqiriq va yig’i nutq aparatining 3 bo’limini (nafas olish, ovoz hosil bo’lish, artikulyatsion.) rivojlanishida katta rolь o’ynaydi.
Ikki xafta o’tgach bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi, unga gapirayotganda quloq soladi, yig’lashdan to’xtaydi. Oyning oxiriga borib uni mayin qo’shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo’lib qoladi. Keyinchalik bola gapirayotgan odam tomonga boshini buradi yoki uni ko’zlari bilan kuzatadi.
2,5 – 3 oylikda bola gugulay boshlaydi. 5 oyligida tovushlarni eshitib, atrofdagilarning lablaridan artikulyatsion apparat harakatlarini ko’rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo’g’inlarni talaffuz eta boshlaydi. Keyin bolada passiv nutq rivojlanadi va oddiy so’zlarni, kichik gaplarni tushunib ajrata boshlaydi.
7 – 9 oyligidan boshlab bola kattalar ketidvn turli bo’g’inlarni qaytara boshlaydi. Bu davrda atrofdagilarning to’g’ri, aniq nutqi katta rolь o’ynaydi. Birinchi yilning oxiriga kelib birinchi so’zlarni bola talaffuz eta boshlaydi.
Ikkinchi davr – bog’chagacha bo’lgan davr. Bolada birinchi so’zlar paydbo’lgandan so’ng tayyorlov davri tugab, passiv va aktiv lug’at o’sib boradi. Bu vaqtda bolalar kattalarning so’zlarini qaytaradilar, lekin artikulyatsion jihatdan qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarni talaffuz etishda qiynaladilar, bu tovushlarni noto’g’ri talaffuz etadilar, tovushlar o’rnini almashtiradilar va nutqdan tushurib qoldiradilar. Bu bola artikulyatsion apparatini hali yetarli darajada rivojlanmaganligini bildiradi.
Bolaning 2-3 yoshida lug’at boyligi ancha o’sadi. SHuni ta’kidlash kerak-ki ko’pgina mualliflar bolaning lug’at boyligini o’sib borishida turlicharaqamlarni keltiradilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko’ra bolalarning bog’chagacha bo’lgan davrda lug’at boyligining o’sishi quyidagichadir: 1 yosh-u 6 oylikda 10 – 15 ta so’z, 2 – yoshining oxirlariga kelib 300 ta so’z, 3 yoshga borganda 100 ta so’z.
3 – yoshining boshida bolada nutqning gromatik qurilishining shakillanishi boshlanadi. 2 – yildan boshlab otlarni birlik va ko’plikda, fe’llarning shaxs-son ko’rinishlarini, ba’zi kelishik qo’shimchalarini ishlata boshlaydilar.
Uchinchi davr – maktabgacha bo’lgan davr.
Bu davrda bolalarda fonematik eshituv hali yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli tovushlarni bir – biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Sirg’aluvchi, shovqinli, sonor, til orqa tovushlarni talaffuzida qiynaladilar. Bu davrda lug’at boyligini o’sishi davom etadi. Bola hayotining 4 – 6 yillarida aktiv lug’at 3000 – 4000 gacha o’sadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan nutqning grammatik qurulishining rivojlanishi davom etadi. Bolalar maktabgacha bo’lgan davrda bog’langan nutqni egallay boshlaydilar.
4 yoshga kelib bolalarning nutqida sodda va murakkab gaplar paydo bo’la boshlaydi. 5 yoshga kelib qo’shma gaplardan erkin foydalana boshlaydilar. Bu yoshga kelib bolalarning gaplari qisqacha hikoyaga o’xshab ketadi. Bu davrning oxiriga borib bolalar nutqining tovush tomoni to’g’ri shakillanib bo’ladi va nutqlari toza bo’ladi.
To’rtinchi davr – maktab davri.
Bu davrning o’ziga xos tomoni shunda-ki, bolalar nutqini rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravshda ro’y beradi.
Bu davrda bolalar tovushlar analizi, jumlalarning qurilishi va grammatik qonunlarni egallaydilar. SHu bilan birga bu davrda yangi nutq turi bo’lgan – yozma nutq katta ro’lь o’ynaydi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o’z vaqtida, to’g’ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir.
SHunday qilib bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishi lozim;
normal aqliy qobiliyatga ega bo’lishi kerak;
normal eshitishlari va ko’rishlari zarur;
etarl darajada ruhiy aktivlikka ega bo’lishlari lozim;
to’g’ri nutq muhitga ega bo’lishi zarurdir.
Bolalarning (normal) nutqini normal rivojlanishi unga ongli tushunchaga ega bo’lishga, bilimini o’sishiga, tevarak-atrof haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga imkoniyat yaratadi, shunday qilib, nutq va uning rivojlanishi tafakkurning shakillanishi bilan uzviy bog’liqdir.
Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug’uruqqacha, tug’uruq vaqtidagi va tug’uruqdan keyingi davri to’g’risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlarni bilish zarur. SHuning uchun nutqiy faoliyat bilan birga ruhiy faoliyatning nutqiy bulmagan faoliyat (umumiy va nutqiy motorika), xulk, xissiyot-iroda qatlamining o’ziga xos xususiyatlari va nutqiy faoliyat ichki va tashqi nutqning shakllanishi va xolati, nutqni idrok qilish va tushunish, tovushlar talaffuzining xolati, fonematik tahlil va sintez, fonematik tasavvurlar, leksika va nutqning grammatik tuzilishi xolati bog’langan nutq, nutq oxangi va sur’ati buzilishlarining xususiyatlari xam keltiriladi.
Bolalarning nutqiy va nutqiy bulmagan motorikasini, ular xulkining o’ziga xos tomonlarini, ichki va tashqi nutqini o’rganish bo’yicha materiallar, shuningdek, nutqi umumiy rivojlanmagan bolalarni tekshirishga oid vazifalar o’zimiz olib borgan nutqi umumiy rivojlanmagan bolalarni tekshirish ishlarimizdan olingan ma’lumotlar va boshqa mualliflarning tekshirish natijalarini xisobga olgan holda ishlab chikildi.
1.Tekshirishning asosiy boskichida logoped bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suxbat o’tkazadi. Ota-onalar bilan suxbatda logoped oilada bo’lib o’tgan alohida ahamiyatga ega xodisalarni va shunga bog’liq holda bolalarning umumiy nutq taraqqiyotining o’ziga xos tomonlarini aniqlaydi.
Bolaning tug’uruqqacha, tug’uruq vaqti va tug’uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o’ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi:
a) tug’uruqkacha bo’lgan davr.
Ona bilan suxbatda logoped ba’zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola tugulgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo’lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi?
SHuningdek, bolaning tug’uruqkacha bo’lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi:
onaning bola to’g’ilayotgan vaqtdagi yoshi;
onaning xomiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (kizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya);
xomiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida shikastlanishlar, korin yuzasida lat yeyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo’lganmi?;
xomiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo’qmi?;
xomiladorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan utganmi yoki qandaydir radioaktiv nurlanish bo’lganmi va boshqalar.
Xomiladorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta’sirini aniqlashda yordam beradi.
b) tug’uruq davri.
Logoped ona bilan suxbatda tug’uruq o’tishining tavsifi va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi: tug’uruqning boshlanishi vaqti - o’z vaqtida, xomiladorlikning 8 - oyida, 7 - oyida suvning barvaqt ketishi bo’lganmi, tug’uruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo’llanishi, vakuum-ekstraktorning qo’llanishi, tug’uruq faoliyatining muvofiq ta’minlovchi dorilar kullash, xomilani kul bilan yoki kessar operatsiyani kullab ajratib olish.
Bu suxbatda bolaning to’g’ilgan paytidagi xolati aniqlanishi zarur: darrov yiglaganmi yoki yo’qmi, kuk, ok asfiksiya, ogirligi (1500 kg dan kup yoki kam), buyi, turli shikastlar, sinishlar, kon kuyilishi, tug’uruq shishi, boshqa jaroxatlanishlar bo’lganmi?;
v) tug’uruqdan keyingi davr.
Bolaning to’g’ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suxbat jarayonida aniqlaydi:
bolani onaga to’g’ilgandan keyin necha soat o’tgach olib kelingan, bola ko’krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);
bola uyg’oq vaqtida uzini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, bakirok, yiglok va boshqalar;
xayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: kuk yutal, dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan ogriganmi?
SHuningdek, bolada qandaydir tug’ma kasalliklar bor yoki yo’qligi aniqlanadi - yurak porogi, maymoklik va bosh jaroxatlanishi bo’lganmi?
Bola rivojlanishining tug’uruqdan keyingi davridagi me’yordan chetga chikishlar, turli salbiy xodisalar aniqlangach, logoped tomonidan umumiy Nutq rivojlanmaganligining etiopatogenezini yanada to’la o’rganish maqsadida tahlil kilinadi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning ichki Nutqini tekshirish ularning sust lug’atini urganishga qaratilgan bo’lib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: fonematik tahlil xolatini, so’zlar, gaplar va bog’lanishni, Nutqni tushunish xolatini aniqlash.
A.R.Luriya ichki Nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o’zaro bog’liqligini e’tiborga olish kerakligini ta’kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan tushuntiriladiki, Nutqni eshitishning buzilishi Nutq artikulyatsiyalari va tashqi Nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi jarayonlarga ta’sir qiladi. Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida L.S.Vigotskiy xam yozgan edi. Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali bo’yicha reaktsiyani bajarishdan ko’ra ko’proq va boshqacharoq narsadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |