Lug’at boyligi xolatini urganish
Suxbat vaqtida bolalar nutqini kuzatish bola lug’ati boyligi haqida ma’lum tasavvurlarni beradi. Lekin nutq kamchiliklarini mufassal aniqlash uchun bolaning maqsadga qaratilgan lug’at boyligi darajasini belgilab olish zarur.
Lug’at boyligini tekshirish uchun maxsus usullar qo’llaniladi: narsalarni nomlash, narsalarni tasvirlanishiga kura nomlash, narsalar nomini umumlashtirish va boshqalar.
Bolaga narsalar yoki narsalar tasvirlangan rasmlar, ularning harakati, sifati va belgilarini taqlif etiladi. Narsa va rasmlar mavzular bo’yicha tanlanadi: o’yinchoqlar, idish-tovoqlar, uy jixozlari, kiyimlar, oyoq kiyimlari, odamning tana qismlari, uy xayvonlari va yovvoyi xayvonlar, usimliklar, odamlar kasbi, yil fasllari.
Bolaga yana quyidagi vazifalar taqlif etiladi:
rasmlar bo’yicha va ko’rsatilgan ish harakatini nomlash;
«Bola nima kilyapti?» - bola ish harakatini nomlash bilan savolga javob berishi kerak. «Men nima kilyapman?» - ish harakati amalda namoyish etiladi;
narsalarni nomlash. Bola nomlashi kerak bo’lgan narsalar yoki ularning harakati, sifat belgilari tasvirlangan narsalar rasmi ko’rsatiladi. Bunda logoped bolaga savollar orqali murojaat etadi: «Bu nima?», «Bu kim?», «Nima kilyapti?», «Qanday?», «Kimniki?»;
tasvirlanganiga kura narsalarni nomlash: «Qaysi xayvon sut beradi?», «Nima bilan yozamiz?» va boshqalar;
umumlashtiruvchi so’zlarni ajratish: bir kator narsalarni yoki narsalarga oid rasmlarni bitta umumiy so’z bilan nomlash. Masalan: olma, anor, uzum, bexi, shaftoli, anjir, limon, yoki ularning rasmlari ko’rsatiladi va savol beriladi: «Bu ko’rsatilgan narsalarni bir so’z bilan qanday nomlaymiz?» bunda imkoni boricha turli bo’g’inli so’zlar talaffuzi tekshiriladi: parafaziya, perseveratsiya, eliziya, kontaminatsiyaning bor yoki yo’qligi belgilanadi.
rasmlardan foydalangan holda ularni harakati bilan nomlash taqlif etiladi. Bolaga rasmlarni ko’rish taqlif etiladi, bunda bola ramsdagi narsa qanday harakat kila olishini aytib berishi lozim (tayyora uchayapti, kaldirgoch uchayapti, qo’g’irchoq o’tiribdi, bola yuguryapti, qiz so’zlayapti). Quyidagi savol bilan bolaga murojaat etish mumkin: «Bola nima qilayapti?» va xokazo.
Narsaning belgisini aniqlash. Osmon qanday? - (havo rang), palьto kimniki? - (onamniki).
Ma’nodosh so’zlar va antonimlarni tanlash: issiq-sovuq, shirin-achchiq, baland-past, yo’g’on-ingichka.
Bir o’zakli so’zlarni bilish (bogcha, bog, bogbon).
Otlardan sifat hosil qilish: «Stol yogochdan kilingan». Qanday stol? (yog’ochli); «Mashina temirdan kilingan. Qanday mashina? (temirli); «Guruchli taom». Qanday taom? (guruchli).
Do'stlaringiz bilan baham: |