III.GLOSSARIY.
1V.ILOVALAR:
1V.1. FAN DASTURI.
IV.2.ISHCHI FAN DASTURI:
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TASDIQLAYMAN
O`quv ishlari prorektori
_________ B.Q.To’xtamishev
___ ________ 2021y.
TARIX,SHAXS VA JAMIYAT OQITISH METODIKASI
FANIDAN
I SH CH I D A S T U R
Bilim sohasi: 100000 –Gumanitar
Talim sohasi: 110000 –Pedagogika
Talim yo’nalishi: 5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi
Jizzax – 2021 yil
Fanning ishchi o‘quv dasturi Tarix va oqitish metodikasi kafedrasiningning 2021-yil 29 avgustdagi 1-sonli yigilishida korib chiqilgan va maqullangan.
Kafedra mudiri dotsent,F.E.Toshboyev
Tuzuvchi: T.f.n.,dotsent, B M Mirkomilov
Taqrizchilar: t.f.n., dots R.R.Nurqulova
T.f.n. B.O. Nosirov.UZ.MU.Jizzax filiali..
Fanning ishchi oquv dasturi Tarix fakulteti avgustdagi kengashi tamonidan tasdiqlashga rozilik berilgan
2021_ yil “_17__” _______06_____dagi ___ - sonli bayonnoma
Fakultet kengashi raisi : dotsent, A.X Pardayev
|
|
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
|
Tarixni o’qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
|
24+16+20+22
|
54
|
136
|
|
1. FANNING MAZMUNI :
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy talimdagi orni
O’zbekiston Respublikasi «Ta'lim to’g’risidagi Qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga binoan tarix fanini o’qitishda o’tkazilayotgan islohotlar. Umumiy o’rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan Davlat Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umum o’rta ta'lim, O’rta maxsus ta'lim tizimida tarix fanining mazmun va mohiyati.
Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasining predmeti va uning vazifalari. Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar. Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Fanni o’qitishdan maqsad – o’rta maxsus ta'lim tizimida o’qitiladigan tarix fanining maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini o’quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni milliy g’oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda hamda tarix o’qitishning eng muhim vositalarini belgilashga mos bilim, ko’nikma va shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalar ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tarix fanini o’qitishga bo’lgan munosabatlarni shakllantirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar:
“Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasi” fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oiriladigan masalalar doirasida bakalavr, DTS va dasturlar, darsliklar va ularga qo’yiladigan ilmiy-metodik talablar, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o’qitiladigan tarix fanlarini o’qitish metodlarini o’rgatish. O’quvchilar ongida tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish, tarix o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari, metodlari va vositalarini o’rgatish.Tarix o’qitishning tashkiliy shakllari, dars, uning turlari va tuzilishini bilishi kerak;
Talabalarda Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasiga bo’lgan qobiliyat va iste'dodini shakllantirish va rivojlantirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tarix o’qitishga bo’lgan munosabatlarni shakllantirish ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasi fanini bo’lajak mutaxassislar uchun ilmiy va amaliy ahamiyati, Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasidan tarix o’qitish jarayonini amalga oshirishda unumli metodlarni tanlab olish va ularni qo’llay bilish, nazariy jihatdan olgan bilimlarni amaliyotda qo’llash malakalarga ega bo’lishi kerak.Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasi fani, tarix, Pedagogikaning asosiy didaktik talablari, darsga qo’yiladigan talablar, Psixologiya fanlari bilan uzviy bog’liq.Fanning ta’limdagi o’rni O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlarda tarix fanidan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim jarayonini tashkil etish. Fan yuzasidan olingan nazariy bilimlarni ta'lim jarayonida qo’llay bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |