III BOB. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi
3.1 Tajriba-sinov ishlarining natijalari………………………………………………
III-bobga xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda O’zbekiston aholisining 50 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Albatta bu xotin-qizlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishi va yuksalishini muhim subyektlaridan bo’lib, jamiyatda ro’y berayotgan murakkab jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazishda va taraqqiyotni harakatga keltirishida muhim ro’l o’ynaydi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizda, ayniqsa uning ma’naviy-axloqiy va ruhiy dunyoqarashiga sezilarli darajada ta’sir etayapdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda oilada qizlarning ma’naviy-axloqiy va ruhiy olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ham ilmiy ham amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Bugun O’zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatori o’z milliy mentalitetiga xos bo’lgan ijobiy an’analar va qadriyatlarni saqlagan holda maydonga chiqmoqda. Bu davr jamiyatimizda ayollarni ulug’lash, davlat tomonidan ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishning dalili sifatida yorqin iz qoldiradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida “Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O’zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o’zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi. Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o’rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko’paydi”, deb mazkur masalaga alohida urg’u berdi. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasida demokratik fuqarolik jamiyati qurish jarayonida jamiyatimizda yangicha siyosiy munosabatlar, dunyoqarash, siyosiy madaniyat shakllanmoqda. Mazkur jarayonda xotin-qizlar manfaatlari yangi miqyos va mazmunda namoyon etilishi, to’laqonli amal qilinishi, jamiyat ongida muntazam joy olishi va har qanday sharoitda o’zligini yo’qotmasligi lozim. Jamiyatni demokratlashtirish davrida xotin-qizlarga bo’lgan munosabat hamda ularning hayotiy tajribasi, intellektual salohiyati va imkoniyatlaridan bunyod etilayotgan jamiyat rivoji uchun foydalanish ana shu qurilayotgan davlatchilik asoslarining liberalligi va ilg’orligidan dalolat beradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi bizning davlatchiligimiz uchun muhim bo’lgan masalalardan biri xotin-qizlarni bunyodkorlik jarayonlariga ne chog’li jalb etilishi, ularning bugungi kun jamiyatida qanchalik o’zini kerakli idrok etishi masalasidir. Aytish lozimki, bugun dunyo miqyosida ayol huquqlariga inson huquqlari nuqtai nazaridan baho berish butun jahon taraqqiyparvar tafakkurida kechayotgan ijobiy o’zgarishlar samarasidir. Shu bois, XXI asrda barchamiz uchun demokratiya talablari, fuqarolik jamiyai qadriyatlari hamda ayollar masalasini huquqiy tamoyillarini tushuntirib berish va ana shu qadriyatlar hamohangligi va mutanosibligini to’g’ri anglab yetish ahamiyatlidir. Ma’limki huquqiy davlatda inson butun ijtimoiy mexanizmning markazini tashkil etib, ushbu mexanizm uning manfaatlariga xizmat qiladi. Zero, inson manfaatlari ta’minlangan, huquq va erkinliklari himoyalangan davlatni huquqiy davlat deyish mumkin. Shu o’rinda, ayollar masalasi tahlil etilganda bir muhim narsaga alohida urg’u berish ham maqsadga muvofiqdir. Ya’ni ayollar huquqlari faqat huquqiy holatdagina emas, balki siyosat, ma’naviyat va ma’rifat, diniy e’tiqod, jamiyatdagi turli o’zgarishlar bilan ham bog’liq xususiyati hamisha saqlanib, u turli shaklda o’rganilgan. Bugun yurtimizda ayolga, oilaga hurmat davlat siyosati darajaga ko’tarilib, qonunchilik normalarining asosiy qoidalari sifatida e’tirof etilyapti. Ushbu normalarda ayolning jamiyatda va oilada tutgan o’rni, huquq va majburiyatlari sharqona turmush tarzi, oila hayotining ma’naviy, axloqiy, iqtisodiy va huquqiy normalarini inobatga olgan holda belgilab berilgan.
O’zbekistonda sog’lom avlodni tarbiyalash, oilani mustahkamlash,ayollarni e’zozlash, onalik va bolalikni muhofaza etishdek insoniy burchlarni ado etishdek insoniy burchlarni ado etish borasida bir qator amaliy dasturlar ishlab chiqilmoqda va hayotga tatbiq etilmoqda. Zamonning ayolga munosabati mavzusini O’zbekiston tajribasida tahlil qiladigan bo’lsak, so’nggi yillarda bu yo’nalishda real, aniq, rejalashtirilgan davlat siyosati olib borilayotganligi natijasida salmoqli o’zgarishlar amalga oshirilayotganligining tarixan shohidi bo’lyapmiz. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlari va yana ko’plab normativ hujjatlar orqali mamlakatimizda ayollar masalalari bilan bog’liq ijobiy islohotlar yangi bosqichda takomillashtirilib borilmoqda.Hozirgi kunda mamlakatimizda ayollar sog’liqni saqlash, ta’lim tizimida, davlat boshqaruvining turli yo’nalishlarida, tadbirkorlik faoliyatida faollik ko’rsatmoqda. Ayni damda yurtimizdagi tadbirkorlarning 35 foizi, fermerlarning 10 foizi, Oliy Majlis Senati a’zolarining 17 foizi, qonunchilik palatasi deputatlarining 16 foizi, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini ayollar hissasiga to’g’ri kelishi fikrimiz isbotidir. So’nggi yillarda ayollarning ta’limi, mutaxassislik va ilmiy salohiyatini o’stirish uchun barcha lozim choralar davlat tomonidan kafolatlanganligi O’zbekistonda ayollar faolligini oshirishda keng islohotlar olib borilmoqda. Demak, butun bir jamiyat ayollar faolligidan manfaat olishi lozim. Ana shu faollik va idroklilikni barcha sohalarda aks etishi, ya’ni ayollarimiz ongli tarzda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik munosabatida bo’lishlariga erishish zamonamizning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Chunki ayol fuqarolik jamiyati asosi bo’lgan fuqarolarni tarbiyalash, demokratik va tolerant tafakkur, taraqqiyot va rivojlanishga kamarbastalik kabi jamiyat uchun o’ta dolzarb va muhim masalalarni ijobiy hal etib bera olish qudratiga egadir. Yuqoridagi mulohazalardan asosli ravishda quyidagi savollar kelib chiqadi: mamlakatimizda xotin-qizlar uchun barcha yo’nalishlarda keng qamrovli imkoniyatlar yaratilayotgan ekan, bu borada lozim darajada huquqiy baza ham mustahkamlanayotgan ekan xo’sh, ayollarimiz davrimiz va davlatimiz uchun qaysi vazifalarni bajarishi lozim, qanday yo’nalishlarda o’zlarining hayotiy tajribasi, aql-idroki, salohiyati va mehrini ayamasligi kerak. Zero, bugun bizning jamiyatimiz yangi siyosiy munosabatlar shakllanish jarayonining ilk bosqichida turibdi. Shu bois, ayollarga keng huquqlar berilishi va imkoniyatlarning ta’minlanishi bizning demokratik va fuqarolik jamiyati qurish borasidagi ezgu niyatlarimizni amalga oshiruvchi mezon sifatida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib, aytganda, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida birinchidan, O’zbekiston sharoitida ayollar tafakkurida tolerant tafakkurni shakllantirish, mafkuraviy uyg’oqlik va sezgirlikni ular ongiga singdirish fuqarolik jamiyatining asoslarini kuchaytirish omillaridan biridir. Nima uchun ayol bag’rikeng tafakkuri uyg’oq mushohadali, siyosiy jihatdan ongli bo’lishi lozim? Chunki ayol farzand tarbiyasiga mas’ul shaxs bo’lib , onaning tarbiyasi farzandning tafakkuri shakllanishiga xizmat qiladi. Ana shu tafakkurning to’g’ri tanlanishi davlat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Shu bois, bugungi kunda ayolning tafakkuri va dunyoqarashi keng, chuqur, bilimli bo’lmog’i davr talabidir. Ikkinchidan, bugungi kunda O’zbekistonda ayollarning intellektual salohiyati anchagina yuqori bo’lib, ana shu intellektual boylikdan jamiyat taraqqiyotida samarali foydalanish hamda ayollarni islohotlar jarayonlariga, ya’ni jamiyatning yangilanish jarayonlariga safarbar etish davlatimiz tomonidan keng amalga oshirilmoqda.
Muayyan ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omillar orasida mazkur jamiyatning quyi bo’g’ini xisoblangan oilalarning mustahkamlligi, ularda sog’lom ruhiy muhitning qaror topganligi, oilalarda jismonan sog’lom farzandlarning dunyoga kelayotganligi, ularning ma’naviy yetuk shaxs bo’lib tarbiyalanishlari yo’lida tashkil etilayotgan oila tarbiyasining samaradorligi kabi omillar muhim o’rin tutadi
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan so’nggi yillarda ulkan islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Yoshlar Ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi haqida so’z yuritishimiz maqsadga muvofiqdir.Bu tashabbus yoshlar shu jumladan qizlar uchun turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini tushuntirish, mazkur tashabbusning beshinchi tashabbusi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |