2.Jaxon kamonli cholg’ularning turlari(skripka va violanchel)
Skripka slavyancha so’zdan olingan bo’lib “skri” ya’ni — gʻijirlamoq degan ma’noni anglatadi. Skripka torli kamonli musiqa cholgʻu asbobidir. Skripkasimon cholgʻu asboblari Skripka, skripka alt, violonchel va kontrabas orasida yetakchi va eng baland registrli soz hisonlanadi. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshadi.. Umumiy uzunligi 600 mm ni tashkil qiladi. Skripkaning klassik shakli XV XVI larda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. XVII XVIII asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar Skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. XVII XVII asrlardan Skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, Skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada XIX asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. XX asr skripkachilaridan F. Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A. S. Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va b. mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N. Pover, V. Yudenich va b. skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D. Xoliqov, N. Hoshimov, T. Yaxshiboyev va b. xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari Skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S. Jalil va b.), sonatalar (G. Mushel, N. Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. XX asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va b.) sozandalari baʼzida Skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.
Violonchel (ital. violoncello) -skripkastlotar oilasiga mansub torlikamonli soz. Bastenor registrli. 4 tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uz. 155 sm. Ijro paytida V.ni tik holatda ushlab sahnaga qoʻyishadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshi da Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambl va orkestrlar tarkibida ishlatiladi. Oʻzbekistonda V. ijrochiligi 19-asr oxirida shakllangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan S. Jalil V. va orkestr uchun konsert, G. Mushel, B. Giyenko, F. YanovYanovskiy, S. Karimxoʻjayev, N. Zokirovlar turli pesalar yozgan.
Violonchel (italyancha „violoncello” so'zidan kelib chiqqan; qisqartmasi cello) — toʻrt torga ega boʻlgan torli va kamonli musiqa asbobi. Ovozining balandligi boʻyicha alt va kontrabasning orasida turadi. Altning kattalashtirilgan shakliga ega. Violonchel qadimgi viola (italyancha: viola da Gamba) asbobining zamonaviy holidir. Violonchelning tuzulishi xuddi altniki kabi, biroq bir oktava past. Violonchelning ovoz hajmi juda kattadir — uch yarim oktava. Violonchelchi tizzalarini orasida, violonchelni vertikal, shpilini polga tiragan holda qoʻyib chaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |