Abdulla qodiriy nomidagi



Download 1,47 Mb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi1,47 Mb.
#211074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili va adabiyot mustaqil ish

"Haftiyak". UP asrdayoq Eron pedagoglari tomonidan tuzilgan bu o`quv kitobi, salkam o`n to`rt asr davomida Eron, Markaziy Osiyo, Sharqiy Xitoy, Hindiston va boshqa musulmon o`lkalarida ilk alifbe vazifasini o`tab keldi. Haftiyak-forscha tojikcha so`z bo`lib, Qur'onning ettidan biri degan ma'noni anglatadi. Unda eng asosiy suralar jamlangan bo`lib, taxtaxonlik tugashi yoki u bilan baravar o`qitila boshlangan. Bolalar undagi suralarni birin-ketin hijjalab qiroat qilganlar, dastlabki paytda undagi har bir qaror abjad hisobi asosida o`rganilgan va bu abjadxonlik deb yuritilgan. Bunda alif-bir, be( ) -ikki, jim( ) -uch, dol( ) -to`rt, he( ) -besh, vov( ) - olti, ze( ) -etti, he( ) -sakkiz, va to( ) -to`qqiz ma'nolarini anglatishi tushuntirilib, ularni ko`paytirish ham xuddi shu qarorlarni o`zaro urushtirish asosida yuzaga keltirilgan. Chunonchi, babdu q 2 x 2 q 4; bajven q2 x 3 q 6; ba d xuq2 x4 q8; bax'enq2x5q10; bavyabiq 2x6q12 kabi. Lekin bunday o`qish va hisoblashni bolalar behad qiyinchiliklar bilan anglaganlar.

Haftiyak 13-14 suralarigacha taxtaxonlik bilan baravar o`qilgan, harfni harf bilan urishtirib o`qish etakchilik qilgan. Bunda belgi ifoda etadigan tovush emas, balki harfning nomiga e'tibor berilgan. Aytaylik, "maktab" so`zi o`qiladigan bo`lsa, mim va qof mak hamda te va be -tab demak, shu ikki hijo birgalikda maktab tarzida qiroat qilingan. Boshqa usullarda ham taxminan shunday yo`l tutilgan- harflar nomlari aytilgan holda ularni bir-biriga qo`shib, so`zni tiklash yo`lidan borilgan. Shu boisdan bolalar so`z shaklini esda saqlashga e'tibor berib, suralarni asosan yodlaganlar, uning mazmunini tushunib olishga u qadar ahamiyat bermaganlar.

"Yosin" va "Taborak" suralaridan boshlab hijjalab emas, balki so`zlarni o`qish usuliga o`tilgan. Qay bir o`quvchining zehni o`tkirroq, xotirasi mustahkamroq bo`lsa, suralarni tezroq yodlashga ulgurgan. Shu bois "Haftiyak"ni o`rganish ikki yilgacha cho`zilgan. Uni boshdan oxirigacha yodlab ulgurganlargina xatmi kutub qilib, shundan keyingina Qur'oni karim mutolaasini boshlashgan. Shu ma'noda "Haftiyak" nafaqat ilk o`qish kitobi, balki bolalarni Qur'oni karimni o`qishga shaylaydigan, uning ruhiga olib kiradigan ilk islomiy saboq vazifasini o`tagan.

Qur'on nozil qilina boshlagan kezlardayoq sura va oyatlarning mazmunini tushunish uchun sahobalar payg`ambarlardan ularni izohlashni so`rab borganlar. Islom ahkomlari xususida payg`ambar va'zlar aytgan, shu asosda islom ta'limotini ommaga yoyish avj olgan. Natijada Muhammad alayhissalomning muborak so`zlari, naqli va xabarlari yuzaga kelganki, bular hadislar deb yuritila boshlangan. Ilk maktablarda ham "Haftiyak" va Qur'oni karimni o`qish va o`qitish jarayonida sura va oyatlar mohiyatini tushuntirishda hadislardan ifoda etishga to`g`ri kelgan, shu tariqa ommaviy hadisxonlikdan farqlanuvchi maktab hadisxonligi yuzaga kelgan. "Chor kitob" paydo bo`lguniga qadar Qur'ondan keyin hadis sabog`i an'anaga aylangan va bu an'ana tolibul ilmlarni diniy-axloqiy ruhda tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etgan.




Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish