Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet11/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

Ikkinchidan, har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshadi. Endi uni jamiyatdan “yotsirash” illati tark etadi. Fuqaroning ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyatning taraqqiy etishi uchun muhim omilga aylanadi.
Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uchun asos vujudga keladi. Bunday fundamental asosning ishonchliligi jamiyatni muhofaza qilishda ham muhim vosita hisoblanadi.
To‘rtinchidan, jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi eng ta’sirchan vosita yuzaga keladi.
O‘zbekiston jamiyatida “Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”.49 Bu “asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish” jamiyat siyosiy barqarorligi uchun, fikrimizcha, quyidagi omillarni belgilab bermoqda:

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biridir. Bu g‘oyat muhim masala. Iqtisodiy tiklanish davrida istiqlol yo‘liga ishonch ko‘plab muammolarni hal etuvchi omil bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekistonda bu ishonch aniq iqtisodiy zamin asosida hosil qilinmog‘i zarur. Aks holda islohotlarga ishonch zaiflashib qolishi mumkin.

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyoti bu masalani asosiy omil sifatida qo‘ymoqda. Jamiyatimiz bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumli foydalanadi.

  2. Kuchli ijtimoiy siyosat islohotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish kafolatidir. Ayrim mamlakatlarda islohotlar taqdiri tashvishli bo‘lib qolayottgan hollar ham yo‘q emas. Shu ma’noda fuqarolarning islohotlar natijasiga ishonchini muqim oshirib borish maqbul jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston jamiyatida turli ta’sirchan vositalar asosida islohotlarni muvaffaqiyatli yakunlashga alohida e’tibor berilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat ana shu



49 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy siyosatning ustivor yo‘nalishlari. –T.: O‘zbekiston, 1993. B. 20.
ta’sirchan vositalardan biridir. Fuqarolarning manfaatdorligi oshib borgan sayin islohotlar jarayoni ham tezlashib boradi.

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyatda boshlangan yangilanish jarayonining orqaga qaytishga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.

Bularning barchasi jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashdagi negizlardir. Bizning kuzatishimizcha, ayrim mustaqil davlatlarda demokratik tamoyillar yaxshi tarkib topa boradi. Biroq islohotlarning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta’sirchan vositalarga diqqat qilinmadi. Bundan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda avvalo fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga e’tibor berildi va iqtisodiy siyosatda ustuvor etib belgilandi. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l shu ma’noda ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisod bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, shuningdek sog‘liqni saqlash, talim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan. Negaki, O‘zbekiston uchun, ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifadir. Bu bilan “Fuqarolarning o‘zaro tenglik va hamkorligi ta’minlanadi”.50 Bunday fikrni ko‘plab xorijlik mutaxassislar ham bildirmoqdalar. Kuchli ijtimoiy siyosat oxir- oqibatda tub o‘zgarishlar jarayonida bo‘lgan jamiyat uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Turli siyosiy harakatlarning faoliyatda bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sirchan yordam ko‘satishi uchun imkoniyat tug‘diradi. Bunday sharoitda:

  • fuqarolarning siyosiy faolligi yanada oshadi;

  • mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish ortadi;

  • mintaqaviy rivojlanish avj oladi;

  • ijtimoiy-siyosiy jarayonlar barqarorlashadi va h.k.



50 Qarang: Jumayev R.Z. Politicheskaya sistema Respubliki Uzbekistan: Stanovleniye i razvitiye. –T.: Sharq, 1996. C 177
O‘zbekistonda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat o‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi. Bu tajriba iqtisodiy rivojlanish uchun ham asos bo‘lmoqda. Bu hol mintaqaviy taraqqiyot uchun ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, bugungi dunyo sharoitida mintaqaviy rivojlanish zaruriyati tarzida ortmoqda. Chunki aholining ayrim mintaqalarda zich joylashishi ularni ish bilan band qilish va ijtimoiy faoliyatdagi ishtirokini ta’minlash kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu masala dasturiy asosda hal etib borilishi zarur. Ijtimoiy kafolatlar tizimining ta’sirchan holda yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zamin hozirlashi zarur. Shu holda viloyatlarda yildan-yilga ijtimoiy o‘sish sur’ati oshib boradi.
Shunday qilib, kuchli ijtimoiy siyosat muayyan mamlakat uchun katta imkoniyatlar tizimini yaratishi muqarrar. Buning uchun esa uzluksiz va tizimli ijtimoiy jarayon ta’minlanishi talab etiladi.
Kuchli ijtimoiy siyosat demokratik jamiyatning tayanch nuqtasidan biri hisoblanadi. Bugungi O‘zbekistonda qariyb 28 mln. aholining 70 foizi qishloqda yashashi ma’lum. Demak yangi iqtisodiy tizimga o‘tish davrida O‘zbekiston uchun ta’sirchan ijtimoiy siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilmaganida jamiyat siyosiy barqarorligi haqida o‘ylash yoki so‘z yuritish mushkul bo‘lar edi. Chunki, O‘zbekistonda ishlab chiqarish mustaqillikkacha nihoyatda nochor ahvolda edi. Jamiyat siyosiy portlash arafasida bo‘lib, ba’zi kuchlar “Demokratiya” niqobi ostida o‘z manfaatlari yo‘lida harakat boshlagandi. Mana shunday qaltis vaziyatlar iskanjasida O‘zbekiston o‘z mustaqil siyosatini boshladi va ijtimoiy himoya bu siyosatning asoslaridan biri sifatida tanlab olindi. “O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritmaganda edi, yetilib turgan tartibsizliklar va xalqning kulfatiga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqirozlar, o‘tkir siyosiy to‘qnashuvlarning oldini olish g‘oyatda mushkul
bo‘lardi”.51 Bu o‘rinda ijtimoiy himoya tizimi jamiyatni qutqarishdek noyob rolni ham bajarganligini unutmaslik kerak.
Mutlaqo yangi jamiyat barpo etilayotgan bir paytda ijtimoiy himoyaning natija berishi tarixan isbotlangan va asoslangan hodisadir. Prezident Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarida “davlatchiligimizning tarixiy ildizi va asoslarini ilmiy asoslash”52 masalasini qat’iy kun tartibiga qo‘ygan edi. Masalaning bunday tarzda qo‘yilishi bugungi ijtimoiy siyosatimizga ham dahldordir. Chunki, Sharq davlatchiligi tarixan muayyan masalalarda o‘z ildizlariga ega. Jumladan, Amir Temur (1336-1405) davlatida ham fuqarolarni ijtimoiy himoyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bu boradi vaqf mulki tizimidan unumli foydalanilgan.53 Unga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalar, yetim-esirlar va beva-bechoralar, so‘fiylar, din ulamolari vaqfdan kelgan mablag‘ hisobidan ijtimoiy ta’minlangan. Natijada Amir Temur davlatida keskin tanazzul emas, balki ijtimoiy taraqqiyot yuz bergan. Temur va temuriylar davlatida vaqf instituti g‘oyat darajada shakllanib, u jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Demak, O‘zbekistonning bugungi ijtimoiy himoyalash siyosati teran tarixiy ildizga ega bo‘lib, u zamonaviy demokratik tamoyillar bilan boyib bormoqda.
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlashning, tafakkur qilishning asoslarini ham yaratishga qodirdir. Jamiyatda ijtimoiy- siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, jamiyat fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiyoq bilan intildi. Chunki fikrlovchi odam “O‘zining individlar va guruhlarni boshqarish, ularning hatti-harakatlarini tartibga solish, muvofiqlashtirib turish, fuqarolik jamiyatiga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko‘proq ro‘yobga chiqara olgan taqdirdagina kuchli bo‘la oladi”.54




51 Qarang: Jumayev R.Z. Davlatvajamiyat: demokratlashtirish yo‘lida. –T.: Sharq, 1999. B 4
52 Qarang: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. –T.: O‘zbekiston, 1999. B 153
53 Qarang: Temur tuzuklari. –T.: Sharq, 1996. B 42
54 Qarang: Jumayev R.Z. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo‘lida. –T.: Sharq, 1999. B 140
Bugun O‘zbekiston sharoitida vaziyat butunlay o‘zgardi. 90-yillarning boshidagi iqtisodiy tanazzuldan chiqib ketildi. Endi esa, keyingi yillar davomida jamiyatda demokratik fikrlash va g‘oyaviy tashabbuskor bo‘lish tamoyilini tarkib toptirish jarayoni kechmoqda. O‘zbekiston jamiyati umuminsoniy muammolarga ham o‘z munosabatini dadil bildira boshladi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganiga 19 yil bo‘lgan mamlakat uchun bu hol ijobiy holatdir. O‘zbekiston siyosiy barqarorlikning izchil ta’minlanishi jamiyatda o‘zgarishlarning tezda paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu o‘rinda Frantsiyalik yirik mutaxassis Mishel Baronning O‘zbekiston jamiyati to‘g‘risidagi e’tirofini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “Mustaqillik haqida gapirganda, avvalo, bu so‘z zamirida yurt ozodligi va xalq erkinligi mujassam topishini aytib o‘tish lozim. Istiqlol tufayli inson o‘zining o‘tmishini, milliy qadriyatlari-yu an’analarini anglaydi, o‘zligini taniydi… SHu o‘rinda mustaqillik O‘zbekiston uchun, o‘zbek xalqi uchun nima berdi, degan savol tug‘iladi. Avvalo istiqlol tufayli jahon xaritasida “O‘zbekiston” degan nom, davlat paydo bo‘ldi. Mamlakatingizni, xalqingizni xalqaro hajamiyat e’tirof etdi, tanidi. Men xorijlik bir xolis kuzatuvchi sifatida hech ikkilanmay mamlakatingizda o‘tgan vaqt mobaynida bir necha o‘n yilga tatiydigan ishlar amalga oshirildi, deb ayta olaman. Tan olish kerakki, endigina istiqlolga erishgan xalqning mamlakatda qisqa fursatda bunday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishi kamdan-kam davlatlarga nasib etgan. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham kundan kunga rivoj topayapti, ildam qadamlar bilan jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib bormoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda, mintaqaning eng muhim muammolarini yechishda e’tiborga molik tadbirlarni amalga oshirmoqda”. O‘zbekiston tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo‘lidan og‘ishmay olg‘a borayotganligi tufayli bunday e’tirofga munosib bo‘lib turibdi va yuqoridagi xolis baho mamlakatdagi siyosiy barqarorlik bunga misol.


8- mavzu: Jamiyat ijtimoiy tarkibining stratifikatsion tahlili


O‘zbekistonda islohotlar jarayonini amalga oshirish tamoyillaridan biri – fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir. Prezidentimiz Islom Karimov “Biz qurayotgan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishi, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak”,33 – deb ta’kidlaydi. Albatta, bunday maqsadga erishish salmoqli iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatni talab etadi. Fikrimizcha, mamlakatimizda bunday imkoniyat mavjud, u 40 foizga ega.34 Bu katta imkoniyat bo‘lib, jamiyatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga imkon beradi.
Ma’lumki, muayyan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqarorligini ta’minlash jarayonida shu jamiyatni ijtimoiy muhofazalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, mamlakatimizning bu sohadagi yo‘lini umumiy tarzda qarab o‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki, 1991 yilda sobiq sovet tuzumi inqirozga uchragach, Yevroosiyo qit’asida 15 ta yangi mustaqil mamlakatlar uchun demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etish imkoni paydo bo‘ldi. Buning uchun bu mamlakatlar ikki yo‘lni tanladilar:

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish