Universal O‘nlik klassifikatsiya strukturasi
Universal O‗nlik klassifikatsiya axborot manbalarni va hujjatlarni
klassifikatsiya qilishda xalqaro klassifikatsiya hisoblanadi. Bu sistema fan va
texnikaning barcha bo‗limlarini aks ettirishda universal xalqaro sistemadir.
Unga fan va texnika erishayotgan barcha yangiliklarni jadval strukturasida
jiddiy o‗zgarishlarsiz doimo to‗ldirib, kiritib boradi. Bo‗limlarni o‗zaro
aloqasini aks ettirish ham boshqa klassifikatsiyaga qaraganda bir qator
yutuqlarga ega. Bo‗limlarni aks ettrish uchun faqatgina arab raqamlaridan
foydalaniladi. Ular barcha xalqlar uchun tilidan, qanday alfavitdan
foydalanishlaridan qat‘iy nazar barcha uchun tushunarlidir. Bu Universal
O‗nlik klassifikatsiyani xalqaro, barcha xalqlar uchun foydalanish mumkin
bo‗lgan sistemaga aylantirdi.
Ilk Universal O‗nlik klassifikatsiya jadvali
1905 yil Bryuselda fransuz tilida nashr etilgan.
1927-1933 yillarda 2-qayta nashri fransuz tilida.
3-xalqaro nashri nemis tilida norma va standartlar
nashriyoti tomonidan 1934-1953 yillarda nashr
etilgan. 4-xalqaro nashri ingliz tilida, 5-nashri
fransuz tilida, 6-nashri yapon tilida, 7-nashri ispan
tilida. 1958 yilda 8-nashri nemis tilida nashr
etilgan.
78
Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlantirish bilan XHF (Xalqaro
Hujjatlar Federatsiyasi) shug‗ullangan. 1950 yildan bugunga qadar XHF Fan
va texnika taktibini hisobga olgan holda Universal O‗nlik klassifikatsiyaga
o‗zgartirishlar kiritib boradi. XHF tomonidan maxsus nashrlar chiqariladi.
«DP-Notes» va «P-Notes» (Proekti predlojeniy) «Takliflar loyihasi» va
«Takliflar». Bu nashlarda turli mamlakatlardan UO‗K jadvaliga tashkilotlar
tomonidan, olim va mutaxasssislar tomonidan indekslarga kiritilishi mumkin
bo‗lgan o‗zgartirishlar, to‗ldirishlar haqidagi taklif mulohazalar chop etiladi.
Bu takliflar 6 oy ichida boshqa mutaxassislar, tashkilotlar tomonidan rad
etilmasa, kuchga kiradi va XHFning maxsus «Extensions and Corrections to
the UDC» (UO‗K ga o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar) nashrida chop etiladi.
Yiliga ikkita soni chiqadi. 3 yillik seriya hisoblanadi. 6ta son.
Biror bo‗limiga qachon o‗zgartirish kiritiladiq
Fan va texnika tartibining bugungi kundagi mazmun mohiyatini to‗liq
aks eta olmagan indekslardagina qayta ko‗rib chiqiladi. UO‗Kni
stabillashtirish, ya‘ni muqobillashtirish maqsadida indekslar o‗zgarishi, qayta
ko‗rilishi haqidagi takliflar to‗liq annotatsiyalangan holda, asoslangan holda
qabul qilinadi.
Sobiq sovet tuzumining 1962 yil 11-may 445-qaroriga muvofiq
«Mamlakatda fan, texnika axborotlarini yaxshilash chora tadbirlari»
qarorlaridan so‗ng 1963 yildan ilmiy-texnika jurnallar, ilmiy-axborot
tashkilotlarida, ilm-texnika kutubxonalarida barcha nashrlarni UO‗K asosida
klassifikatsiya qilina boshlandi. Bugungi kunda Universal O‗nlik
klassifikatsiya yagona Xalqaro universal sistemadir. 50 dan ortiq
mamlakatlarda qo‗llaniladi. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning
rivojlantirishda Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi yetakchi tashkilot hisoblanadi.
Universal O‗nlik klassifikatsiyani taraqqiy ettirish borasida bugungi kunda
ham bir qator ishlar qilinmoqda. Bunda turli davlatlardan mutaxassislar
qatnashadilar. Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya,
79
Polsha kabi davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‗z hissalarini
qo‗shadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |