YUGURISH VA UNGA O`RGATISHDAGI MASHQLAR
Bolaning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning tana a’zolarini chiniqtirish, asosiy harakat turlarini rivojlantirish, bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining oldini oluvchi harakatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish. Barmoqlarining mayda muskullarini rivojlantirish, yurish va harakat qilishning ayrim ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Yugurish. Tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib yuborilgan buyumni quvib yetish, ikki chiziq orasidan chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish nazarda tutiladi. Oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1, 5 daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240metr masofaga sekin tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Yugurish uchun mashqlar. Tarbiyachi orqasidan yugurib o‘tish, undan qochish, har tomonga bir-birlarini itarmasdan yugurish. Dumalab borayotgan predmetni quvib yetish, ikki chiziq oralig‘ida ularni bosmasdan yugurish, 30-40 soniya davomida to‘xtamasdan yugurish. 80 metrgacha bo‘lgan masofani sekin yugurib o‘tish.
Yurish va yugurishga oid o‘yinlar:
“Qo‘g‘irchoqlarnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan”, “Kim sekin”, “Tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqchalar va avtomobil”, “Poezd”, “Samolyotlar”, “Pufak”, “Quyosh va yomg‘ir”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda”. “Qo‘g‘irchoq-larnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan, tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda” kabilar. Mashg’ulotda yuqori ko’rsatgichlarga erishish uchun o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilari rivojlanishining yosh xususiyatlarini bilishi juda muhimdir.
Avvalo shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bolaning rivojlanishi atrof muhitga, hayotning qanday tashkil etilishiga, tarbiyasiga, shu jumladan, jismoniy tarbiyasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tez bo’yiga o’sish kichik yoshdagi maktab bolalari uchun xosdir. Bolalarning jismoniy tarbiyasining asosiy bo’lib sog’liqni mustahkamlash va to’g’ri jismoniy rivojlantirish hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifari - o’quvchilarni sog’lomlashtirish, ularning jismoniy rivojlanishi, harakat malakalari tizimiga ega bo’lish va jismoniy sifatlarning rivojlanishini yaxshilashdan iborat. Bu vazifalarni hal etish uchun o’quvchilarning yoshiga qarab, kichik maktab yoshidagi bolalar, o’smirlar va yoshlar bilan har xil usulda ish olib boriladi. Yoshiga qarab davrlarga bo’lish hozirgi paytlarda ko’p tarqalgan, uning ichida yangi tug’ilgan, bog’cha, maktabgacha va maktabgacha yosh davrlari, o’z navbatida, kichik, o’rta va katta maktab yoshiga bo’linadi, bolalar tashkiloti tizimining tez yuzaga kelishiga ta’sir etadi. Fiziologiyada mavjud bo’lgan bolalar va o’smirlar yosh davlariga bo’lish tizimi, rivojlanishning alohida davr bo’limlari maktab yoshidagi bolalar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Pedagogikada maktab yoshi kichik 7-10 yoshga, o’smirlik 11-14 yoshga va o’spirinlik 15-17 yoshlarga bo’lish qabul qilingan. Bolalarni o’z vaqtida hayotiy muhim bo’lgan harakat malakalariga o’rgatish, eng asosiy yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya darslarini olib borishdagi asosiy yo’nalish hayotiy zarur jarayonlar, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, qomatni to’g’ri saqlay olish, tezkorlik, chaqqonlik, mushak tezliklarini tahlil qilish qobilyatlarini tarbiyalashga qaratilib, ularni shakllantiradi. Maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy mashg’ulotlar tizimini to’g’ri olib borish bola organizmining o’sish va rivojlanishni kuchaytiradi, fiziologik jarayonlarni jonlantiradi. Jismoniy tarbiya darslarida bolalarni o’rgatishda vosita va uslublarni tanlash, har xil yoshdagi o’quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga qatiy to’g’ri kelgan holda amalga oshirilishi kerak. 6 yoshli bolalarda harakat ko’nikmasi va malakasi tez shakllana boshlaydi. Ularda bo`y, mushak kuchi o’sadi, harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, harakat aplitudasi, tezligi, yo’nalishi, maromi, sur’ati, baholash malakasi takomillashadi, harakatni tahlil qilish, undagi ayrim fazilatlarni ajrata olish qobilyati rivojlanadi. Bola harakat natijalari uning borishi sifatlariga bog’liqligini tushuna boshlaydi, so’ng yaxshi natijalarga erishish maqsadida, harakatni chidam, bardosh bilan bajarishga kirishadi. Bularning hammasi asosiy harakatlarni gimnastik va jismoniy mashqlarni bajarish texnikasini o’rganishga imkon yaratadi. Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko'pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-nat saqlash, uloqtirish, to'siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar) dan olingan. Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib oiingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlami rivoj-lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo'llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo'Ijallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi. Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazardatutibguruhlanadi. Mashqlar an’ana-viy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi: Gimnastikani rivojlantiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlari. Bu mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida qo'llaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko'nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligigaega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi. Yugurish - yurishga nisbatan ancha harakatli mashqdir. Shu sababli u harakat tayanch apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish organlariga yurishga nisbatan katta ta’sir o‘tkazadi. Yugurish, tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, Yugurishning ifodasi va jadalligi turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun gimnastika darsining barcha qismlarida qo'llaniladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan yugurish mashqlari: oddiy yugurish, tizzalarni baland ko‘tarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo'shimcha harakatlarni bajarib, burilishlar, to‘xtashlar bilan, buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish uchun yugurish, qavta safla-nib, turli to‘siqlarni oshib o‘tib, to‘siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatma-navbat bajarish.
Yurish va yugurish mashqlarining vazifasi qo’l va oyoqlar harakatlanayotganda muvozanat yaxshi saqlagan holda engil, erkin harakatlar qilishni o’rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha yoshda bir yo’nalishda hamda bir me’yorda yurish va yugurish ko’nikmasini egallay biladilar. Bolalar olti yoshga etganda yugurishda uchish holatini egallab olgan bo’ladilar. Yurish va yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda egallangan harakat malakalari asosida turli mashqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishdan foydalaniladi. Tarbiyachi katta guruhda yurish va yugurishni navbatma-navbat o’rgatib boradi, bunda topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib boradi hamda bajarilayotgan mashqning texnikasiga talablar qo’yadi. Masalan, tizzalarni baland ko’tarib yurish mashqini o’zlashtirib olishni anchagina qiyin desa bo’ladi. Yurishning ushbu ko’rinishida qadamlar qisqa harakatlar aniq, avvaliga oyoqning oldingi qismi uchi, so’ngra oyoq to’liq qo’yiladi. Tizzalarni baland ko’tarib yugurishda tizzadan bukilgan oyoq to’g’ri burchak darajasiga ko’tariladi va erga yumshoq qo’yiladi, ammo oyoq uchi shaxdam harakat bilan qo’yiladi. Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish. harakat bir oz sekinlatilishi bilan harakterlanadi. Bunda qo’l va oyoq odatdagidek o’zaro muvofik, harakat qilib oldin oyoq tovoni qo’yilib, uchiga o’tiladi. Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m masofaga) taklif kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun mokisimon yugurish beriladi va nihoyat chidamlilikni rivojlantirish uchun belgilangan masofaga sekin va o’rtacha sur’atda 2.5daqiqa davomida muntazam yugurish qo’llaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o’rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o’rgatish, o’zining sport malakasi o’sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o’zaro do’stlik, hamjihatlik, o’yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me’yorlarining rivojlanishiga e’tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo’lga qo’yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o’stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo’shib olib borilsin. Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to’g’ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to’g’risida tushuncha berish kerak bo’ladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o’stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi. Bolalar va o’smirlarda fiziologik tomonidan chidamlilik sifat har xil siklik mashqlar turlaridan iborat bo’lib organizmda aerob ishlab chiqarishni oshiradi. Mutaxassislarning hisoblashicha kichik maktab yoshidagi bolalarning umumiy chidamliligini oshirish uchun 3 kmdan 4,5 kmgacha batba yurish tavsiya etiladi. SHu maqsad bilan birgalikda darslarda harakatli o’yinlar va o’yin mashqlarini qo’shish taklif etiladi. Bolalar va o’smirlarda fiziologik tomonidan chidamlilik sifat har xil siklik mashqlar turlaridan iborat bo’lib organizmda aerob ishlab chiqarishni oshiradi. Mutaxassislarning hisoblashicha kichik maktab yoshidagi bolalarning umumiy chidamliligini oshirish uchun 3 kudan 4,5 kmgacha batba yurish tavsiya etiladi. SHu maqsad bilan birgalikda darslarda harakatli o’yinlar va o’yin mashqlarini qo’shish taklif etiladi. Milliy va harakatli o’yinlarni harakat sifatlarini tarbiyalashga yo’naltirish bo’yicha tanlash yoshini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
|