M U N D A R E J A:
KIRISH QISMI:…………………………………..________
|
|
I.BOB. YENGIL ATLETIKA JISMONIY TARBIYA VOSITASI
SIFATIDA......................................._________
|
|
. Yugurish va unga o`rgatishdagi mashqlar ....................……….._____
|
|
1.2. Sakrash va sakrash turlari……………………..___________
II.BOB. YENGIL ATLETIKADA ULOQTIRISH TURLARI VA UMMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR.
2.1. Uloqtirish va uloqtirish turlariga o`rgatish……….________
2.2. Ummumrivojlantiruvchi mashqlar………………….._______
|
|
III.BOB. TADQIQOTLAR VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL QILISH……………………………………………………....
|
|
2.1. Pedagogik kuzatishlar………………………………..…….. _______
2.2. Tadqiqot vazifalari………………………………………………. ____
|
|
|
|
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………….
ILOVALAR…………………………………….
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KIRISH QISMI.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSINING DOLZARBLIGI:
Bolalar sportining O`zbekistondagi rivoji: O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakalar strategiyasi to`g`risida” Farmoni 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 SON “2017-2021 Yillarda maktabgcha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risi”dagi, 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish bo`yicha chora tadbirlar to`g`risida”gi 2019 yil 8 maydagi PQ 4312-son “O`zbekiston respubllikasi maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarorlari, 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risiga”di qarorlari katta va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatini rivojlantirishda dasturlamal bo`lib xizmat qiladi. “Ilk qadam” maktabgacha ta`lim tashkilotining davlat o`quv dasturida “Jismoniy rivojlantirish va sog`lom turmush tarzini shakillantirish” sohasi kopetentsiyalari sifatida:
“Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakilantirish sohasidagi o`quv tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so`ng 6-7 yoshli bola:
. O`z imkoniyatlari va Yoshi bilan bog`liq jismoniy rivojlanish meyyorlariga mos ravishta jismoniy faollik ko`rsatadi;
. Turli harakatchanlik faoliyatni uyg`un ravishta va maqsadli bajarishni biladi;
. Turli hayotiy va o`quv vaziyatlarda mayda matorika qo`llanmalardan foydalanadi;
. O`z xarakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
. SHaxsiy gigeniya malakalarni qo`llaydi;
. Sog`lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
. Xavsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qila olishi etirof etilgan.
SHunga ko`ra katta maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyat va sog`lomlashtirish faoliyatini diagnostika qilish vositalaridan amalda to`g`ri foydalanish muxum pedagogic axamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga oid chora tadbirlar ko`rib chiqildi.
SPORT – bu sog`lom ijtimoiy – siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir. Ayniqsa yoshlar orasida bu muhum ahamiyat kasb etadi. Bugun O`zbekistonda sport ta`lim va tarbiyaning ajralmas bo`lagidir. O`zbekiston aholisi yosh bo`lgan davlatdir, o`zbekiston hududida istiqomat qiluvchilarning qarib 40%idan ko`rog`ini 18 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning har tomonlama rivojlanib, ham manan ham jismonan kamolga erishishlari muhum ahamiyatga egadir. Shuning uchun bolalar sportiga e`tibor va yoshlar orasida sog`lom turmush tarzini ommolashtirish sog`lom turmush tarzini tadbiq etish davlat siyosatining eng asosiy yo`nalishlaridan biridir. 2002 yildan buyon bolalar sportini har tomonlama qo`llab quvvatlash maqsadida bolalar sportini rivojlantirish jang`armasi faoliyat yuritib kelmoqda. So`ngi yillarda respublikada 1113 zamonaviy bolalar sporti obektlari barpo etildi, shulardan 252tasi sport komplekslari, 861sport zallari, 110tasi suzish uchun suv havzalaridir. Bugungi kunda 30dan ortiq sport turlari bilan doimiy ravishta 1million 800ming bolalar shug`ullanishmoqda. Qishloq joylardagi bolalarni erta vaxtlardan sportga jalb qilishga alohida etibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda sport o`yinlarining uch bosqichli tizimi shakillangan bo`lib ularga “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Unversiada” musobaqalari kiradi. Mazkur tizimni, tub ma`noda, yuqori malakali spotchilarni tanlab olish va tayyorlashning milliy va samarali modeli deyish mumkun. Bu kabi keng ko`lamli ishlarning natijasida, bugungi kunda bizning o`g`il qizlarimizning 92%i bo`y va og`irlik jihatidan Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti stnadartlariga to`g`ri keladi. Mamlaktimizda bolalar sportini rivojlantirish va ular o’rtasida sportni yanada ommolashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O`zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bolalar sportini rivojlantirish to`g`risidagi bir qancha qaror va farmonlari e’lon qilingan jumladan, bolalarni yosh narmativlariga asosan ishlab chiqilgan “Davlat talablari” o`quv dasturi bolalarning jismonan yetuk rivojlanishiga xizmat qiladi, mamlakatta amalga oshirlayotgn ta`lim sohasini tubdan isloh qilish hamda o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va manaviy salomatligini shakillantirishning sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mexr muhabbatini singdirishning g`oyat muhum sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni taminlash maqsadida:
Yoshlarning “Yoshlar itiffoqi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro jamg`armasi, nohukumat jamoat tashkilotlari, O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining. O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`risidagi takliflari qabul qilindi. O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi barcha, shu jumladan xorijiy tashkilotlar, uyishmalar, kampaniya va firmalarning, yuridik hamda jismoniy shaxslarning ishtirok etishlari uchun ochiq bo`lgan xalqaro hukumat jamoat tashkiloti hisoblanadi. Undan tashqari bolalar sportini rivojlantirish uchun tashkil qilingan jamg`armaning bir qancha muhum ko`zlangan maqsadlari ham mavjud jumladan. Bolalarda sportga mexr uyg`otish, o`sib kelatotgan yosh avlod ongida sport bilan shug`ullanish, sog`lom turmush tarziga amal qilish, manaviy va jismoniy kamolga yetish, ularni salbiy tasirdan himoya qilish, hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fel atvorli, vataniga mexr muhhabat va o`z mamalakati uchun g`urur iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora tadbirlar komplekisini amalga oshirish; birinchi navbatta qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakillantirish, aholi manzilgohlarda zamonaviy bolalar sporti komplekslari tarmog`ini tashkil etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, hamda ulardan samarali foydalanish chora tadbirlarini yo`lga qo`yish; bolalarning jismoniy va ruhiy jihattan uyg`un kamol topishini taminlashni nazarda tutgan holda, tibbiyot muassasalari va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik munosabatlarini o`rnatish; hudud aholisining zichligini, sport mashg`ulotiga jalb etiladigan bolalar soni jinsi va yoshini etiborga olgan holda spotr maydonchalari va komplekslarning ilmiy asoslangan loyhalarini ishlab chiqqan holda qurulish ishlarini olib borish ham shular jumlasidandir. Yurtboshimizning yuqoridagi qaror va farmonlarining barchasi bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan va bolalar sportini yanada yuqori cho`qqilarga olib chiqishga xizmat qiladi.
Yoshlar va bolalarning sportni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan chora tadbirlar qatorida eng muhum tomonlaridan biri sifatida bolalar sportini rivojlantirishga etiborimizni qaratadigan bo`lsak jumladan ularning shug`ullanishining zarur jihati sifatida bolalar yengil atletikasi turini ham olishimiz mumkun. Bolalar juda yoshligidan bir biri bilan musobaqalashishni va o`zlarini bir biri bilan tenglashtirish imkoniyatini o`ylab topishga harakat qilishadi. Yengil atletikaning har xil turlari bolalar yani o`z tengdoshlari o`rtasidagi solishtirish imkoniyatlarini alo darajada ochib berish uchun harakat qiladi. Demak agar yengil atletika bolalar uchun yoqimli sport turi bo`lsa, murabbiylar bu sport turi bo`yicha bolalarga to`la mos keladigan dastur yaratishlariga zarurat tug`uladi. Bolalar musobaqalarining ko`p qismi katta yengil atletikasining qisqartirilgan va yengillashtirilgan turi sifatida qabul qilingan. Ayrim sport turlarida bolalarni erta ixtisosliklarga bo`lish bir muncha noto`g`ri, chunki, hammaga malumki, ularning garmonik rivojlanish talabiga qarama qarshi kechadi. Shuningdek, ularda erta zo`riqish paydo bo`lishi mumkun. Ko`plab tadqiqotlardan keyin, izlanish va o`rganishlarda shu narsa malum bo`ldiki, IAAFda bevosita yengil atletikada yangi konsepsiya yaratishga undadi yani bolalar uchun va ularning jismoniy rivojlanishiga to`la mos keladigan. Konsepsiya doirasidagi har qanday takliflar jumladan turli tashkilotchilik va boshqalar quydagi talablarga javob berishi kerak hisoblanadi.
Bolalarga yengil atletikani fayzli bo`lishiga undash;
Bolalarga yengil atletikani ommobob bo`lishiga undash;
Bolalarga yengil atletikani ibratli bo`lishiga undash.
Bu talablardan tashqari, IAAFning dasturi to`laligicha tashkilotchilarning talablarini bajarish, yani tavsiya etilhan musobaqa shakillarini muntazam amalga oshirish tizimini yaratish. 2001 yil bahor oyida IAAFning ishchi guruhi bolalar uchun yengil atletika dasturini yaratish tashabbusi va tamoyillarini ishlab chiqish, kattalar yengil atletikasi modelidan osonlashtirilgan va qisqartirigan shakliga asoslangan. Ushbu dastur keyinchalik “IAAFning bolalar yengil atletikasi” deb nomlanadigan va kelgusida bu dastur hujjatlarda shunday yuritilishi etirof etildi. Keyinchalik IAAF butun jahon bolalar siyosatini 7dan 15 yoshgacha ko`rsatildi. Ushbu siyosat quydagi ikki maqsad:
Yengil atletikani butun jahon bo`ylab maktablarda individual tarzda amalyotini ko`proq targ`ib qilish;
Bolalarga imkon berish buni tashkil qilishni yengil atletika fediratsiyasi shug`ullanadi yoki boshqacha aytganda yengil atletika o`z kelajagi uchun samarali tayyorgarlik ko`rishdan iborat bo`ladi.
Bu yondashuv musobaqa shakliga bog`liq bo`lib, ya`ni barcha yosh guruhlari uchun mos keladigan va bu dasturni amalga oshirishda foydalaniladi. Bu musobaqalar tizimi yengil atletika bilan shug`ullanuvchi bolalar organizimiga yaxshi tasir etadi, ya`ni sportchilar mashg`ulotlarda, murabbiylar tayyorlashda, hakamlar tayyorlashda va boshqalarni o`qitishda kerakli hisoblanadi.
“IAAFning bolalar yengil atletikasining” dasturi yengil atletikani qiziqarli “o`yinli” turi sifatida qo`llashga yo`naltirilgan. Yengil atletikani yangi turlari va yengil yaratuvchi tashkilotchilar bolalarga yangi faoliyat turlari qisqa masofaga yugurish chidamlilika yugurish, sakrash va uloqtirish bilan bir joyda birgalikda (stadionda, maydonchalarda, yopiq inshotlarda, har qanday sport majmuolarida) olib boorish. Yengil atletika o`yini bolalarga foydali bo`lib, yengil atletika amalyotida bolalar sog`lig`ini mustahkamlashga, ularni talim olishda yetarli darajada imkoniyatlar beradi. IAAF ning bolalar yengil atletikasining konsepsiyasi tashkiliy maqsadi quydagicha tuzulgan:
-ko`p sonli bolalar bir vaxtda mashg`ulotlarda qatnashish;
-yengil atletikaning asosiy mashqlari va turli harakatlarini bajarish;
-jamoaning muofaqqiyatiga nafaqat kuchli yoki tezkor bolalar yaxshi natijalar orqali o`z hissalarini qo`shishi;
-talablar quydagicha: ko`rsatilyotgan mashqlarni bajarish, chaqqonlilik imkoniyatlari va bolalarni yoshlari turlicha bo`lishi;
-dasturda sarguzashtli elementlar bo`lishi, yangicha yondashuv, bolalarda tassurot uyg`otadigan bo`lishi;
-baholsh tizimi tartibi oson bo`lishi, asosiy va jamoa natijalari;
-musobaqada kamroq hakamlar va yordamchilari talab qilinadi;
-yengil atletika aralash jamoaviy sport turi sifatida bo`lishi (o`g`il bolalar va qiz bolalar);
“IAAFning bolalar yengil atletikasi” dasturi maqsadining mazmuni:
Sog`liqni yaxshilashga ko`maklashish – bu barcha sport mashg`ulotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. U bolalarda o`ynash xoxishini kengayishiga, yani sog`liq darajasini uzoqroq ushlab turishiga qaratiladi. Ushbu vazifalarni bajarishda yengil atletika qulay yaratilgan bo`lib, ya`ni turli xarakterdagi o`yin va zarur bo`lgan jismoniy sifatlar talab qiladi. O`yinga bo`lgan talablarni o`sib borishi va uning turli xildagi shakillari bolalarning garmonik rivojlanishiga o`z hissasini qo`shadi.
Ijtimoiy faollik – bu qimmatli omil bolalar hayotida qiziqishni uyg`otadi.
Jamovoaviy turlarning har bir kishi o`yinlar orqali o`z hissasini qo`shadi, bolalar o`z imkoniyatlarini bilish va bir birlari bilan farqni tushinish, musobaqani oddiyligi va xavfsiz o`tkazishida bolalarga taklif qilingan musobaqalar ummumiy holda hakamlar jamoa murabbiylari muhum ro`l o`ynaydi. Bu vazifalar, ya`ni ular bajaryotgan vazifalar o`z vaxtida muhum bo`lib, ishtirokchilar o`zini sportchi sifatida his qilishni bilish.
Sarguzasht xarakteri- mativatsion kuch bo`lishi, bolalar his hayajonlarini sinab ko`rishi, shu holatta musobaqani yutishi, ya`ni o`zlari qatnashyotgan musobaqada. Tanlangan yo`l (jamoaviy musobaqa, tashkilotchilik) musobaqa yakunlangunga qadar katta taassurot beradi. Bu harakat elementlari bolalarga motivatsiya berib turadi. Bundan tashqari yengil atletikani bolalar hayoti uchun o`ta muhum tomonlari mavjud jumladan bolalarning sog`lom turmish tarzini shakillantirish bilan bir qatorda ularning javoaviylik qobilyatlarini ham shakillantirishga yordam beradi, ya`ni jamoviy hamjihatlik- bu “ IAAFning bolalalar yengil atletika” sini asosiy tamoyili hisoblanadi. Jamoaning barcha ishtirokchilari yugurish turlarida (estafetalar) o`z natijalari bilan yoki indivudal bahslarda umumiy jamoa nijalariga (har bir turda) o`z hissalarini qo`shadi. Individal tarzda ishtiroki jamoaviy natijalarga yordam beradi va har bir bolaning qiymatini oshiradi. Har bir bola barcha turlarda qatnashish kerak, ya`ni ularda ertaroq ixtisosliklarni his qilishlari uchun. Jamoalar aralash tarkibda (qoida bo`yicha 5nafar o`g`il bola va 5nafar qiz bolalar) bo`ladi. Bolalar yengil atletikasi mashg`ulotlarida albatta bolalarning yosh xususiyatlarini ham inobatga olish zarur hisoblanadi ya`ni bunda ularning Yoshi bajaradigan normativ talablariga qarab quydagi guruhlarga ajratiladi.
I.guruh: 4va5 yoshli bolalar;
II.guruh 6va7 yoshli bolalar;
III.guruh 8va 9 yoshli bolalar;
uchun musobqalar estafetali shakilda yoki shaxsiy shakilda, ya`ni ikki jamoaning ham yarmidan tashkil topgan bo`lishi kerak.
Musobaqada qatnashish uchun jamoalarni quydagicha shakillantiradi, yani ikki jamoa vakillaridan tarkib topadi. Jamoaviy tizimdan shaxsiy birinchilikka musobaqaga mos ravishta ishtirok etishi talab qilinadi.
Bolalar yengil atletikasinig jismoniy tayyorgarligi
Yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tayyorgarligi sport trenirofkasining muhum tarkibiy qisimlaridan biri hisoblanadi bu jismoniy sifatlar kuch chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlikni asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
1-spotchilar sog`lig`i darajasi va ular organizimi turli tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshrish;
2-jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
3-jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlik;
Yengil atletikachining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish uchun zarur asos hisoblanadi. U asosan quydagi vazifalarning hal etilishini taminlaydi:
1-yengil atletikachi organizimini har tomonlama rivojlantirish;
2-funksional imkoniyatlarini oshirish; 3-jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
4-salomatlik darajasini oshirish;
5-shiddatli mashg`ulot va musobaqa faoliyati yuklamalari davrida faol dam olishdan to`g`ri foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |