I BOB O’simlik to’qimalari va ularning tiplari
O‘simliklar tanasidagi asosiy to'qima tizimi - fotosintez qilish, zaxira oziq moddalarini saqlash kabi turli xil funksiyalarni bajaradi. O‘simliklardagi o‘tkazuvchi to‘qima tizimining asosiy funksiyasi tuproqdan ildiz tukchalari orqali shimib olingan suv va unda erigan mineral moddalarni ildiz va poyalar orqali fotosintez amalga oshuvchi barglarga yetkazib berish, shuningdek, barglarda fotosintez jarayoni davomida hosil bo’lgan organik moddalarni ozuq moddalar talab qilingan qismlarga yoki zaxira holida to‘planuvchi organlarga yetkazib berishdan iborat. Shuningdek, o‘tkazuvchi to‘qima o‘simlik organizmida mexanik funksiyani ham bajaradi. Qoplovchi to‘qima tizimining funksiyasi esa – o’simlikning barcha organlari ustki qismini qoplab turishdan iborat. Shunday qilib, o'simlikning ildizi, poya, barg, gul va mevalari ushbu ko‘rsatib o‘tilgan 3 turdagi to‘qimalar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, a. bir butun tizim sifatida funksiya bajaradi. Masalan, o‘tkazuvchi to‘qima orqali ildizdan barglarga va barglardan esa - butun o‘simlik organizmiga moddalar tashilishi amalga oshsa, b. asosiy to‘qimada fotosintez jarayoni amalga oshadi, c. Qoplovchi to‘qima funksiyasi orqali o‘simlikning bir butun tizim sifatida ishlashi ta’minlanadi.
O’simlikda quyidagi to’qimalar uchraydi va ular o’simlik hayotida har biri muhim vazifalarni bajaradi.
Qoplovchi to 'q im a tizimi
O'tkazuvchi to'qima tizimi
Asosiy to'qima tizimi
Qoplovchi to'qima tizimi
O'tkazuvchi to'qima tizimi
Asosiy to'qima tizimi
Qoplovchi to'qima tizimi
O'tkazuvchi to'qima tizimi
Asosiy to'qima tizimi
Boshqa tirik organizmlar kabi, o‘simliklar organizmining ham elementar tuzilish va funksional birligini hujayra tashkil qilar ekan, evolutsiya davomida o‘simliklar organizmida o‘ziga xos maxsus funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan hujayralar guruhlari shakllangan. To'qima - bu tuzilishi va funksiyasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar guruhidan tashkil topadi. O‘simlik organizmida ayrim to‘qimalaming tarkibi faqat bir xil tuzilishga ega hujayralardan tashkil topsa, ayrim to‘qimalar bir nechta tipdagi hujayralardan tashkil topadi. To'qimalar kelib chiqishi, rivojlanishi, shakli va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ham klassifikatsiya qilingan. To‘qimalar rivojlanishiga ko‘ra: embrional va doimiy to‘qimalardan iborat. Embrional to‘qimaga meristematik yoki hosil qiluvchi to‘qima deb ham yuritiladi. Embrional to‘qimadan doimiy to‘qimalar kelib chiqib, ular quyidagi-lardan iborat: qoplovchi, asosiy, mexanik va o‘tkazuvchi to‘qimalar. To‘qimalar shakliga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: parenximatik va prozinximatik. Oddiy to‘qima-shakli va funksiyasi bir xil bo'lgan hujayralar to'plamidan iborat bo‘lsa (parenxima, sklerenxima), murakkab to‘qima tarkibiga-shakli va funksiyasi har xil bo’lgan hujayralar kiradi (qoplovchi, o‘tkazuvchi to'qimalar). To'qimalar anatomofiziolo-gik xususiyatiga ko‘ra quyidagi xillarga bo’linadi:
hosil qiluvchi (embrional, meristema),
qoplovchi,
o‘tkazuvchi,
mexanik,
asosiy,
ajratuvchi,
aerenxima,
xlorenxima,
jamg‘aruvchi,
so‘ruvchi to‘qimalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |