Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagokika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 1,15 Mb.
bet10/14
Sana18.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#822584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dilrabo zari

3-rasm. Poya

Poyalarning uzun-qisqaligi ham turlicha. Ayrim o‘simliklarda ular bir necha mm bo‘lgani holda, qarag‘ayda 50 m, oq qarag‘ayda 70 m, sekvoyyadendronda 135 m, evkaliptda 150 m gacha etadi. Shuningdek, poyaning yo‘g‘onligi ham turli - tuman. Zarpechak poyasi bir necha mm, chinorniki 5-6 m, Afrikada o‘suvchi boabab daraxtiniki 10-12 m, sekvoyya dendronniki 13 m gacha bo‘ladi.


Poyasining tipi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, barcha gulli o‘sim-liklar: daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simliklarga bo‘linadi.
Daraxtlarning asosiy tanasi yaxshi rivojlangan va yog‘ochi ikkilamchi tartibda yog‘ochlanib yo‘g‘onlashgan ko‘p yillik o‘simliklardir. Shuningdek, shox-shabbasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Daraxtlarning umri ko‘pchiligida 200-300 yil bo‘lgani holda, ayrimlarida o‘nlab asrlarga etadi. Xususan, eman 1500, sarvi va savr daraxtlari 3000, boabab 5000, sekvoyyadendron ayrim manbalarda 8000 yil yashashligi ko‘rsatilgan. Tik poyali daraxtlar turli shakldagi shox-shabbalar shakllanadi va u o‘simlikning tashqi qiyofasini namoyon qiladi. Sarvi, piramidal eman, terak piramida shaklida, yong‘oq, qayrag‘och, chinor yoyiq shabba hosil qiladi. Yorug‘lik ko‘p, namlik taqchil bo‘lgan savan-nalarda yopiq shabbali daraxtlar o‘sadi.
Butalar ham ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ularning ham tanasi ikkilamchi tartibda yo‘g‘onlashgan, lekin daraxtlardan farqli ravishda tanasi bir nechta bo‘ladi. Ular yer yuzasidan boshlaboq shoxlaydi va bo‘yi 4-5 m dan oshmaydi. Bodom, siren, na’matak, zirk, uchqat butalarga misol bo‘ladi. Bo‘yi 1 m dan oshmaydigai butalar ham bo‘lib, ular butacha deb yuritiladi. Boyalish, teresken kabi O‘rta Osiyo cho‘llarida o‘sadigan o‘simliklar butachalarga misol bo‘ladi.
Chala butalar ham ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, butalardan farqi shuki, ular poyasining faqat pastki qismi yog‘ochlangan bo‘lib, yog‘ochlanmagan yuqorigi qismi qishda nobud bo‘ladi. Shuvoqning cho‘lda o‘sadigai turlari, astragal, izen chala butalarning tipik vakilidir. O‘t o‘simliklarning yer usti organi vegetatsiya davrining oxirida batamom nobud bo‘ladi. Bu guruh o‘z navbatida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklarga bo‘linadi.
Bir yillik o‘simliklar o‘z hayot siklini bir vegetatsiya davomida, ya’ni bahorda boshlab kuzda tugatadi. Bularga g‘alla ekinlari va qator madaniy o‘simliklar misol bo‘ladi.
Ikki yillik o‘simliklarning hayot sikli birinchi yili tugallanmay, ikkinchi yili ham davom etadi. Birinchi yili ular odatda, faqat to‘pbarg yoki qisqargan poya hosil qiladi. Ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi, meva tugadi va keyin nobud bo‘ladi. Sabzi, lavlagi, karam, sachratqi va ko‘pgina yovvoyi o‘tlar ikki yillik o‘simliklardir.
Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning hayot sikli bir necha yil davom etadi. Ularning er ustki qismi qishda nobud bo‘lib, qishlovchi piyozbosh, tugunak va ildizpoya-laridan bahorda qayta o‘sib chiqadi. Ularning ayrimlari o‘n yillab yashaydi (tovsag‘iz). Ko‘p yillik o‘tlarga beda, sebarga, ayrim g‘alladoshlar (suvbug‘doyiq, oqso‘xta) misol bo‘ladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish