Referat mavzu: O’zbekistonning geologik tuzilishi. Topshirdi: husanov I qabul qildi: usmonova s


O’zbekiston hududining geologik shakllanish ta’rifi



Download 0,74 Mb.
bet2/10
Sana12.01.2017
Hajmi0,74 Mb.
#255
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.1.O’zbekiston hududining geologik shakllanish ta’rifi.
O’zbekiston gealogik tuzilishi har-xil bo’lib, uning hududi asosan 2 ta katta tektonik strukturaga:

I. Tyanshan epegensen orogen.

II. Turon epigersin plitasidan iborat.

Tyanshan epigeren orogen O’zbekiston tog’li qismini egallagan va har yil katta kichik tektonik strukturalardan iborat. Ularning eng kattalari antiklinlar burmali strukturalaridir.

Asosiylari: Chotqol, Qurama, Zarafshon, Turkiston kabi strukturalar hisoblanadi. Turon epigersen plitasi respublikaning tekislik qismini egallagan bo’lib, u har xil kichik tektonik strukturalardan ko’tarilma va cho’kmalardan tashkil topgan. Bu strukturalar Gersen va alp tog’ paydo bo’lish davrlarida hosil bo’lgan, tuman katta kichik yo’nalishdagi er yoriqlari (razlomlar) bilan kesilgan.

Bu yoriqlar orqali neogendan boshlab hozir ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta’sirida turli balandlikka ko’tarilgan, ba’zilari cho’kkan bo’lib hozirgi tog’ tizmalari va ular orasida joylashgan tog’ oraliq qoldiqlari bor. Gersen tog’ paydo bo’lish jarayonida tektonik xarakatlar bilan birga vulqonlar otilgan. Vulqonik, er qobiqlari yoriqlari bo’ylab sodir bo’lgan gidrotermal va boshqa jarayonlar natijasida rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo’lgan

O’zbekiston hududi o’zining gealogik territoryasida ko’plab muhim paleotektonik va paleogeografik jarayonlarni o’tagan.

Geosinklinal sharoitida sodir bo’ladigan jarayonlar bir necha marta takrorlangan. Arxey erasi : hududda bir necha dengiz havzalari mavjud bo’lib, ularni ajratib turgan quruqliklarda teriggen, vulkanik va karbonot tog’ jinslari to’plangan. Bu tog’ jinslari arxey davrining oxiri protoerazoy davrining boshida metamarfozlashgan.

Proterazoy davrining oxirida (rifey) janubiy Tyanshan tog’lari o’rnida cho’kish jarayonlari natijasida dengiz paydo bo’lgan. Bu davrda Oloy,Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarining janubida Qoraqum-Tojikiston, shimolida esa shimoliy Qizilqum ko’riklari joylashgan yuqori reyfida O’rta Tyanshan shimolida vulqonlar otilgan.

Proterazoyning Kembriyga o’tish davrida Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o’rnidagi dengiz tektonik harakatlar natijasida chekinib uning o’rnida tog’lar hosil bo’lgan, vendning oxiriga kelib tektonik harakatlar so’nish va emirilish natijasida er yuzasi tekislangan.

Kembriyning boshlanish davriga kelib hudud yana dengiz bosa boshlaydi va O’rta Ordovikda hududning sharqiy va janubiy-sharqiy qismini dengizlar butunlay egallaydi.

Ordovik oxirlarida tog’ paydo bo’lgan jarayonlari boshlanadi va quyi devonda hududdan dengiz chekinadi. Faqat Oloy, Turkiston, Zarafshon va Xisor tizmalari o’rnida qisman saqlanib qoladi.

Bu erda dengiz o’rtasida faqat kichik orollargina mavjud bo’lgan. Ba’zi joylarda (Uchquloch, Qoramazor, Bosbaton) vulqon otilib turgan. O’rta devon va quyi Triasda tektonik harakatlar faollashadi. Shimoliy Qoratog’, Chotqol, Norin, janubiy Tyanshan va Ko’kshag’al tog’ epiplatforma geosinklinallar ular orasida platformaga nisbatan barqaror qismi Qurama- Farg’ona oraliq massivi O’zbekiston shimoliy-g’arbiy qismida Ustyurt massivi hosil bo’lgan.

Devon oxirida (Eyfel, jivit asrlarida) hamda yuqori devonning famen asrida O’rta Osiyoning katta qismini egallagan (dengizlar). Vulqonlar otilishi janubiy Tyanshan tog’larida toshko’mir davrining quyi bo’limlarida ham sodir bo’lgan.

Yuqori karbon oxiri, perm davrlarida hozirgi Oloy tizmasi, Farg’ona cho’kmasi, Ustyurt platosi, Amudaryo havzasi quyi qismlarida yana dengiz bosgan. Faqat Qoratog’, Chotqol, janubiy Tyanshanda tektonik harakatlarda sodir bo’lgan. Qorajontog’ va Qurama tizma tog’lari joylashgan hududlarda vulqonlar otilib turgan. Trias boshlanish davrida Ustyurt va janubiy farg’ona hududlarini dengiz bosgan, boshqa hududlarda esa quruqlik mavjud bo’lgan. Trias o’rtasida tekislikda asosan tekisliklar hukm surgan ba’zi joylarda supa tog’lar ko’tarilib turgan.

To’rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga ko’ra kontinental, allyuvial-prolyuvial, prolyuvial va dellyuvial bo’lib, litologik tuzilishi va qatlamining qalinligi bir xil emasligi bilan ajralib turadi. Alyuvial yotqiziqlar asosan yirik daryo vodiylarida keng tarqalgan bo’lib, konglomeratlar, shag’allar va qumlardan iborat, usti uncha qalin bo’lmagan lessimon gil jinslar bilan qoplangan. Alyuvial – prolyuvial yotqiziqlar tog’lar va tog’ oldi tekisliklaridagi daryo va soy yoyilmalarida tarqalgan va konglomeratlar, shag’allar va lessimon jinslardan tarkib topgan. Prolyuvial yotqiziqlar vaqtincha oqar suvlar olib kelgan mayda shag’allar va lessimon jinslardan iborat bo’lib, tog’ etaklarida keng tarqalgan. Delyuvial yotqiziqlar asosan lessimon jinslar bo’lib toglar yon bag’irlarida tarqalgan

O’zbekiston juda kuchli zilzilalar bo’lib turadigan Turkiston seysmoaktiv mintaqasida joylashgan. Kuchli zilzilalar tez-tez bo’lib turadi ularning kuchi 8-10 ball, zilzila manbai er yuzasida 8-40 km chuqurda joylashgan. (K.Abdulla Karimov) : Qadimgi O’zbekistonda bir qancha shaharlaridatalofatli zilzilalar bo’lib o’tgan. 838-839 yil Farg’onada, 942, 1818, 1882 yil Buxoroda, 1208-1209 yil Urganchda, 1490 yil Samarqand, 1494 yil Namanganda, 1797 yil Urgutda, 1966 yil Toshkentda.

Juda dahshatli zilzilalar kuchi 9-10 ball, masalan: 1902 yil Andijonda (50 ming yashaydigan) aholi punkitlari butunlay vayron bo’lgan 4652 kishi xalok bo’lgan, 7000 qoramol o’lgan. Hozir ham harakat qilayotgan katta tektonik bloklar shimolda Markaziy Qozog’iston qalqoni Ural-Sibir epigersin platformasida turgan plitasi, sharqda qadimgi Kembriygacha hosil bo’lgan. Tarim platformasi, janubda Hindiston platformasi orasida joylashgan. Shuning uchun qo’shni rayonlarda bo’lgan zilzilalarni seysmik to’lqinlar doimo aks etib turadi. Respublikada zilzilalar bo’lib turishiga sabab bo’ladi.

Yangi kuchli tektonik harakatlar Tyanshan orogen oblastida bo’lib turadi (o’rtacha kuchi 8 ball).

Turon plitasi, Tyanshan orogen oblastida er po’sti harakatlari bir-biri bilan boplikligi zailzilalarni Tyanshan, Turon o’rtasida seysmik faollashuvga sabab bo’ladi. Masalan : Ular o’rtasida joylashgan Toshkent (1966 yil 26 aprel) Nazarbek 1980 yil, II.XII Urganch, Toshkentda kuchli zilzilalar 100 yilda 1 marta (8 ball) 7 ball 25 yilda 1 marta, 6 ball 1 yilda bir marta. Kuchsizlari har kuni qayd etiladi. Seysmolog, geolog, gidromorfologlar kuzatishlaricha O’zbekiston va qo’shni oblastlarda zilzilalar er yoriqlari va ularning bir-biri bilan tutash joylarida bo’lib o’tgan.

Quyi va O’rta Yurada O’zbekiston hududini quruqlik sharoiti xukm surgan. Yuqori Yurada g’arbiy va janubiy Tites okeani shelf qismini egallagan.

Bu davri boshida O’rta Osiyoning g’arbiy qismida quruqliklar ko’p bo’lib, ayrim qismlarida ko’lsimon havzalar bo’lgan. Boshqa qismlari cho’kkan. Paeogen davrida O’zbekiston katta qismi dengiz ostida bo’lib cho’kindi tog’ jinslari yotqizilgan.

Paleogen dengizi ostida hosil bo’lgan tog’ jinslari (oxaktosh) topilgan chig’anoqlar O’zbekiston territoriyasida paleogen dengizning chuqurligi 200 m oshmaganligini ko’rsatadi. Paleogen davr oxirida tektonik harakatlar faollashgan, oligosenning ohirlarida dengiz butunlay chekingan, Turon plitasi vujudga kelgan. Neogen davriga kelib tektonik harakatlar faollashgan. Bu harakatlar differensial harakterga ega bo’lgan, tog’ oraliq va tog’ oldi botiqlari cho’ka boshlagan


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish