3-topshiriq: So„z birikmalari tuzing:
1) ammamning asali; 4) adirda adashmoq;
2) anorni archmoq; 5) akasi uchun asramoq;
3) anjumanga aytmoq; 6) achchiq anor.
4-topshiriq: Muzeylarning turlarini misollar bilan tushuntiring.
To„rtlik
Aql– donolarning hayot yulduzi,
Jahl kulbasiga sochmas nurini.
Jahl – nodonlarning qizigan so‗zi,
Qilichdek kesadi AQL umrini.
Uyga vazifa: Ijtimoiy tarmoqlardan sayohatga bormoqchi bo„lgan
muzeyingiz haqida bilib keling.
8-mashg„ulot. Kelajak bilimli yoshlar qo„lida
Mashg‗ulot maqsadi: Talabalarda og`zaki va yozma nutqni grammatik
topshiriqlar orqali shakllantirish.O‘z fikrlarini o‗zbek tilida to‘g‘ri namoyon
etishlariga yordam berish.Bilim kelajak mevasi ekanligi haqida tushuncha berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |