Reja:
1.
Vatan ostonadan boshlanadi.
2.
Vatanni sevmoq iymondandir.
3.
Vatanparvarlik oliy fazilat.
Yurtimizda so‗nggi yillarda misli ko‗rilmagan bunyodkorlik ishlari amalga
oshirildi. jumladan poytaxtimiz tom ma`nodagi qurilishlar maydoniga aylangan.
Yangidan-yangi inshootlar, korxonalar, tibbiyot va ta`lim muassasalari, sport
majmualari, ravon yo‗llar, ko‗priklar, mahalla guzarlari, bozorlar, bog‗lar, xiyobonlar
qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev
rahnamoligida
jadallik
bilan
davom
ettirilmoqda.
Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‗nalishidagi 2-
bosqich qurilish ishlarini ko‗zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoev bu kabi murakkab
jarayon nafaqat mablag‗, balki aqliy mehnat va yuksak mahorat, chuqur bilim va
tafakkur, yuqori texnologiyalarni talab qilishini ta`kidladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‗yida
madaniyat va istirohat bog‗i barpo etilishi rejalashtirilgan. Bu erga tashrif asnosida
Shavkat Mirziyoevga mazkur park loyihasi yuzasidan ma`lumot berildi. Ma`lum
qilinganidek, bog‗da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraktsionlar tashkil
etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho‗lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani
quriladi.
Prezident kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo‗lga qo‗yish,
Abdulla Qodiriy va Cho‗lpon ijodini yoshlarga chuqur o‗rgatish zarurligini ta`kidladi.
Aholining dam olishi uchun qulayliklar yaratish, xususan, Nuroniylar maskanida
choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklinika barpo etish
bo‗yicha ko‗rsatmalar berdi.
Prezidentimizning mana bu fikrlarini, ayniqsa yoshlarimiz yaxshi tushunib
olishi kerak:―SSSR davrida ba‘zi uylarni shunday qurganki, qilt etgan shabada
o‗tmaydi. Xadrani oladigan bo‗lsangiz, hammasi ayon bo‗ladi. Eski Jo‗va bozorini
olsangiz, uning tepasida ―smog‖, ya‘ni yerdan ko‗tariladigan bug‗lar shunday
to‗planib, qotib qoladi. Iyul, avgust oylarida qarasangiz, Eski shaharni shunday
qurum buluti bosadi. Uni yo‗q qilish uchun shabada kerak. Shabada kirishi uchun
Eski Jo‗vada ochiq joy bormi o‗zi? Hamma tomon o‗ralib qolgan bo‗lsa, aytinglar,
shabada qayerdan kiradi? Shabada bo‗lmasa agar, yashab bo‗ladimi o‗zi
O‗zbekistonda? Eski shaharda quriladigan yangi uylarda shularning barchasini
hisobga olishga harakat qilyapmiz. Imorat qurganda bir yil, ikki yil emas, yuz yil
oldinni o‗ylash kerak. Hech kimning keyin armoni qolmasin, demoqchiman.
Hammasi o‗z joyida bo‗lishi kerak. Odamlar bilan maslahat, maslahat, yana bir bor
maslahat qilib, uy qurish kerak‖
.
Do'stlaringiz bilan baham: |