Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti zubayda jumayeva


-mashg„ulot: Davrimizning global muammolari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/66
Sana21.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#153008
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
Bog'liq
o`zbek tili uslubiy qo`llanma 1

 

17-mashg„ulot: Davrimizning global muammolari 

 

Mashgulot maqsadi: Talabalarda og`zaki va yozma nutqni grammatik 

topshiriqlar orqali shakllantirish.O‘z fikrlarini o‗zbek tilida to‘g‘ri namoyon 

etishlariga yordam berish.Global muammolar haqida tushuncha berish. 

Reja: 

       1. Atrof-muhitni asrash hozirgi dolzarb vazifadir. 

       2. Global muammolar va ular echish sa‟y-harakatlari. 

       3. Orol muammosi haligacha global muammo bo„lib qolmoqda. 

 

Global  muammolar  –  umumbashariy  hayot  va  taraqqiyot  bilan  bog‗liq  hozirgi 

zamon  muammolari.  Ular  jumlasiga  jahon  termoyadro  urushining  oldini  olish, 

xalqaro  terrorchilikka  qarshi  kurash  va  barcha  xalqlar  uchun  tinchlikni  ta‘minlash; 

rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlar  o‗rtasida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot 

darajasidagi  tafovutni  bartaraf  etish,  ochlik,  qashshoqlik  va  savodsizlikni  tugatish, 

rivojlanayotgan  mamlakatlarda  aholining  tez  sur‘atlar  bilan  ko‗payayotganligini 

tartibga solish; atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; 

insoniyatni  kerakli  resurslar  –  oziq-ovqat,  sanoat  xomashyosi,  energiya  manbalari 

bilan ta‘minlash, fan va texnika taraqqiyotining salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo‗l 

qo‗ymaslik kabilar kiradi 

Ekologik  madaniyat  tarkibiga  tabiatni  muhofaza  qilish  madaniyati,  tabiat 

boyliklaridan  foydalanish  madaniyati,  ekologik  tizimni  qaytadan  o‗zgartirish 

madaniyati  ham  kiradi.  Bular  bir  kishining  yoki  hududning  vazifasi  bo‗la  olmaydi. 

Umum  insoniyat  bunday  vazifalarni  yechishga  birgalikda  kirishsagina  ekologik 

muammolar hal bo‗ladi. 

Masalan,  birgina  Orol  muammosi  bunga  yaqqol  dalil  bo‗la  oladi.  Orol 

dengizining  suvi  kamayib  ketishi  haqida  dastlabki  xavotirlar  bildirilganidan  beri 

yarim  asrdan  ortiq  vaqt  o‗tdi.  O‗zbekiston  mustaqilligi  e'lon  qilinishidan  oldingi 

yillarda  dengizning  sathi  keskin  kamayib  ketayotganligi  baralla  gapirilib,  bu 

masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. 

Buni  yodda  tuting:  Orolning  qurib  ketishi  faqatgina  uning  atrofida  joylashgan 

O‗zbekiston,  Qozog‗iston,  Turkmaniston  emas,  butun  dunyo  iqlimiga  salbiy  ta'sir 

etadi. Shuning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir.  

Inson  faoliyati  ta`sirida  biosferaning  o‗zgarishi  juda  tezlik  bilan 

bormoqda. Insoniyatning  tabiiy  jarayonlarga  ana  shunday  ta‘sirda  yoki  munosabatda 




 

 

bo‗lishi  natijasida  XX  asr  o‗rtalarida  ekologik  muammolar  juda  avj  olib  ketdi. 



Ekologik  muammo  deganda  insonning  tabiatga  ko‗rsatayotgan  ta`siri  bilan 

bog‗li  Inson sivilizasiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq 

kirib  borish  oqibatida  ahvol  tubdan  o‗zgardi.  Bugungi  kunda  ibtidoiy  sof  tabiat 

haqida gapirmasa ham bo‗ladi. Chunki  yer yuzidagi o‗rmonlar qirqildi, katta  – katta 

hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o‗zlashtirildi, dorilar bilan o‗g‗tlandi, har xil 

chiqindi  hamda  gazlar  bilan  toza  havo  va  tabiat  ifloslandi.  Bundan  tashqari  tabiatda 

toshqinlar, o‗rmon yoginlari, chang bo‗ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. 

Bularning  barchasi  tabiatning  tabiiy  muvozanatiga  putur  yetkazadi.  Dunyo  bo‗yicha 

kuzatiladigan  tabiiy,  antropogen  yoki  sof  antropogen  hodisalar  umumbashariy 

muammolar deb qaraladi.  

 

1-topshiriq. 

 Ana shunday ekologik muammolarga ba`zi bir misollarni keltirib o‗tamiz: 

 

1. "Atmosferaning dimiqishi‖ hodisasi. 



 

2. "Ozon qatlamining siyraklanishi‖ hodisasi. 

 

3. "Chuchuk suv‖ muammosi . 



 

4.  "Tirik  tabiatdagi  o‗simlik  va  hayvon  turlari  sonining  qisqarishi‖ 

muammosi. 

 

5.  "Pestisetlardan  foydalanish‖  muammosi.  Mintaqaviy  ekologik 



muammolar.  Yer  yuzasining  muayan  mintaqasi  o‗ziga  xos  tabiiy  iqlim,  ijtimoiy  – 

ekologik,  etnogirafik  xususiyatlari  uni  tabiat  bilan  inson  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqa 

munosabatlari harakterini belgilab beradi. 


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish