Ilmiy-pedagogik va malakaviy amaliyot davomida magistrantlar olib boradigan ishlar
«Magistratura to‘g‘risidagi Nizom» va Davlat ta’limi standartitalablari hamda institutning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, magistrantlar amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:
1. Institutdagi ilmiy-pedagogik amaliyot dasturi bo‘yicha barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.
2. Institut, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tajribali professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlarning sinov darslarni kuzatish va tahlil etish.
Shulardan:
Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari darslari 12-15 marta
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari darslari. 5-10 marta
3. Ixtisoslik fanlari yuzasidan kamida 2-3 ta fanlarning o‘quv dasturini tahlil etish va shu asosda “Ishchi reja” tuzishni o‘rganish.
4. Ixtisoslik fanlaridan 2 ta fan yuzasidan reyting asosida baholashni o‘rganish va tuzish.
5. Ixtisoslik bo‘yicha kamida 3 predmet yuzasidan 2 tadan ma’ruza matnlari tayyorlash. Ma’ruza matnini tuzishda Oliy ta’lim DTS talablari va yangi pedagogik texnologiyalardan qanday foydalanganligi inobatga olinadi.
6. Ixtisoslik fanlaridan 2 ta predmetdan seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasini tuzish:
Amaliy mashg‘ulot – 2 soat
Seminar mashg‘ulot – 2 soat
Laboratoriya mashg‘ulot – 2 soat
7. Akademik litsey kafedralari, ixtisoslik kafedralari va bakalavriat dekanatlari ish faoliyati, hujjatlari bilan tanishish, o‘rganish va shu asosda tahliliy xulosalar yozish.
8. Ixtisoslik fanlari yuzasidan bakalavr talabalari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ochiq-ko‘rgazmali darslar o‘tish. Shundan:
Oliy ta’limda ma’ruza – 12 soat;
Oliy ta’limda seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘uloti – 12 soat;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dars – 8 soat;
9. Oliy ta’lim va akademik litseylarda o‘qish-o‘qitishni takomillashtirish yuzasidan takliflar yozish, imkoniyatga qarab metodik tavsiyanomalarni e’lon qilish.
10. Bakalavr tizimi va akademik litsey guruh rahbarlari ish faoliyatini o‘rganish va 2 soatlik muloqat soati o‘tish.
Oliy ta’lim, akademik litsey hamda kasab-hunar kollejlarida o‘tiladigan mashg‘ulotlarning kamida 50% sinov darsi sifatida olib boriladi. Sinov darsida amaliyot rahbari, yetakchi professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda qiziqqan barcha mutaxassislar ishtirok etadi va kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, bayonnoma tuziladi.
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik amaliyoti asosan ixtisoslik kafedralarida olib boriladi. Zarurat tug‘ilganda xalq ta’limi sohasining turli muassasalarida tegishli shartnomalar asosida olib borilishi ham ko‘zda tutiladi. Hamkorlik shartnomalari amaliyot o‘tashda 1 oy oldin imzolanadi va ikki tomonlama tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |