Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


II-BOB. Jizzax viloyatidagi tarixiy obidalari tarixidan



Download 126,85 Kb.
bet16/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

II-BOB. Jizzax viloyatidagi tarixiy obidalari tarixidan.
2.1.Jizzax viloyati tarixi:
Jizzax vohasida bundan taxminan 4000 yillar ilgari ibtidoiy kishilar G’o’bdun, Molguzar,Nurota tog’ etaklaridagi soylarning bo’ylarida, Sangzor va Sirdaryo daryolarining toshqin suvlari yoqasida va ko’llar atrofida o’troq holda joylashib,oddiy yerto’la va chaylalarda yashaganlar. Ular ovchilik va chorvachilik bilan shug’illanganlar.
Jizzax qadimgi Usturushona davlat tarikibiga kirib Burnakad (Baxmal) Xarkana (G’allaorol) va Fekion (Jizzax) kabi tumanlarni o’z ichiga olgan. Jizzax vohasining qadimgi tarixini tiklash va uni fanga olib kirish akademiklari Y.G’.G’ulomov, I.M.Mo’minovlar juda katta xizmat qildilar.Akademik Y.G’ulomov 1949-yil O’zbekiston Fanlar akademiysi tomonidan tuzilgan Zarafshon ekspediyasiga boshchilik qilib, o’zining tadqiqot ishlarini Turkiston va Nurota tog tizimlari atrofida olib boradi. Bu yerda olib borilgan qazilma ishlari Jizzax tarixini o’rganishga juda katta yo’l ochidi. Arxelogik qidiruv ishlari Jizzaxning shimoliy sharqida joylashgan Tuzkon atrofida ham olib borilgan.T.Kattabekovning ma’lumotiga qaraganda, III asrning oxiriga kelib, Kushon podsholigi 15 ta mustaqil davlatga bo’linib ketadi, ulardan biri Usturishona quldorlik davlati edi, unga 18 ta viloyat qaragan. Usturushona quldorlik davlati davrida Jizzaxda ijtimoiy hayot ancha taraqqiy qiladi. Jizzaxni boshqa shaharlar bilan aloqasi ancha rivojlanadi, bu yerda hunarmandchilik tarqqiy etadi.71
Jizzax nomining kelib chiqishi tarixiy etimologiyasigan keladigan bo’lsak, bu qadimiy nom hisoblanadi. Filologiya fanlari doktor To’ra Nafasovning “ Jizzax haqiqati” ro’znomasi ( 1998-yil 1-may soni) da bayon qilishicha, Jizzax shaxri dastlab “ Dizax” deb atalgan. Markaziy Osiyoda Dizaxdegan qal’a, qishloqlar nihoyatda juda ko’p uchraydi. Somoniy va Yoqut hamda Hamaviylar tomonidan yaratilgan tarixnomlarda bitilishicha , Samarqand shaxri tegrasida Dizax birmuncha nufuzli maskan sanalgan. Zaxriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asrida Jizzaxni “ Jizax” deb tilga oladi. “Diza” so’ziga qo’shimcha harf qo’shib ,” diza-k” so’zi yasalgan, dizak-kichik qal’a, kichik qo’rg’on yoli qo’rg’oncha ma’noslarini bildirgan.72
Jizzaxning qadimgi o’rni devor bilan o’rab olingan, shahar atrofida yangi-yangi mahalla va guzarlar yuzaga kela boshlagan. Bu davrda shaharga 4 darvoza orqali kirilgan. Bu darvozalarning biri orqali Samarqandga, ikinchisi orqali Buxoroga, uchunchisi orqali Farg’ona va Andijonga, to’rtinchisi orqali Toshkentga borilgan.
Jizzax shaxri atrofida qurilgan qo’rg’on rabodlar va saroylar, yunonlar, mo’g’ullar istilosi davrida tez –tez buzilib, xarobazorga aylantirilgan. XIII asrlarning boshida mo’g’ullar istilosi davrida shahar arki buzilgan bo’lsada, ko’pgina karvonsoroylar saqlanib qolgan. Bunday rabodlar jumlasiga Jizzax shaxri atrofida joylashgan Xayrobod ( Xarrovot) ni ko’rsatsa bo’ladi.73
Somoniylar davrida Jizzaxdan Buxoro-Toshkent, Jizzax- Farg’ona,shuningdek Eron va Kavkazni Markaziy Osiyo orqali Mo’g’iliston va Xitoy bilan bog’lab turuvchi karvono’tgan.V.V. Bartold, N.Nematov, N. Nemsiva va boshqa tadqiqotchilar Zarafshon karvon yo’llarini aniqlash borasida juda katta tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu karvon yo’llari Ustrushonining yirik savdo markazi Samarqand-Jizzax-Zomin, Ustrushonaning markazi Bunjikent bilan bog’langan edi.Arxelog olim N.N.Nematov Ustrushona karvon yo’llarini anqlab, saqlanib qolgan yozma manbalar asosida Samarqand Zarafshon vohasi orqali Choch- Iloq va Xo’jandaga boradigan karvon yo’llar to’liq belgilab berilgan.74
Qaliyatepa, O’rda, Kampirravot, Tuzkon, Sayxonsoy va Taqatosh darasi, Ilon o’tdi darvozasida olib borilgan o’lkashunoslik qazilmalari Jizzax shahri va viloyat tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar olishga xizmat qildi. 1997-yil Y.G’ulomov nomidagi Samarqand qadimshunoslik institutida M.Pardaev boshliq guruh tuzilib, Jizzax shahri atrofida ilmiy- tadqiqiot qazuv ishlarini yana boshlab yuboradi. Bu arxelogik guruh hozirgi payitda viloyat hududida arxelogik yidgorliklarni hisobga olish xaritaga tushirish ishlarini olib bormoqdalar.
Arxelogik E.Qodirovning ma’lumotiga qaraganda, O’rdaga VII asrda asos solingan bo’lib, O’rda Qaliyatepadan 6 kilometr uzoqlikda, shimoliy sharqida joylashgan.Tashqi dushman saqlanishi uchun harbiy qal’a atrofida chuqur xandaq qazilib, atroflari suv bilan to’ldirilgan.Qal’a atrofi baland paxsa bilan o’rab olingan bo’lib,shahar atrofida ko’plab mahallalar ham bo’lgan. Chor qo’shinlari bosib olingunga qadar O’rda Buxoro amirligiga qarab bo’lib, Jizzax begi Ollayorxonning qarorgohi bo’lib xizmat qilgan.75 1886 – yil Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan Jizzaxni bosib olish uchun bo’lgan jang paytida O’rda butunlay yer bilan yakson qilinib, uning atroflaridagi Kulollik, Kunchilik, Zargarlik, Sovungarlik, Qalandarxona singari guzarri vayron etilgan.Jizzax IX-X asrlaradayoq Ustrushonaning 12 shaxri ichida harbiy, hududiy, iqtisodiy jihatdan eng muhim markazlardan biri sanaladi. Istahrining “ Kitobi masaluqul mamoli” ( Yo’llar va mamlakatlar), nomli asarida Jizzax haqida ma’lumot bor.
Makedoniya hukmdori Aleksandr makedoniskiy miloddan avvalgi 329- yilda O’rta Osiyoga yurish qiladi.Iskandar Baktiriyani bosib olganidan keyin qumli saxro orqali 400 stadiy ( 74 km) yo’l yurib Amudaryoni katta qiyinchiliklar bilan kechib o’tib, tez orada Nautaka ( Qarshi) Maroqand ( Samarqand ) ni istili qiladi. Iskandar Maroqandni qo’lga kiritgach, Kiropolisga hozirgi O’rttepa Jizzax oralig’idagi tog’lar orqali o’tib boradi. Bu yurishda u tog’liklardan g’alla va uchqur otlarni tortib olish uchun safdoshi Laertni yuboradi.Tog’liklar esa,kelgindilarni o’rib,qishloqdan haydab yuboradi.Iskandar g’azabga to’lib,tog’liklardan o’ch olishga buyruq beradi.Barcha tog’ atrofidagi Jizzax hududidagi manzillarda ( Ravot, Nushkent, O’ratepa) qarshilik ko’rsatganlar tor- mor etilgani uchun tog’lik xalqlardan 30 ming kishidan atigi 8 ming kishi omon qoladi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Iskandar Samarqand shahridan Jizzax shahriga qadar bo’lgan barcha hududlarni qirg’in barot urush qilish bilan istilo qildi. “ Sirdaryo tamon o’tishda ikki tog’ oralog’idagi “ Ilon o’tdi” darasida bosqinchilar bilan jizzaxliklar o’rtasida juda qattiq janglar bo’lib o’tadi. Katta kuchga ega bo’lgan Iskandar qo’shinlari Jizzax shaxrini xarobazorga aylantirib, qarshilik ko’rsatgan aholini butunlay qirib tashlaydi.76
Ayrim tarixiy manbalarda Iskandar Kiropol shahrini ishg’ol etish chog’ida yaralangani qayd etiladi. Boshqa bir manbalarda esa uning sug’diyonada ikki marta yaralangani tilga olinadi. Iskandar zulimiga qarshi butun Usturishonaning Jizzax va O’ratepa oralig’idagi yettita shaharda, jumladan Jizzaxda ham katta qo’zg’olon bo’lib o’tadi. Bunday qozg’olonlar O’smat, Zomin, G’allaorol tog’ etagidagi qishloqlarda, ayniqsa Jizzax shahrida kuchli bo’ladi. 77
Markaziy Osiyo tarixida yunon – makedon istilochilarining hukmronlik qilgan davrlari bo’sh yoritilgan, ammo maskur hududdagi xalqlarning istilochilarga qarshi asta sekin hujumga o’tganliklari shubhasizdir.Buning natijasida miloddan avvalgi II asr o’rtalariga kelib, Osiyodagi ellinistik imperiyadan avval Parfiya undan keyin Baqtriya ajralib chiqadi.
VIII asr boshlarida Zarafshon vodiysida, daryoning o’ng qirg’og’ida Buxoro bilan Samarqand o’rtasidagi hududda turklar yashar edi. Butun VIII asr davomidaMovaraunnahr aholisi arablarga qarshi kurash boshlaganda, turklar bu kurashda har safar faol ishtirok etdilar.
Qutayba 712- yilda Samarqandga yurish boshlab, 20ming kishilik avangardga boshliq qilib o’z ukasi Abdurahmonni yuboradi.Qutayba Samarqandga kelib, uni qamal qilgan paytida so’dliklar shosh podshosidan va Farg’ona hokimdan yordam so’rab elchilar yuboradilar. Ular Samarqandliklarga yordam uchun terma atriyat yuboradilar, biroq Qutayba o’z ayg’oqchilaridan atriyat kelyotganidan xabar olib bunga qarshi choralar ko’radi va atriyatni tor- mor qiladi.78
Markaziy Osiyodagi davlatlar o’rtasida birdamlik yo’qligi hukmron doiradagi boshliqlarning, o’zboshimchaligi arab xalifaligi tarkibiga Markzaiy Osiyoning ham kirishga olib keladi. Arab xalifaligi parchlanib ketgach Markaziy Osiyoda bir nechcha beklik va amirliklar tashkil topadi.Jizzax ham Samarqand bekligi tassarufiga kiradi.
XI- asr oxiri XIII boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro qirg’inbarot urushlari bo’lib turgan, bir paytida Mo’g’ulistonda ko’chmanchi chorvadorlari birlashib kuchli davlat yuzaga kela boshlaydi. Mo’g’ullarni Temuchin boshqarib turganedi. U 1206 – yilda Chingizxon nomini oladi.Markaziy Osiyo yerlarini bosib olish maqsadida Chingizxon kuchli mo’g’ul armiyasini tuzdi.79
Bu davrda Xorazimshohlar davlatida ichki nizolar avj olgan edi. Chingizxon 1219 – yil katta armiya bilan O’tror qalasi tomonga yo’l oldi. Chingizxon o’zining avvalgi harbiy yurishlarida qo’llagan talash, o’t quyish, tinch aholini qirish taktikasini Markaziy Osiyoga qo’lladi.Chingizxoning yaxshi qurollangan qo’shinlari Buxoroga yo’l olishdi. Uning yo’lida juda katta to’siqa ega bo’lgan Jizzax shahri turar edi, shahar himoyachilari bilan mo’g’il qo’shinlari o’rtasida qonli janglar bo’lib o’tdi. Chingizxon qo’shinlari bilan “Ilon o’tdi” darasi atrofida barpo qilgan harbiy qal’a Yangi qo’rg’on va Ko’kgumbaz qal’alari arofida qonli janglar bo’ldi. Mo’g’ul qo’shinlari Jizzaxga cho’l tomondan hujum qilishdan voz kechdi. Chunki ular Fors qo’shinlari Jizzaxga cho’l tomondan hujum qilib, suvsizlikdan juda katta talofat ko’rgani Iskandar qo’shinlari Spitamen tomonidan cho’lda o’lim topganini juda yaxshi bilardilar.80
Chingizxon “Ilon o’tdi” darasida to’xtab, Jizzax aholisi va qo’shinlarini osonlikcha taslim bo’lmasligini, uning atrofida mustahkam qo’rg’onlar borligini o’zining ayg’oqchilari tomonidan oldindan bilib olgan edi. U Jizzax hukmdoriga elchi yuborib, shaharliklarga o’z taklifini ma’lum qiladi. Shahar hukmdorlaridan taslim bo’lishni taklif etadi, va shaharga mahalliy xoqon qo’yishga va’da beradi. Ammo, jizzaxliklar rad etib shaharni himoya qilishlarini bildiradilar. Mo’g’ullar bilan bo’lib o’tgan jangda Jizzax askarlari katta talofat ko’rdilar. Mo’g’ul askarlari zulmidan G’allaorol va Bag’mal tumanlarida aholi ayniqsa katta zarar ko’rdi. Mo’g’ullar asirga tushgan kishilarni o’z askarlari bilan olib ketdilar. Mo’g’ullar shaharni qamal qilishda asirlardan qal’alarni olishda oldingi safda haydab bordilar.81
Temuriylar davrida Movarounnda harobazorga aylangan joylar qayta tiklandi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma “ asarida bayon qilinishicha, Amir Temur Keshda juda katta qo’shin to’plab Samarqand tomon o’z yurishini boshlab yuboradi. Temur qo’shinlari Amir Muso askarlarini Samarqand yaqinidagi Obirahmat va Siyob arig’i atrofida yengishga muvaffaq bo’ladi. Amir Temur bu g’alabani qo’lga kiritgach Toshkentda bosh ko’tarayotgan Mo’g’ul xonlarni bartaraf qilish rejasini tuzadi. Bu rejani amalga oshirish uchun Amir Temur qo’shinlari Farankent va Sagarj(hozirgi Oqdaryo tumanidagi)qishlog’ida o’z askarlariga biroz dam bergach hozirgi G’allaorol tumanidan o’tib Nurota tog’yonbag’ridagi Qorachuk qishlog’iga(hozirgi G’allaorol tumanidagi Qoratosh) kelib tushadi. Temur o’z qo’shinlariga biroz dam bergach soy bo’yi orqali Jizzaxga yo’l oladi. Sangzor daryosi atroflari, ayniqsa Baxmal qishlog’ining ob-havosi, tabiati Temurga xush keladi. O’z askarlariga bo’lajak yurushlari oldidan dam berishga qaror qiladi. 82
Bizgacha yetib kelgan afsonaga ko’ra, Amir Temur ko’p ming kishilik lashkari bilan Janubiy Osiyoga yurish qilganida hozirgi “ Ilon o’tdi “ darasidan o’tgan. O’sha vaqtida Nurota, Molguzar tog’lari tutash bo’lgan bu joydan hech kim o’ta olmagan. Faqat Amir Temur o’z qo’shinlari bilan o’tayotganda tog’ o’z o’zidan ajralib, unga yo’l ochgan. Ana shuning uchun bu joy “ Amir Temur darvozasi” deb ataladi. Amir Temur darvozasi (“ Ilon o’tdi” darasi) o’ta muhim qadam jou ekanligini u yerdagi qoyalarga o’yib yozib qoldirgan bitiklardan ham bilish mumkin. Toshga o’yib yozilgan birinchi bitik sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug’bekka ( 1394- 1447) taalluqli, Ulug’bek mo’g’ul xoni Shermuhammadxon ustidan g’alaba qozonngach, ushbu qoyaga quydagi so’zlarni yozdirgan: “Olloh taoloning yordami bilan xonlar va xalqlarni bo’ysundirgan Ulug’bek Ko’rogoniy ( xudo uni umrini ziyoda qilsin) jetlar va mo’g’ullar mamlakatiga yurish qildi va shu yerlardan hijriy 828 yilda eson-omon qaytib keldi”.83
Buxoro xoni Abdullaxonga tegishli edi. Aka –uka Boboxon va Darvishxonlar Abdullaxon hokimiyatini egallash uchun doimo harakat qilib turishgan. Ular mo’g’ul va qozoqlarga suyanch edilar. Abdullaxon bir necha yillar mobaynida Boboxon va Darvishxonga qarshi kurash olib borgan va nihoyat g’alaba qozongan. Shu g’alaba munosabati bilan Abdullaxon qoyaga o’yib yozdirgan.
XIX asr o’rtalarida xonliklarda ichki nizolar boshboshdoqlik kuchayadi. Shunday bir paytda Chor Rossiyasi uchun O’rta Osiyoni bosib olish uchun qulay vaziyat yuzaga keladi Chor Rossiyasi qo’shinlari dastlabki yurushini 1853-yilda Oqmasjid qal’asidan boshlaydi. Bunda Chor Rassiyasi qarshiliklarga uchraydi. Toshkentga Qo’qondan tajribali lashkarboshi Alimquli 6ming qo’shin bilan madadga yetib kelishi toshkentlilarni ruhini ko’taradi. Rus qo’shinlari shahar himoyachilarining qarshiligiga bardosh beraolmay chekinishga majbur bo’ladilar. Bu g’alabani shahar ahli shod-u xurramlik bilan kutib oladi”Tarixi jadidi Toshkent” asarida bu haqida aytib o’tilgan. 84
Chor Rossiyasi qo’shinlari muhim stratigeg ahamiyatga ega bo’lgan Jizzax shahrini va uyezdini bosib olishga ham bir necha marotaba harakat qiladi. 1866-yili 7-iyunda ruz qo’shinlari Jizzax shahriga general Chernayayev boshchiligida bostirib kiradi. Bosqinchi rus qo’shinlari bilan jizzaxlik himoyachilar o’rtasida qonli janglar bo’lib o’tadi. Jang nihoyatda dahshatli, shahar himoyachilari kelgindilarni shahardan uloqtirib tashlashga muvaffaq bo’ladilar. Jang paytida shahar himoyachilaridan 1200 kishi halok bo’ladi. Rus askarlari ham katta talofat ko’radilar. General Cherniyayev Jizzax shahrining qahramon himoyachilaridan qonli uch olish uchun Jizzax shahrini qayta qamal qilishga harakat qiladi.chor qo’shini qomondonligi Jizzax shahriga o’z ayg’oqchilarini yuborib stratigeg yo’llarini o’rganishga harakat qiladi va Jizzaxni mavh etishda ulardan ustalik bilan foydalanadi.85
Jizzax shahrini himoya qilishda qatnashgan amir qo’shinlarini muntazam mashq ko’rgan chor qo’shinlarining zarbasiga bardosh beraolmay taslim bo’lishga majbur bo’ldi. Jizzax shahri uchun 18-oktyabrda bo’lib o’tgan jangda 8ming kishi, mahalliy aholidan 7ming kishi halok bo’ldi, 2mingga yaqin kishi asir olindi. Chor qo’shinlari tomonidan 1600 askar va ofitser halok bo’ldi. Shunday qilib Chor rossiyasi Jizzaxni bosib oldi.
Butun tarix davomida Jizzax vohasi turli-xil istilochilar tomonidan vayron etildi. Mustamlakachilar o’zlarining qabih siyosatlarini o’tkazishda mahalliy boy va mullalardan foydalanish uchun ularni quyi ma’muriy boshqarmalarga tayinlash yo’li bilan xalqni ekspulatatsiya qilishda ustalik bilan foydalanar edilar. Qishloq oqsoqollari, ellikboshi, mingboshilar hamda mahalliy qozilar “saylanar”edi. Volost boshqarmalari va boshqa mahalliy idoralar chorizim siyosatini o’tkazuvchi mahalliy muassasa bo’lib xizmat qilardi. Ular mahalliy xalqni tutqinlikda tutishda, ekpulatatsiya qilishda jonbozlik ko’rsatar edi. Volost hokimlari, oqsoqollar, ellikboshilar, mingboshilar va qozilar xalqni ayovsiz talab, zuravonlik va talo-taroj qildilar. Mustamlakachi ma’murlarning xizmatkorlari sifatida ish yuritdilar.86
Volost hokimlari, qishloq oqsoqollari va qozilari hamisha boy tabaqadagi kishilarni qo’llab-quvvatlar, hech vaqt kambag’allarni qo’llab-quvvatlamas edilar. Turkiston o’lkasining boshqa joylarida bo’lganidek, Jizzax uyezdida ham, “saylovlar”da faqat badavlat kishilar volost hokimi, qozi, mingboshi, ellikboshi, yoki oqsoqol bo’lib olar edi. Masalan, 1887-yilda O’zbek, Yangiqo’g’on, Zomin, Bog’dod volostlari hokimligiga juda katta mol-mulkka, yerga ega bo’lgan Eshbek To’ratboyev, Tosh Muhammadiyorov, Yo’ldosh Qarshiboyev va Hasan Tog’aymurodovlar “saylangan” edilar.87Yunon solnomachilari Kiropol va Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo shahrning oʻrnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oraligʻida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimgi Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sugʻdiycha "Dizak" ("qalʼacha") soʻzi bilan bogʻlaydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qadimgi karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyoxlaridan Ibn Havqbal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.Jizzax IX–X asrlarda somoniylar, XI–XIII asr boshida qoraxoniylar, Xorazm shohlar davlati, XIV–XV asrlarda temuriylar davlati, XVI- XVIII asr 1-yarmida Buxoro xonligi, XVIII asr 2-yarmidan 1866 yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. XVI-XVII asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. XIX-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. XIX-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar XVI-XIX asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866 yil 12–18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan.88
Oʻrda, Bobo Yak, Qaliyatepa, Nuriddin Hoji madrasasi kabi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.Jizzaxda Ya.Gʻ. Gʻulomov (1951, 1960-61), H. Muhamedov (1956–59), M. Aminjonova (1964), S. Rahimov (1966–70), R. A. Badaxov (1980), Oʻ. Alimov (1982–84) va b. arxeologik qazishlar olib borganlar. Jizzax hududidagi Uchtepa mavzesidagi 3–4-asrlarga oid mozortepalardan turli sopol parchalari, tangalar topildi. Jizzax yaqinida 1955 yil Ya. Gʻ. Gʻulomov jez davriga oid tosh kursini topgan.Jizzaxdan koʻpgina mashhur kishilar: davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov, shoir Hamid Olimjon, adib Sarvar Azimov, Oʻzbekiston xalq artisti Xosiyat Azimova, 1941–45 yillar urushi qaxramonlari J. Toʻrayev, Ye.I. Ivanin, G.M. Gubarkov, Mehnat Qahramoni B. Pirmatov va b. yetishib chiqqan. Shaharda "Jizzax ovozi" gaz. muntazam nashr etiladi (adadi 2000).

Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish