Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 421 Kb.
bet1/18
Sana08.07.2022
Hajmi421 Kb.
#756056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabi
мавзулар MBDM, Кува тумани Муаммо ва таклиф, Документ Microsoft Word, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо (1), 2 5233544377481043273, 4-mavzu (3), 2 5280751694471235194[1], bekzod, Sherzodbek, курс ишига титул[3], Davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo\'llari, 5 mavzu, Akramov1, Маъруза 18






O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
‹‹Biologiya o'qitish metodikasi›› yo'nalishi
II- kurs 201-guruh talabasi
SAIDQULOVA FERUZA ISOMIDDIN QIZIning
" O'zbekistonda tarqalgan noyob baliqlar va ularning
bioekologiyasi" mavzusida yozgan





Qabul qildi: Mahammadiyev D
Topshiruvchi : Saidqulova F
Jizzax- 2020
Mavzu: O'zbekistonda tarqalgan noyob
baliqlar va ularning bioekologiyasi
REJA :


KIRISH


I.BOB. RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALGAN NOYOB BALIQLAR

1.1. Respublikamizdagi noyob baliqlarning umumiy tavsifi.


1.2. Respublikamizda tarqalgan noyob - karpsimon baliqlarning sistematikasi.
1.3. Respublikamizda tarqalgan baliqlarning iqtisodiy va xo'jalikdagi ahamiyati.
1.4.Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi


II.BOB. O'ZBEKISTON "QIZIL KITOB"IGA KIRITILGAN VA IQLIMLASHTIRILGAN NOYOB BALIQLAR

2.1. O‘zbekiston ―Qizil kitobiga kiritilgan noyob baliqlar tavsifi.


2.2.Respublikamizga iqlimlashtirilgan baliqlar tavsifi.


XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxtid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ona tabiatimizga bo'layotgan munosabatlar to'la bayon qilingan.
“Ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e'tiborga molikdir” deb ko'rsatib o'tgan edi hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov.
"Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsad mamlakatimizni yanada rivojlantirish,xalqimiz turmush faoliyatini yuksaltirishga qaratilgan" deya ta'kidlab o'tgan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.
Xalqimiz “Baliqchilik-yetti xazinaning biri” deb bejiz aytmagan. Qolaversa, “Luqmai halol” hisoblangan baliq inson sog'ligi uchun nihoyatda foydali. Tabiiy me'yorlarga ko'ra inson organizmi sog'lom rivojlanishi uchun uning kundalik ozuqasi tarkibida 10 g dan 50 g gacha baliq mahsuloti bo'lishi kerak. Shu bois mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, dasturxon to'kinligini ta'minlash, salomatligini mustaxkamlash maqsadida baliq va baliq mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan respublikamizda baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha 2009—2011-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar Dasturida tog'oldi va tog'li hududlarda xonbaliqchilikni (sovuq suv akvakuliturasini) va pasttekislik hududlarda esa iliq suvda rivojlanadigan baliqlar akvakuliturasini rivojlantirishga doir vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, ko'l, hovuz va suv omborlarida savatlar qo'yish usulida hamda daryo va kanallar bo'yi basseynlarida baliq etishtirish yaxshi samara beradi. Shu bois keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.Qisqa qilib aytganda, mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirish borasida talaygina imkoniyatlar mavjud. Ana shu imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalana olsak, xalqimizning baliq va baliq maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, balki qo'shni mamlakatlarga eksport qilish imkoni ham tug'iladi.
O'zbekiston tabiati, jumladan hayvonot dunyosi xilma xil bo'lib, baliqlar barcha suv muhitini egallagan va son jihatidan umurtqalilar ichida yuqori o'rinda turadi. Respublikamiz daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta'siriga uchramoqda. Sug'oriladigan xududlarda suv tabiatining bebaho in'omidir. Butun hayot suv bilan bog'liq. Suv tamom bo'lgan joyda hayot ham tugaydi. Shunday bo'lsada, Mamlakatimiz Osiyoda suv zahiralari juda cheklangan. Yiliga 780 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 363 kub klometr suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbalaridir. Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligida Orol dengizi havzasining barcha suv zaxiralaridan to'la-to'kis foydalanilmoqda. Orol dengizida maqbul hayotiy shart –sharoitlarning yaratish maqsadida bu erlarga suvning o'tishini ta'minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi suv havzasining cheklangan suv zaxiralarini birgalashib kelishgan holda boshqarish muammosini amaliy hal qilish talab etiladi. Suv zahiralarining sifati eng muxim muammolardan biridir. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya, gigiena, sanitariya va epizootologiya xolatlarini yomonlashtirmoqda. Daryo suvlari tarkibida tuzlarning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho'rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo'shimcha meliorasiya ishlarini amalga oshirishda zarur tizimlarini barpo etish va tuproq sho'rini yuvishda yaqqol sezilmoqda. Aholi punkitlarini odatdagi vodoprod suvi bilan ta'minlash ko'rsatkichi besh yillikning o'zida 1,5 barobar ortdi. Xalqimizning baliq maxsulotlariga bo'lgan talabi tabiiy suv havzalari, suniy xovuzlarda baliq etishtirish (akvakulitura) hamda import orqali qondiriladi.
Mamlakatimizdagi tabiiy suv havzalarida baliq etishtirish imkoniyati nihoyat darajada kam. Chunki, O'zbekiston ulkan suv manbalari – dengizlarga ega emas. Hozirgi paytda Orol dengizi baliqchilik uchun ahamiyatini batamom yo'qotgan. Dengiz va okeanlarning yurtimizdan juda uzoqligi bois chetdan baliq olib kelish juda katta xarajat talab qiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida import arzon baliq turlarini emas, balki qayta ishlangan qimmat baliq turlarini olib kelishga qaratilgan. Bundan tashqari, asosiy e'tibor, import qilingan baliq asosan muzlatilgan dengiz baliqlaridan iborat. Bu shundan dalolat beradiki, chuchuk suv balig'i, tirik va yangi tutilgan baliqni import qilib bo'lmaydi.
O’zbekiston xududida 600 dan ziyodroq daryolar bor. Bu daryolarning qariyb hammasi Tojikiston va Qirg'izistondagi baland tog'lardan boshlanadi. Bulardan eng yirigi hisoblangan Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi, qolganlari esa mana shu ikki ulkan daryoning irmoqlari hisoblanadi. Shunisi ham borki, mazkur irmoq suvlarining ko'pchiligi Amudaryo bilan Sirdaryoga etib kelmay, ekinzorlarni sug'orish uchun sarf bo'ladi. Bunday tashqari, O’zbekistonda 200 dan ortiq ko'l bo'lib, ular 52 ming gektardan ortiq maydonni ishg'ol etadi. Mana shu ko'llarning ko'pchiligida kelajakda yana ham ko'proq baliq o'stirsa bo'ladi. Hozirgi vaqtda har yili juda ko'plab baliq tutilmoqda. Baliq ovlash xo'jaliklari soni yil sayin oshirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur ko'llar baliqchiligi yaxshilanib yaqin vaqt ichida ularga baliq o'stirishdagi migrasiya ishlari o'tkaziladi. Qoraqalpog'iston hamda Farg'ona vodiysi ko'llarida iste'mol uchun baliq etishtiriladigan xo'jaliklar tashkil etish mumkin, bu esa baliq mahsulotini so'zsiz oshiradi. Keyingi yilda Markaziy Osiyo, ayniqsa O’zbekistonda baliqlarning bir qator iqlimlashtirilgan turlaridan materiallar sifatida foydalanish yo'lga qo'yilgan. Bu xildagi baliqlar (oq amur, xumbosh) kabilar asosan suv o'simliklari bilan oziqlanadi, sug'orish kanallarini o't bosishdan saqlaydi. Shuning uchun ular baliqchilik xo'jaliklarida maxsus ko'paytirilmoqda. Hozirgi vaqtda baliqlarning 25 mingga yaqin turi (polentalogiya turlari bilan birga) ma'lum bo'lib, 600 ga yaqin turlar chuchuk suvlarda yashaydigan o'tkinchi baliqlar turlaridir. 70 dan ortiq turi esa O’zbekiston suv havzalarida tarqalgan.



Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti