Asosiy adabiyotlar
1. Александров А.Ю. “Международний туризм” Учебник. М. Аспект пресс 2002.
2. O.Sh. Ismailov Turizm biznesi va menejmenti O’quv qo’llanma Toshkent, 2011.
3. Aliyeva M. va boshqalar. “Xalqaro turizm” Toshkent”. 2011.
4. М.Р.Усмонов “Туризм географияси” Ўқув қўлланма. Самарқанд - СамДУ - 2019 йил.
5. Yakubov O’, Vahobov X, Rekreatsion geografiya asoslari. O’quv qo’llanma. T., 2012 yil.
10 - MAVZU: (2 soat) TURISTIK BOZORNI SEGMENTLASH. TURIZM TURLARI VA TURIZM DESTINATSIYASI.
Reja:
Turizm bozor funktsiyalari
Turistik bozorning amal qilish mexanizmi
Turoperatorlar va turagentlar.
“Turizm destinatsiyasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari
Tayanch tushuncha va iboralar: Turizm, turistik bozor, turoperatorlar va turagentlar, turizm turlari, turizmni rivojlantirish, Turizm destinatsiyasi.
Turizm bozori bu turistik - sayohat xizmatlarini pulga aylanishi va aksincha, pulni turistik - sayohat xizmatlariga aylanish jarayonini amalga oshiriladigan jahon xo’jaligi aloqalari tizimi bo’lib hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, turistik bozor – bu turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ko’rinish sohasidir, agar turistik mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni iqtisodiy manfaatlari bir-biriga mos kelsa, unda turistik mahsulot oldi-sotdi jarayoni amalga oshiriladi.
Bozor ko’pgina funktsiyalarni amalga oshiradi: informatsion (ma’lumot, axborot), vositachilik tartibga soluvchi, narxni shakllantiruvchi, rag’batlantiruvchi, yaratuvchi - vayron qiluvchi differentsialovchi va h.k. shular jumlasidandir. Turistik bozorning asosiy funktsiyalari sifatida qo’yidagilarni ko’rsatish mumkin:
Turistik mahsulotda shakllangan qiymat va iste’mol qiymatini realizatsiya qilish;
Turistik mahsulot iste’molchiga (turistga) yetkazib berishni tashkil etish;
Mehnatni moddiy rag’batlantirishni iqtisodiy ta’minoti.
Turistik bozor tomonidan birinchi funktsiyani bajarish jarayonida pul – turistik mahsulot ayirboshlash vositasida aks etuvchi qiymat harakat amalga oshadi.
Mazkur ayirboshlashning yakuni bo’lib turistik mahsulotda shakllangan tovar-pul munosabatlari xarakatini tugallanganligini va uni iste’mol qiymatini jamiyat tomonidan tan olinganligidan dalolat beradi. Natijada, ijtimoiy kengaytirilgan takror ishlab chiqarish me’yori ta’minlanadi, turistik industriyani rivojlantirish uchun pul mablag’lari hosil bo’ladi va yig’iladi.
Turistik mahsulotni iste’molchigacha yetkazish jarayonini tashkil etish funktsiyasi uni realizatsiya qilish bo’yicha turoperatorlar va turagentlar tarmog’ini tashkil etish orqali amalga oshiridi. Mehnatni moddiy rag’batlantirishni iqtisodiy ta’minoti funktsiyasi shundan iboratki, turistik bozordagi “pul-turistik maxsulot” ayirboshlash jarayonida taqsimot takror ishlab chiqarishni zaruriy fazosi sifatida tugallangan ko’rinishida yuzaga chiqadi.
O’z mehnati uchun aniq foyda oluvchi turistik firma hodimlarida sifatni oshirishga va turistik mahsulot miqdorini ko’paytirish hamda, uni iste’molchi talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni moddiy rag’batlantirishga xarakat qiladi. Turistik bozor sub’eklarning mavjudligi bilan tavsiflanadi, ya’ni turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchilari va iste’mollari bo’lib hisoblanuvchi huquqiy hamda jismoniy shaxslar. Turistik bozorni uch sub’ektini ajratib ko’rsatish mumkin: jumladan turistlarning o’zlari (turmahsulot iste’molchilari), turoperatorlar va turagentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |