9 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari 1. ………... - bu guruhdagi omillar dunyo mamlakatlari va mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti rekreatsion talab hajmining ortishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi va rekreatsion oqim ko’rsatkichlarini belgilab beradi.
A) Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi
B) Rekreatsion resurslar omili guruhi
V) Infrastruktura omili
G) Mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi omili
2. ………... - bu guruhda rekreatsion resurslarning kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va antropogen resurslar ekanligi, ular tarkibi, zahirasi va rekreantlarni o’ziga jalb etish darajasi kiradi va ular orasida rekreatsion sig’im asosiy rol’ o’ynaydi.
A) Rekreatsion resurslar omili guruhi
B) Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi
V) Infrastruktura omili
G) Mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi omili
3. ………... - bu omilning tarkibiy qismlariga rekreatsion rayonlarga nisbatan mamlakatning joylashuvi va transport tarmoqlarining qulay shakllanganligi kiradi.
A) Mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi omili
B) Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi
V) Infrastruktura omili
G) Rekreatsion resurslar omili guruhi
4. Keyingi vaqtlarda G’arbiy Yevropaning xalqaro turizmdagi ulushi pasaymoqda. Bu mintaqa 1970 yillarda xorijiy sayyohlarning necha foizini qabul qilgan va daromadining qiymati shuncha monand ravishda 62 foizni tashkil etgan.
A) 68 foizini qabul qilgan
B) 74 foizini qabul qilgan
V) 79 foizini qabul qilgan
G) 82 foizini qabul qilgan
5. Turizm yoki rekreatsion jarayonlar rivojlangan dunyo mamlakatlarining 20 tasidan 13 tasi Yevropa davlatlari, keluvchi yevropaliklar ulushi yuqori bo’lgan 20 ta davlatning ham nechtasi Yevropa mamlakatlaridir.
A) 12 tasi Yevropa mamlakatlaridir
B) 18 tasi Yevropa mamlakatlaridir
V) 19 tasi Yevropa mamlakatlaridir
G) 25 tasi Yevropa mamlakatlaridir
6. Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan 1990 yil Yevropa turizmi yili ekanligi e’lon qilingan edi.
A) 1990 yil
B) 1999 yil
V) 2001 yil
G) 2004 yil
7. Hozirgi kunda jahonda tashkil etilgan har 7 ishchi o’rindan biri turistik biznesga to‘g‘ri keladi.
A) 7 ishchi o’rindan biri
B) 11 ishchi o’rindan biri
V) 14 ishchi o’rindan biri
G) 18 ishchi o’rindan biri
8. Butunjahon turizm tashkiloti qachon tashkil topdi.
A) 1975 yilda
B) 1965 yilda
V) 1945 yilda
G) 1985 yilda
9. Zamonaviy turizmning boshlanish davrini belgilang.
A) XX asrning 2-yarmi
B) XX asrning 50-yillari
V) XIX asrning 2-yarmi
G) XIX asrning 40-yillari
10. Iqlim omillari, buloqlar, malhamli balchiqlar kabi omillarga ko‘ra farq qiladigan rekreatsiya vazifasini belgilang.
A) Davolanish va kurort rekreatsiyasi
B) Sog‘lomlashtirish va sport rekreatsiyasi
V) Yo‘nalishli turizm
G) Hamma javoblar to‘g’ri