Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning o’rniga baho bering.
Ayni paytdagi turistlar oqimining alohida mintaqalar bo’yicha harakati haqida nimalarni bilasiz?
Mamlakatimizdagi nechta shahar dunyo miqyosidagi turistik shaharlar sifatida tan olingan.
O’zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko’plab tarixiy va madaniy arxitektura yodgorliklari haqida tushunchangiz?
O’zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar maqsadlari bo’yicha bo’yich ma’lumot bering.
“Buyuk ipak yo’li” sayyohlik yo’nalishida haqida ma’lumotlar bering .
16 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari
1. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilga borib jahon bo’yicha sayyohlarning soni 1018 mln kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. Shuningdek, 2020 yilda xalqaro turizmi orqali olinayotgan daromad necha trln. AQSH dollariga yetishi mumkin.
A) 2 trln AQSH dollariga
B) 3 trln AQSH dollariga
V) 4 trln AQSH dollariga
G) 5 trln AQSH dollariga
2. Ayni paytdagi turistlar oqimi alohida mintaqalar bo’yicha o’rganiladigan bo’lsa, xalqaro turistik yo’nalishlarning o’rtacha necha foizi Yevropa hissasiga, necha foizi Amerikaga, 6.2 foizi Osiyo mamlakatlariga va qolgan 8.8 foizi qismi esa boshqa mintaqalar zimmasiga to’g’ri keladi.
A) 65 foizi Yevropa, 20 foizi Amerikaga
B) 75 foizi Yevropa, 26 foizi Amerikaga
V) 85 foizi Yevropa, 29 foizi Amerikaga
G) 90 foizi Yevropa, 35 foizi Amerikaga
3. Mamlakatimizdagi nechta shahar dunyo miqyosidagi turistik shaharlar sifatida tan olingan.
A) 11 ta shahar
B) 14 ta shahar
V) 19 ta shahar
G) 22 ta shahar
4. Mamlakatimizdagi Mavjud tarixiy, madaniy yodgorliklar soni nechtadan ortiq bo’lib, bugungi kunda ularning atigi 150 tasiga sayyohlarni qabul qilinmoqda, holos.
A) 2600 tadan ortiq
B) 2300 tadan ortiq
V) 2100 tadan ortiq
G) 2900 tadan ortiq
5. Turistik imkoniyatlar inobatga olingan holda, kelayotgan turistlar oqimining 40 foizidan ortiq qismi qaysi shaharlarga tashrif buyurishadi.
A) Samarqand, Buhoro va Xorazmga
B) Samarqand, Jizzax va Sirdaryoga
V) Samarqand, Toshkent va Fargonaga
G) Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo
6. O’zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko’plab tarixiy va madaniy arxitektura yodgorliklari mavjud, mana shu bebaho merosimizning bugungi kunda nechta ta ob’ekti YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob’ektlar ro’yxatiga kiritilgan.
A) 140 ta ob’ekti
B) 160 ta ob’ekti
V) 170 ta ob’ekti
G) 180 ta ob’ekti
7. 2017 yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar maqsadlari bo’yicha taxlil qilinganda: nechta ming kishi (84,7%) qarindoshlarni yo’qlash maqsadida,
A) 2272,3 ming kishi
B) 2372,3 ming kishi
V) 2472,3 ming kishi
G) 2572,3 ming kishi
8. 2017 yilda xorijlik tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi uzoq xorijiy mamlakatlar orasida qaysi davlatga to’g’ri keladi (55,2 ming kishi).
A) Turkiyaga
B) Koreyaga
V) Xitoyga
G) Germaniya
9. 2017 yilda xorijlik tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi uzoq xorijiy mamlakatlar orasida qaysi davlatga to’g’ri keladi (37,4 ming kishi).
A) Koreyaga
B) Turkiyaga
V) Germaniya
G) Xitoyga
10. l877- yili mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o’zining “Xitoy” nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog’lovchi yo’llar tizimini nima deb atagan.
A) Ipak yo’li
B) Tranzit
V) Magistral
G) Xalqaro
Do'stlaringiz bilan baham: |