Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet65/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Asosiy vosita resurslari ishlab chiqarishning birinchi omili hisob-lanib, unga turli inshootlar, jihozlar kiradi, ulardan mehnat faoliyati orqali foydalaniladi.
Asosiy vosita elementlari tasnifi mutaxasislar tomonidan quyidagicha belgilangan: asosiy binolar: otellar, bar, restoran, klub va b. 
yordamchi binolar: garaj, isitish sistemasi va b. 
inshoot va qo’rilmalar: yo’llar, turistik poezdlar, sport maydonlari va b. 
o’tkazgich qo’rilmalari: elektroo’tkazgichlar, quvurlar va b. 
mashina va jihozlar: transfarmator, kompyuter va b. 
transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va b. 
Turizm salmog’ining yuqoriligi iqtisodiy tomondan daromatning oshishiga, yangi ish o’rinlarini yaratilishiga hamda kichik biznesni rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Turistik mamlakatlarda 50 foizdan ortiq mehnatga yaroqli aholi turizm sohasi bilan to’g’ridan – to’g’ri yoki bilvosita bog’langan. Agarda ularda turistlar kelishi qaysidir sababga ko’ra kamaysa, ishsizlar soni ortib boradi.
Turizm sohasida miqdor jihatdan tahlil qilishdan tashqari, bandlikning sifat jihatdan tahlili ham mavjud. Ma’lumki turizmda asosan past malakali ishchilar, ya’ni xizmatchilar, yuk tashuvchilar, ofitsiantlar ishlashadi. Bular bilan birga yuqori malakali gid – tarjimon, bosh oshpaz, menejerlar ham ishlashadi. Albatta bu sohani ham yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Turizmda band ishchilarning jinsiy tahlili ham ahamiyatga ega bo’lib, mehmonxona xo’jaligida ayol ishchilarning ulushi 50 foizdan ortiq. 
4. Turistik axborot resurslari
Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko’rishda turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Mutaxassislar turistik axborot resurslariga turistik marshrutda joylashgan hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega ob’ektlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritishadi. Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari ularga bog’liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, haritalar, tasviriy albomlar, rasmlar, audio-video mahsulotlar-ni ham kiritishadi. Ko’pgina shaharlarda turistik axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi, ular iste’molchilarga barcha ma’lumotlarni yetkazib berishadi.
Umuman olganda, hozirgi kunda turistlar uchun ma’lumot asosiy o’rinni egallaydi. Chunki turist borayotgan joyi haqida qancha ko’p bilsa, sayohatini samarali o’tkazadi. Albatta har qanday turist ma’lum vaqt oralig’ida iloji boricha ko’proq joylarga borishga harakat qiladi. Buning uchun u albatta ma’lumotlarga yetarli darajada ega bo’lishi kerak.
Infrastrukturaviy resurs sifatida qo’yidagi guruhlarni o’z ichiga oladi: transport ta’minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, suvener mahsulotlari ishlab chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infrastrukturasini jadallashuvisiz ko’rish mumkin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishda bu resurslarning o’rni benihoya katta.
Axborot beruvchi resurslarga Internet tarmog’i, adabiy va tasviriy nashrlar hamda xalq etnoslari, afsonalari ham kiradi. Axborot tashuvchilar moddiy ob’ektlar – inson va uning ijodlari, nomoddiy ob’ektlar – turli axborot manbalari hisoblanadi. Diniy turizmda moddiy ob’ektlar bo’lib, monax va dindorlar, ekskursiya olib boruvchilar, hamda diniy markaz va shaharlarning sur’ati, haritasi, sxemalari hisoblanadi.
Shuni qayd qilish kerakki, turistlar nafaqatgina noyob ibodatxonalarni, piramidalarni, boshqa qo’lda yasalgan yodgorliklarni, balki zamonaviylikka erishilgan yig’ma avtomabil zavodlarining konveerlari, turistlar tomonidan qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qilinadigan degustatsiya zallari (masalan, Janubiy Afrikadagi Keyptaunda mahalliy vino zavodlarida o’zining vino tayyorlash texnologiyasi bilan tayyorlanadigan vinolar «Vinoli yo’l» ekskursiyasi orqali taqdim etiladi) va kolbasa zavodlari, pivo pishirish sexlari, shaxtalar, gidrotexnik qurilmalar va xatto gospitallar ham turistlar tomonidan ijobiy ko’tib olinmoqda.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish