tuproqlar sharoitida barcha o‘rganilgan navlarning fiziologik faollik va moslashish darajasiga
sho‘rlanishning salbiy ta’siri kuzatildi. Navlar doirasida bunday salbiy ta’sir kuchi Starshina,
Krasnodarskaya-99, Grom va Antonina navlarida kamroq bo‘lishi tajribalar davomida qayd
etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ’yxati:
1. Кузнецов Вл.В. Физиология растений / Вл. В. Кузнецов, Г. А. Дмитриева. - М.:
Высшая школа, 2006. - 742 с.
2. Азимов М.Л. Некоторые биохимические особенности устойчивых к NaCL
растений картофеля
ин витро
и
ин виво:
дис. ... канд. биол. наук: 03.01.04 /.
- Душанбе,
2013. -100 с.
3. Dejic Z. Salt Stress: Physiology and Molecular Biology of Stress Tolerance in Plant /
Z. Dejic. - Bordrecht: Kluwer, 2006. - P. 41-101.
CHUM OLI IJT IM O IY MAVJUDOT
Usanov U.N., M urodova E.A.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Chum olilar (lot.
Formicidae)
— pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi.
Chumolilar dunyodagi eng keng tarqalgan hasharotlardan biridir. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra,
bu oilaga 12,400 dan ortiq turlar kiradi, ularda 4500 dan oshiq kichik turlari mavjud. Ammo
bu raqam yakuniy emas va doimiy ravishda o'sib bormoqda. Biologik nuqtai nazardan,
chumolilar hymenopteranlar. Ularning o'lchamlari turga qarab farq qiladi. Bu koloniyalarda
yashaydigan ijtimoiy hasharotlar. Chumolilarni o’rgangan olimlarning qayd etishlaricha, ular
ham xuddi odamlarga o’xshaydi. Masalan, chumolilarni bankaga qamab, yaxshi oziqlantirilsa
ham, oradan ma'lum bir vaqt o’tgach, ular nobud bo’ladi. Sababi, ular oila a'zolarini
qumsaydi, yolg’izlikka dosh bera olmaydi va o’zlarini
keraksiz, deb his etadi. "Chumoli —
ijtimoiy mavjudot, jamoadan tashqarida u hayot kechira olmaydi", - deydi rossiyalik
entomolog Yuriy Raskevich.[1]
Chumolilar ham asalarilar singari oila bo‘lib yashaydigan pardaqanotlilardir. Ular qorin
bo‘limining ikki bo‘g‘imli ingichka bel orqali ko‘krakka qo‘shilishi, boshining yirik va
jag‘larining kuchli rivojlanganligi bilan boshqa pardaqanotlilardan farq qiladi. Chumolilar
oilasi bir necha ming , hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko‘p minglab
ishchi
chumolilar, qanotli o‘nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo‘ladi. Erkak chumoli
faqat ko‘payish davrida paydo bo‘lib, urug‘lanishdan so‘ng o‘lib ketadi. Ishchi chumoli jinsiy
organlari rivojlanmagan urg‘ochilardan iborat. Ona chumoli urchish davrida paydo bo‘ladi;
urchishdan so‘ng qanotini tashlab, tuxum qo‘ya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi
chumoli oilani oziq bilan ta’minlaydi, uyani qo‘riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni
saqlaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi.[2]
Chumoli polimorfizmining boshqarilishi urg‘ochilarining har xil kattalikda tuxumlar
qo‘yishi, lichinkalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi, lichinkalarni
oziqlantiruvchi
boshchi chumolining fiziologik holati yoki xatti-harakati va boshqa omillar bilan bog‘liq.
Chumolining yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar
va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo‘yuvchi
urg‘ochisi bilan ishchi chumolilar o‘rtasida kimyoviy sezgi orqali bog‘lanish borligi katta
29
ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayrim oilalarning o ‘zlari oziqlanadigan joylari bo‘ladi. Bir qancha chumolilar turlari bir
necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o‘zaro individlar va oziq moddalar
almashinib turishadi; birgalikda o ‘zlariga tegishli hududni qo‘riqlashadi.[3]
Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yog‘ochxo‘r
chumolilar) uya quradi. Ba’zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq
shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, ko‘p kamerali in quradi.
Sariq
o‘rmon chumolilarining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat. Inning yer osti
qismida 1-3 m chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan yo‘laklar bo‘ladi; bu yerda
ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari rivojlanadi. Bir qancha tropik chumolilar
barglarni tikib uya yasaydi. Tropik mintaqalarda tarqalgan daydi chumolilar uyasi bo‘lmaydi.
Chumolilar turli xil hasharotlar, o‘simliklar urug‘i, shuningdek, gul nektari, o‘simlik
shiralari va koksidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. K o‘pchilik turlari o‘z uyasida oziq
bo‘ladigan hasharotlar va zamburug‘larni ko‘paytiradi. Ayrim chumolilarning o‘z ishchilari
bo‘lmaydi. Ular boshqa oilaga mansub turdan ishchi chumolilarni o‘g ‘irlab olib kelishadi. Bir
qancha turlari (mac, sariq o‘rmon chumolisi) zararkunanda
hasharotlarni qirib, katta foyda
keltiradi.
O ‘rta Osiyo faunasida chumolilarning 100 ga yaqin turi uchraydi. Cho‘l zonasida
tarqalgan faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi o‘simliklar doni, nektar
bilan, cho‘l va dashtlarda tarqalgan qir chumoli o‘simliklar doni bilan oziqlanadi; Bog‘ qora
chumolisi shira bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni yalaydi; ularni boshqa yirtqich
hasharotlardan himoya qilishi bilan qishloq xo‘jaligiga ziyon keltiradi. Xonadonlarda ko‘p
uchraydigan sariq fir’avn chumolisi shirinlik va yog‘li oziq-ovqat
mahsulotlarini yeydigan
zararkunanda hisoblanadi.[4]
Chumolilar ijtimoiy hasharotlardir. Ular urg'ochi, erkaklar va ishchi chumolilar bilan
katta oilalarda yashaydilar. Chumolilarning ba'zi turlari rivojlangan "til" ga ega va ma'lumot
uzatishga qodir. Chumolilar koloniyalarida murakkab ijtimoiy ta'lim paydo bo’ladi. Chumoli
oilasida bitta chumolining kuchidan tashqarida bo'lgan vazifalarni bajarishda chumolilar
o'zaro vazifalarni muvofiqlashtirish imkonini beradigan mehnat taqsimoti va aloqa tizimlari
hosil bo’ladi[5].
Foydalanilgan adabiyotlar ro ’yxati:
1. Длусский Г. М. Муравьи рода Формика / Под ред. К. В. Арнольди. — М.:
Наука, 1967. — 236 с. — 2300 экз.
2. Мавлонов О., Хуррамов Ш., Умурткасизлар зоологияси, Т., 1998;
3. Книга «Муравей, семья, колония» А. А. Захаров
4.Насекомые Узбекистана, Т., 1993.
5. Эдвард Уилсон. Планета Муравьёв = Wilson Edward. Tales from the Ant
World. — М.: Альпина нон-фикшн, 2022. — 211 с.
30