Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika inistituti abduvaliyev abdumutal raxmatulla o



Download 0,51 Mb.
bet5/18
Sana20.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#460910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
dissertatsiya

Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboevaning“Ta’limning zamonaviy texnologiyalari” (T. Fan -2006 yil), J.G‘.Yo‘ldoshevning “Interfaol darslarda o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarini tashkil etish” (Toshkent - 2008 yil), T.G‘afforovaning “Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish” mavzusidagi metodik tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot metodlari: bir-birini to‘ldiradigan va nazorat qiladigan metodlar majmui qo‘llandi, ilmiy adabiyotning tizimli ilmiy-nazariy tahlili, kuzatishlar, suhbatlar, kuzatuvchi-eksperimentlar, statistik metodlar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- interfaol metodlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish, shakllantirish yo‘llari ishlab chiqiladi;
- interfaol metodlarning qulay usullarini tajriba-sinov yordamida aniqlanadi;
- interfaol metodlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish va shakllantirish yo‘llari bo‘yicha kasb-hunar maktabi va pedagoglar uchun metodik tavsiyalar yaratiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Interfaol ta’lim asosida darslarni tashkil qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish, uni shakllantirish yo‘llari ishlab-chiqilib amaliyotga tatbiq etiladi. Dissertatsiyaning natijalaridan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali metodik yordamni tashkil qilishda qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
Kutilayotgan natijalar va muammolar yechimi: interfaol metodlar, ularning turli usullari va ulardan foydalanishning eng qulay usullarini tadqiqot eksperiment natijalarining miqdor va sifat jihatdan qilingan tahlili umumlashtirilib, metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
I BOB. TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH ASOSIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanishning hozirgi kundagi holati
“Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim jarayonining zamonaviy ta’lim usullari, yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish dolzarb mummolardan biri bo‘lib, bir necha yillardan buyon bu tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Ma’lumki, barcha ta’lim muassasalarida interfaol metodlar bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu borada ko‘plab katta yutuqlarga erishilgan desak mubolag‘a bulmaydi. Masalan N. Saidahmedovning “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya qo‘llanmasi”, I.Q.Tolipov, M.Usmonboevaning “Pedagogik texnologiyalarining tatbiqiy asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (Toshkent -2006 yil), J.G‘.Yo‘ldoshev, F. Yo‘ldosheva, T.Yo‘ldoshevalarning “Interfaol ta’lim – sifat kafolati qo‘llanmasi” (Toshkent -2008 yil), T. G‘afforovaning “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” (T., “O‘qituvchi” 2011yil) va boshqa tadqiqot natijalari asosida turli tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda.
Interfaol usullarni o‘quv jarayonida qo‘llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab 13 etilmoqda. Shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib hizmat qiladi. Bunday ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchida doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. O‘zbekistonda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish – Shaxs manfaati ustivorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, ta’limning yangilangan texnologik modellarini yaratish, 2011 yil 15 oktyabr 02-3821-sonli buyrug‘iga asosan «Dars muqaddas» tadbirini singdirish ta’lim-tarbiya samaradorligi, avvalo, o‘quvchi-yoshlar faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Shunday ekan, ta’limtarbiyaning maqsad, vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlash pedagogik texnologiyaga asoslangan dars loyhalarini yaratishdagi bosh maqsad hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’limtarbiya jarayonlarini tashkil qilish va «Dars muqaddas» tadbirini amalga oshirish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi.
1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishining garovidir.
2. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari.
3. O‘qituvchilarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish.
Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaxshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan Shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O‘qituvchilarning darslarda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar. “Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullar, multimediya vositalariga asosan ochiq darslar namoyish etishadi. O‘qituvchilar darsga tayorgarlik ko‘rishda quyidagilarga amal qiladi:

O’qituvchining darsga tayyorgarlig ikki qismdan iborat



O’qituvchining umumiy tayyorgarligi



O’qituvchining kundalik tayyorgarligi

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o‘rganish va tahlil qilish jarayoni Shuni ko‘rsatdi-ki, o‘qituvchining shogirdlarini darsda faol qatnashishi, puxta bilishi, o‘quv-qobiliyat mahoratiga doimiy e’tibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o‘rinda alohida takidlash joizki, o‘qituvchi o‘quvchini o‘zining talab va shartlariga bo‘ysunuvchi, itoat etuvchi Shaxs deb hisoblamasdan balki uning mustaqilligini, o‘ziga xosligini e’tirof etgan holda hamkorlik munosabatida bo‘lishi darkor, qolaversa u o‘quvchilar bilan dars yuzasidan munosabatlarini tahlil qilishi, taqqoslab bilim berib borishi kerak. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan birga, ta’limda sifat va samaradorlikka tayyorgarligiga erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan ta’lim standartlarini to‘liq bajarilishini ta’minlashi dolzarb muammolardan biridir.


Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Zamonaviy ta’limni tashkil etish, ayniqsa, interfaol metodlardan foydalanish asosida dars jarayonlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Interfaol usullarni o‘quv jarayonida liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikni tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib hizmat qiladi. Bunday ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. Darslar jarayonida interfaol usullardan foydalanish o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatiga ega, ya’ni har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Shakl va vositalar yordamida darslarni tashkil etishni quyidagi interfaol metodlar kafolatlaydi:
-pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; -o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha bilimlarning puxta egallanishini ta’minlanishi;
-o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllantirilishi;
-o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishi;
-ta’lim-tarbiya jarayonida demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning turli vositalari va ularning ta’siri o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydi. Interfaol usullarni to‘gri, o‘z vaqtida va unumli qo‘llashga bog‘liq. Shunday ekan, ta’lim jarayonida interfaol usullarning samarali qo‘llanilishi quyidagi omillar bilan kafolatlanadi:
-mazkur usulni qo‘llash uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish va rejalashtirish lozim; -ushbu usulni qo‘llash uchun tegishli vaziyat yaratilishi zarur;

-interfaol ta’lim jarayoni umum pedagogik talablar asosida, hissiyot ehtiroslarga berilmagan holda, do‘stona, samimiyatli ravishda tashkil etilishi;


-individual yondashuv jarayoni o‘quvchining erkin fikr yuritish, o‘zining ichki kechinmalarini ijodiy bayon qilishlari uchun tegishli sharoitning yaratilishi;
-interfaol metodlar turli shakllarda amalga oshirilishi zarur.shunga ko‘ra, interfaol metodlarning quyidagi shakllaridan ta’lim jarayonida keng ko‘lamda foydalanilmoqda:

Baliq skleti

Aqliy hujum

KIchik guruhlarda Ishlash


INTERFAOL METODLAR





O’z o’rningni top


Munozara


Debatlar


K


Kichik guruhlar bilan ishlash
ichik guruhlarda ishlash” usulidan foydalanish o‘quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi, har bir o‘quvchining munozarada qatnashish huquqini va bir-biridan o‘rganish imkonini beradi. Buning uchun sinfdagi o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruhda 5-6 ta o‘quvchi bo‘ladi. Kichik guruhlar quyidagicha nomlanadi:

“Musiqa – dramma” gurhi



“Ilm” guruhi

“Ijod” guruhi

“Dramma” guruhi

“Yozuv” guruhi


Har bir guruh o‘z nomidan kelib chiqib, mavzuni yoritib beradi. Masalan, “Vatan” mavzusini “ILM” guruhi ilmiy yo‘nalishda, “Ijod” guruhi esa ijodkorlik asosida, “Yozuv” guruhi yozma ravishda (insho, bayon), “Musiqa-Dramma” guruhi musiqa, qo‘shiq, “Sahna ko‘rinishi” asosida taqdimotga tayyorlaydi.


Ma’naviyat soati ishlanmasi (4-sinflar misolida)
Mashg‘ulotning mavzusi: “Vatanim - faxrim”.
Mashg‘ulotning maqsadi:
a) o‘quvchilarning Vatan to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash, “Vatan” mavzusiga doir turli manbalardan foydalanib, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, darsning mazmuni DTS talablariga javob berishini ta’minlash;
b) ma’naviy-axloqiy tarbiya berish, Vatanni sevish, asrab-avaylashga o‘rgatish. Mashg‘ulotning usuli: kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash “ILM” guruhi “Musiqa-Drama” gurguruhi “Ijod” guruhi “Yozuv” guruhi “Drama”guruhi
Mashg‘ulotning jihozi: ko‘rgazma, rasm, magnitofon, turli manbalar. Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism
1. Salomlashish.
2. Kichik guruhlarga bo‘lish.
3. Kichik guruhlarni nomlash va ularga sardorlar saylash.
4. “Klaster” usuli yordamida mavzu bo‘yicha qisqa kirish suhbat o‘tkazish.

I. Kirish O‘quvchilarni mashg‘ulotning mavzusi va rejasi bilan tanishtirish.


Reja:
1. Vatan haqida suhbat.
2. “Vatan ostonadan boshlanadi”.
3. Vatan madhini kuylash.
4. Xulosa. Vatan deganda nimani tushunasiz?
II. Asosiy qism
Vatan tuyg‘usi eng oliy va mo‘tabar tuyg‘ulardan biridir. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas, uni e’zozlash, shodligu quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-xasratini birga baham ko‘rish – farzandlik burchi. Vatan oldidagi burchni har bir kishi o‘zining Shahri, mamlakati, mu’jaz Vatani deb tushunishi mumkin. Har bir kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Shahrini, qishlog‘ini jonidan ortiq ko‘radi.
O‘qituvchi:
Mustaqillik ne demak?
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog‘ing kerak,
Ma’nosini dilga sol!
O‘quvchilar:
O‘z yurting er, samosi,
Shahri gulshan navosi,
Tongda esgan sabosi,
Tog‘u bog‘u daryosi.
Endi o‘z molu mulking
O‘z qo‘lingda o‘z erking.
Vatan! Vatan sen va men tug‘ilgan, kindik qonimiz to‘kilgan, avlodajdodlarimizdan meros qolgan ostonadan boshlanadi. Mening Vatanim – mustaqil O‘zbekistonim, uning bepoyon bog‘lari, hosilga kon dalalari, men usgan torgina bog‘-ko‘chayu, mehribon ota-onam. Men o‘zimni dunyoda eng boy, eng baxtli inson deb bilaman, chunki mening ona-vatanim bor.Shuning uchun ko‘nglim tinch, boshim omon. Hamisha Vatanim uzra tinchlik, osoyishtalik barqaror bo‘lsin.
III. Badiiy qism.
Kichik guruhlarga topshiriq berish orqali mavzuni yoritib berish.
I. guruh – “Ilm” (xarita, globusdagi O‘zbekiston hududi).
II. guruh – “Ijod” (insho, she’r, maqollar, 12 ta rasm).
III. guruh – “Musiqa-Drama” (kuy-qo‘shiq, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi).
IV. guruh – “Yozuv” (insho, she’r yozish, “Vatan” mavzusidagi hadislarni sharhlash).
Kichik guruhlarning har biriga tayyorgarlik uchun 4-5 daqiqa vaqt belgilanadi, so‘ngra taqdimot o‘tkaziladi.
1. 4 ta kichik guruh sardorlariga savollar yozilgan kartochka beriladi.
2. Test echishda “Bilimingizni sinab ko‘ring” ko‘rgazmasidan foydalaniladi. “Ilm” guruhi “Vatan” mavzusini ilmiy tomondan ochib beradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgust kuni mustaqil davlat deb e’lon qilindi, 1 sentyabr kuni “Mustaqillik bayrami” nishonlanadi.
2) Vatanimiz - Mustaqil O‘zbekiston. Uning poytaxti - Toshkent.
3) Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Bular: O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi, madhiyasi.
4) O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan.
5) O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan.
6) O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
7) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
8) O‘zbekiston Respublikasining er hududi – 447.4 ming kv.km (447400 kv.km).
9) O‘zbekistonning aholisi 34 mln dan ortiq.
10) O‘zbekiston Respublikasida 12 ta viloyat va bitta avtonom respublika bor: Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va avtonom Qoraqalpog‘iston respublikasi.
11) O‘zbekiston hududidan Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi.
“Ijod” guruhi “Vatan” mavzusini ijodiy yoritib beradi:
1) O‘zbekiston Respublikasida 12 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika bor. Biz guruhimiz bilan shu viloyatlarni quyosh nuri tarzida aks ettirdik. Har bir viloyatga atab she’rlar o‘qiladi.
2) Men bo‘sh vaqtlarimda rasm chizib turaman. “Vatan” mavzusida rasm chizdim.
3) Men ham bo‘sh vaqtlarimda Vatan haqidagi qo‘shiqlardan yod olganman.(Ijro etiladi).
4) Sinfimizning iqtidorli o‘quvchilari “Vatan” mavzusidagi she’r, maqol, hadislardan yod olganlar. (Namunalar yoddan o‘qiladi va sharhlanadi).
5) O‘zi chizgan rasmga qarab Vatanni ta’riflab beradi.
6) Vatan va ona-bola rasmi asosida bog‘li matn tuzish. “Bola shod, ona shod, olam shod”.
7) Pedagoglardan Pestalotsiy aytgan edi: “Avvalo, bolada onaga mehrni uyg‘otmoq zarur, onani sevgan bola insonni sevadi, insonni sevgan bola Vatanni sevadi”.
8) “Ma’naviyati yuksak Shaxs o‘z yurtini olamga tanitadi”.
“Musiqa-Drama” guruhi mavzuni qo‘shiq, kuy, sahna ko‘rinishi asosida yoritib beradi.
1) Vatanni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-hasratini baham ko‘rish - farzandlik burchimiz.
2) Vatan – bu muqaddas tuyg‘u. Vatanni sevmoq har bir insonning, biz kabi o‘g‘il- qizlarning, keksayu Yoshlarning muqaddas burchidir.
3) Sahna ko‘rinishi: Ota: -Vatan deganda nimani tushunasiz? Qiz: -Vatan - bu eng muqaddas joyyoshlarbu joyning qadriga etmaydi, lekin vaqt o‘tgan sayin o‘z xatosini tushunadi. Biz, hadislarda qayd etilganidek, Vatanni sajdagoh kabi muqaddas bilishimiz kerak.
4) Biz “Vatan” mavzusida yaratilgan xalq og‘zaki ijodi namunalari: laparlar, dostonlar, maqollar, she’rlar, tez aytishlar, qo‘shiqlarni o‘rganishimiz zarur. Masalan, “Alpomish”, “Go‘r o‘g‘li”, “To‘maris”, “Ravshan” va boshqa dostonlar.
5) Vatan haqida qo‘shiq ijro etiladi.
6) Vatan haqida maqollar aytiladi.
7) Onaga bo‘lgan muhabbating - Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurtagidir.
“Yozuv” guruhi mavzuni insho, bayon, xalq og‘zaki ijodi janrlari asosida yoritib beradi.
1) Bizning sinfda Murodova Shohsanam, Abduhamidov Behzodlar bo‘sh vaqtlarida “Vatan” mavzusida she’rlar yozib turadilar va o‘z she’rlarini hozir o‘qib beradilar. Vatan haqida she’rlar o‘qiladi.
2) Biz bo‘sh vaqtlarimizda Vatan haqida insho, bayon yozib turamiz. Insho va bayonlardan namunalar o‘qib beriladi.
3) O‘z oilasi, nasl-nasabi, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan faxrlanish - ezgu tuyg‘u.
4) Ma’naviyat sarchashmalarini yaratgan buyuk allomalar: Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Firdavsiy, Muso Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Ogahiylar esga olinadi.
5) Milliy qahramonlarimiz: To‘maris, Shiroq, Alpomish, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amur Temurlarning Vatan mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida qilgan hizmatlari sharhlanadi.
6) Vatan haqida maqollar aytish.
7) Hadislardan namunalarni sharhlash.
8) Rivoyatlar, doston, afsonalardan namunalar keltirish.
IV. Yakuniy qism Ma’naviyati yuksak Shaxslar o‘z Vatanini olamga tanitadi. Ta’lim tarbiya jarayonida Vatan tuyg‘usini o‘quvchilar ongiga singdirish bilan birga Mustaqil O‘zbekistonimizning farzandlari Vatan sha’nini jahonga tanitayotganligini ham ta’kidlab borish darkor. Ayniqsa, futbol yulduzi Mirjalol Qosimov, shaxmat ustasi Rustam Qosimjonov, bokschilar Artur Grigoryan, Ruslan Chagaev, tennischi Iroda To‘laganovalarning hizmatlariga jahon ahli tan berayotgani ta’kidlanadi. Mashg‘ulotda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Kelgusi mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi. Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini oshiradi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish