2. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalar. - -q qo‘shimchasi “a” unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda, “a” unlisi “o” shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo‘ya+q=bo‘yoq, tara+q=taroq kabi.
-gich (suzgich),
-qich (qisqich),
-kich (keskich),
-g‘ich (chizg‘ich),
-gi (supurgi),
-qi (chopqi),
-ki (tepki),
-g‘i (yonilg‘i),
-k (kurak),
-q (bo‘yoq),
-oq (o‘roq),
-indi (chiqindi),
-ma (tugma),
-im (kiyim),
-don (guldon)
O‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar - -zor: gulzor, olmazor;
- -loq: toshloq, qumloq;
- -iston: O‘zbekiston, guliston;
- -goh: oromgoh, ziyoratgoh.
Faoliyat-jarayon oti yasovchi qo‘shimchalar. - ESLATMA: -chilik qo‘shimchasini –chi+-lik qo‘shimchalaridan FARQLANG!!!
- -chilik: yigitchilik, kulolchilik;
- -chi+-lik: suvoq+chi+lik, pilla+chi+lik
- -lik: zargarlik, temirchilik;
- -chilik: tirikchilik, dehqonchilik;
- -garchilik: yog‘ingarchilik, loygarchilik;
- -im: terim; -ik: ko‘rik; -iq: chopiq.
SO‘Z YASOVCHI QO‘SHIMCHA QO‘SHISH ORQALI TURLI SO‘Z TURKUMLARIDAN OT YASALISHI - OT+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: sport+chi, o‘rik+zor;
- SIFAT+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: qiziq+chi, ahil+lik;
- SON+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: bir+lik;
- OLMOSh+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: o‘z+lik;
- FE’L+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: yon+g‘in, ela+k;
- RAVISh+so‘z yasovchi qo‘shimcha=ot: ko‘p+lik, tez+lik;
- UNDOV SO‘Z+SO‘Z yasovchi qo‘shimcha=ot: haybarakalla+chi;
- TAQLID SO‘Z+SO‘Z yasovchi qo‘shimcha=ot: qahqah+a, qars+ak;
- MODAL SO‘Z+SO‘Z yasovchi qo‘shimcha=ot: bor+lik, yo‘q+lik.
QO‘SHMA OTLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI - Ikki asosdan tashkil topgan qo‘shma otlar:
qo‘lqop, belkurak, oltingugurt; - Uch asosdan tashkil topgan qo‘shma otlar:
namozshomgul, gultojixo‘roz, gulhamishabahor. QO‘SHMA OTLARNING YOZILISHIGA KO‘RA TURLARI - Ajratib yoziladigan qo‘shma otlar:
Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq; - Qo‘shib yoziladigan qo‘shma otlar:
qorbo‘ron, ko‘ksulton, kungaboqar. QO‘SHMA OT QISMLARINING QAYSI SO‘Z TURKUMLARIDAN TASHKIL TOPISHI - OT+OT=OT: belbog‘, asalari, qo‘larra;
- OT+FE’L=OT: beshiktebratar, o‘rinbosar, otboqar;
- SON+OT=OT: To‘rtko‘l, qirqoyoq, mingboshi;
- SIFAT+OT=OT: achchiqtosh, qizilishton, olaqarg‘a;
- FE’L+OT=OT: Urto‘qmoq (afsona), kiryuvdi (marosim).
MUSTAHKAMLASH - 1. Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar, o‘qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi.
- Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama ot qatnashgan?
- A) 6 ta
- B) 5 ta
- C) 4 ta
- D) 3 ta

MUSTAHKAMLASH - 2. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan yasama narsa oti qatnashgan?
- A) Kissasida yarimta o‘chirg‘ichi va kecha ochgan qalami bor ekan.
- B) G‘ildiraklarning bir maromda taraqlab, tebranishidan ko‘zim ilinibdi.
- C) Qovurdoq antiqa bo‘lgan ekan, ochig‘ini aytsam, bunaqa shirin go‘shtni umrimda yemagan edim.
- D) Eshikni ochishim bilan dadam qo‘lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab yubordi.

UYGA VAZIFA - 1. “Qorako‘z majnun” hikoyasidan yasama otlarni toping va izohlang.
- 2. Qaysi so‘z turkumlaridan so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali ot yasalganligini aniqlang.
- 3. So‘z qo‘shish orqali yasalgan qo‘shma otlarning qaysi so‘z turkumlaridan hosil qilinganligiga izoh bering.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |