Abdulla qodiriy (1894-1938)



Download 86 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi86 Kb.
#387818
  1   2
Bog'liq
Abdulla Qodiriy (1894-1938)


Abdulla Qodiriy (1894-1938)

Reja:
1. A.Qodiriy merosi va uni o'rganishning aHamiyati.



2. Yangi o'zbek Hajviy nasri taraqqiyotida A.Qodiriyning xizmatlari.

3. A Qodiriy o'zbek realistik romanchiligi maktabining asoschisi.

4. "O'tgan kunlar" - birinchi o'zbek realistik romani.

5. "Mehrobdan chayon" romanining o'ziga xosligi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari.

O'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida ulkan Hissa qushgan va "O'zbek romannavsligining otasi" deb nom chiqargan san'atkor A.Qodiriy (Julqunboy) 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shaHrining Beshyog'och daHasida bog'bon oilasida dunyoga keladi. Otasi Qodir bobo savdo ishlari bilan, keyinchalik, keksaygach, bog'bonlik bilan shug'ullangan.

A.Qodiriy o'z tarjimai Holida shunday yozadi: "Boshda boy oilada tug'ilishimmi yoki kambag'al oiladami, bunisini bilmayman, ammo yoshim 7-8 ga etgach, qornim oshga to'ymaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog'i faqat 80 yoshlik bir chol otamning meHnatidan, ya'ni bog'ning yozda etishtirib beradigan Hosilidan kelar edi. Agar baHor yomon kelib, bog' mevalari, ofatga uchrab qolsa, biz Ham ochlikka duch kelib, qishi bilan javrab chiqar ekanmiz".

Binobarin, yozuchining yoshlik choqlari xiyla ayanchli kechadi. Shuning uchun Ham u yoshlik kezlari boy va savdogarlar qo'lida xizmat qilib, etarli darajada taHsil ko'ra olmaydi. Shunga qaramasdan A.Qodiriyning bilimiga, adabiyotga qiziqishi aslo so'nmaydi.U dastlab eski usuldagi maktabda, so'ng 1908-1912 yillarda rus tuzem maktablarida o'qib, uni a'lo baHolarga bitirib, Hatto Toshkent generallar gubernatori Samsonovning kumun soat bilan taqdirlashiga sazovor bo'ladi. Abdulla maktabni bitirgach 1912 yili RasulmuHammad boyga prikazchik. ya'ni mirzo bo'lib ishga kiradi. Bu savdogar boy insofli-adoiatli ziyolilarni juda Hurmat qilar edi. Abdulla boyning xonadonida va savdo do'konida yashab juda ko'plab ana shunday ilg'or fikrli ziyolilar bilan tanishadi va ulardan savdo ishlarini o'rganadi. 1914 yili u boyning qizi RaHbaroy bilan turmush qurib, undan ikki o'g'il, ikki qiz ko'radi, ya'ni Nafiza, Adiba, Habibullo, Ma'sudlar bilan osuda Hayot kechiradi. Yosh yozuvchining ilk ijodiy faoliyati Ham shu davrga 1913-1914 yilarga to'g'ri keladi. U shu kezlarda chiqib turgan "Sadoi Turkiston", "Samarqand". "Oyna" kabi gazeta va jurnallar bilan muntazam tanishib borib, o'zi Ham keyinchalik ularga kichik-kichik xabar va maqolalar yozib turadi. (Aslini olganda Abdulla mazkur gazeta va jurnallarni boyning qaramog'idan olib o'qib turadi).

A.Qodiriy Ham ko'pchilik yozuvchilar singari ilk ijodida she'riyatga qiziqadi. Uning 1915 yilda "Oyna" jurnalida e'lon qilingan "Axvolimiz", "Millatimga", "To'y" kabi she'rlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Muallifning mazkur she'rlari va ayniqsa, "Juvonboz" Hikoyasi, "Baxtsiz kuyov" fojiasi , bevosita BeHbudiyning "Padarkush" fojiasiga taqpidan yozilgan boMib, ularda jaHolatga, ma'rifatsizlikka qarshi kurash va xalqni ilmga, madaniyatga chaqirish ustun keladi. Xususan, muallif jadidchilik ruHi bilan sug'orilgan "Axvolimiz", "Millatimga11 she'rlarida eski yaramas odatlarga: ichkilikbozlik, foxishabozliL qimorbozlik, bedanabozlik kabi illatlarni qattiq qoralab, g'aflatda qolgan millatni va ayniqsa, uning kelajagi bo'lgan yoshlarni Himmat kamarin bog'lab, g'ayrat bilan meHnat qilishga chaqiradi. A.Qodiriyning Oktyabr inqilobidan keyingi Hayoti, faoliyati vaqtli matbuot bilan yana Ham uzviy bog'lanadi. Chunonchi, ul919 yili "Oziq ishlari" gazetasiga muHarrirlik qiladi. "Inqilob", "Ishtirokiyun", "Qizil bayroq" gazetalarida adabiy xodim va muxbir bo'lib ishlaydi.

1919-yildan A.Qodiriy "Mushtum" jurnalining tashkilotchilaridan biri sifatida maydonga chiqadi, boshqacha aytganda jurnalni yo'rgaklab, beshigini tebratgan, Hatto unga "Mushtum" degan nomni Ham topib qo'ygan adibdir. A.Qodiriy jurnalni tashkil etish bilan chegaralanib qolmay, balki unga jon, qon Ham qo'shadi, ya^ni o'zining 1923-1924 yillarda yozgan "Toshpo'lat tajang nima deydi", "Kalvak maxzumning xotira daftaridan" turkumidagi satirik xikoyalari bilan bir necha yillar davomida jonlantirib, xalqning sevimli jurnaliga aylantiradi.

A.Qodiriy jurnalistika soHasidagi malakasinin oshirish maqsadida 1924-1925 yillar orasida Moskvadagi (Valeriy Bryusov nomidagi) oliy jurnalistika institutiga kirib o'qiydi. Shu tariqa yozuvchi 20 yillar orasida "Qodiriy", "Julqunboy", "Toshpo'lat", "Kalvak maxzum". "Dumbul", "Avsar", "Shig'ay" kabi taxalluslarda qizg'in va barakali ijod qiladi.

A.Qodiriy yirik Hikoyanavis, o'tkir feFetonchi bo'lish bilan birga birinchi o'zbek romannavisi sifatida Ham shuHrat qozongan ' san^ atkordir. Adib 1917-1918 yillardan boshlab "O'tgan kunlar" romani uchun material to'plashga kirishadi. 1922 yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etiladi. 1925 yilda "O'tgan kunlar" aloHida-aloHida uch bo'lim Holida, so'ng 1926 yilda kitob bo'lib nashr etiladi. Oradan ikki yilo'tib 1928 yilda yozuvchining ikkinchi tarixiy romani "MeHrobdan chayon" romani nashr etiladi. 1934 yilga kelib esa muallifning qishloq xo'jaligi mavzusiga bag'ishlangan "Obid ketmon" qissasi yaratiladi. A.Qodiriy "Amir Umarxonning kanizi", "Nomoz o'g'ri", "Daxshat" kabi romanlar yaratish orzusida edi. Ammo bevaqt o'lim bu orzularning chiqishiga imkon bermadi.

1937- yillardagi mash'um siyosat A.Krdiriy Hayotiga bolta urdi. U Ham boshqa ziyolilar singari, tuHmatga uchrab, qamoqqa olindi: "Menga qo'yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo'lida Har qanday jazodan, qiynokdan qo'rqayman. Agar otmoqchi bo'lsalaring, ko'kragimni kerib turaman",-deydi adib. Xullas 9 oylik qiynoqlardan so'ng 1938 yilning 4 oktyabrida Akrdiriy Toshkentda pinHona ravishda otib tashlanadi. Vafotidan qariyib 20 - yildan so'ng. ya'ni 1956 yidda qayta oqpanadi, asarlari yangidan nashr etala boshlaydi. 1990 yilda jumHuriyat prezidenti farmoni bilan A.Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta'sis etaladi. 1991 yidda esa A.Qodiriyga A.Navoiy nomidagi Davlat mkofoti beriladi. Adib bor-yo'g'i 44 yil umr ko'rgan bo'lsa, shundan atigi 20 yilini qizg'in ijodiy faoliyatga baxshida etdi. A Kodiriyning ijodi. Bulg'usi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillardan boshlangan bo'lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratadi. Uning "Axvolimiz", "Millatimga". "To'y" (1914-1915) kabi she'rlari "Oyna" jurnalida bosilib chiqadi. U o'z millatini ma'rifatga chaqiradi, ma'rifparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. Uning "Baxtsiz kuyov" (1915) nomli fojiasi, "Juvonboz" (1915), "Uloqda" (1916) kabi Hikoyalarida Ham xalqni savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko'rish istagi sezilib turadi. Bu asarlar Qodiriyning badiiy ijoddagi dastlabki izlanishlari bo'lib, ular o'sha davrning taraqqiyparvar Harakati jadidchilik g'oyalari bilan sug'orilgan, jadid adabiyoti ta'sirida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy qoloq odatlarni tanqid ostiga oladi, xalqni o'zligini anglashga, yangilikka da'vat etadi. Yozuvchining "Juvonboz" asarida o'qishni tashlab buzuq, shaltoq yo'llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi, ota-onani dog'da qoddirib, oxiri jinoyatga qo'l uradi, qamaladi. "Baxtsiz kuyov"da esa muallif qoloq odatlardan biri -Hashamatli to'y, ortiqcha sarf-Harajatlar va ularning ko'ngilsiz oqibatlari masalasini ko'taradi. Garchi bu asarlarda yozuvchi davrning muxim masalalarini o'rtaga qo'ygan boTsa Ham, ular yuksak badiiy asar darajasiga ko'tarilmagan. Ular oshkora tashviqiy ruHsa bo'lib, ularda san'atkornyng o'rnini voi/.. nasiHatgo'ylik egallaydi.

Yozuvchi maHorati tez yuksala berdi. Oradan sal fiirsat o'tib yozilgan "Uloqsa" nomli Hikoyasi avvalgi asarlari bilan tengalashtirib boTmaydigan darajada yuqoridir. Endi bu asarda tashviqotchilik, Hikoyachining o'rinini san'atkor egallaydi. Endi bu asarida muallif voqea-Hodisalarni obrazlar orqali badiiy gavdalantiradi. Yozuvchi xolis turib, Hodisalarga aralashmaydi. Ularni beg'ubor bola nigoHi orqali bor Holicha ifodalaydi. Bu Hikoya faqat Qodiriyning yutug'i bo'lib qolmay, o'zbek realistik xikoyachiligining etuk namunasidir. Yangi o'zbek prozasi rivojida Qodiriyning xizmatlari kattadir. 1924 yili A.Qodiriy Moskvaga borib, jurnalistlar institutida taHsil olib kelgandan so'ng, "Mushtum" jurnalida shtatsiz muxbir bo'lib ishlaydi. Uning "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak MaHzumning xotira daftaridan" turkumidagi satirik Hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila bordi. Bu Hikoyalarda Kalvak MaHzum, Toshpo'lat tajang timsollari orqali voqealikdagi ichki ziddiyatlar keskin fosh etiladi. 20-yillarning o'rtalarida yaratilgan bu asarlarda muallif endi Hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy Hodisalami sof mafkuraviy nuqgai nazardan turib, nuqul bir yoqlama qoralash, fosh etish yoTidan bormay, xarakter va Hodisalami xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko'rsatishga jazm etadi. "Kalvak MaHzumning xotira daftaridan" asari 1923-1927 yillar oralig'ida yozilgan. Asar peshma-pesh "Mushtum" jurnalida e'lon etilib turgan.

Qodiriy bu asarida ko'pdan beri Haqiqiy Hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan g'ovlangan maHalla imomi Kalvakning kulguli sarguzashtidan qikoya qilib beradi. Asar boshida muallif MaHzumni qaxr bilan qoralash, masxaralashga tushadi. Real xayolidan uzilib qolgan MaHzumning yangiliklarni Hazm qila olmay, noqulay aHvolga tushib qolishi san'atkorona chizib berilgan.

"Toshpo'lat tajang nima deydi?" asarining qaxramoni Toshpo'lat xarakteri Ham zidsn atli. U bolaligida yaxshi tarbiya ko'rmagan. maktabda yolchitib bilim olmagan. omadsiz odam. U gunoH ishlardan - nashavandlik, qimorbozlik, bezorilikdan Ham toymaydi. Ma'rifatsizlik tufayli u ko'p Hollarda oddiy turmush chig'alliklarini echa olmay,

Hayotdagi yangiliklar moHiyatini anglab eta olmay qiynaladi, kulguli, tang aHvolga tushib qoladi. Xususan. soliq qog'ozining, umuman soliq siyosatining ma'nosiga tushunmay dovdirapsh, baboq xo'rozni quvib maktabga kirib qolishi. u erdagi yangicha talim-tarbiya, o'kuvchilar Haqida o'zicha badbin xayollaga borishi, shu kabi Hatgi-Harakatlari bilan chindan Ham o'z-o*zini fosh etadi. Toshpo'lat muallif tariflaganday, ishsiz. biri ikki bo'lmay, yomon yo'llarga kirib qolib tajangligi tutgan chapani. 20-yyllardagi murakkab, og'ir sharoit uni shu axvolga soladi. U o'zini Har ishga uradi. do'kondorlik qiladi, tegarmonda ishlaydi, deHqonchilikka qo'l uradi, mardikorchilik qiladi - biroq buning bilan uning kosasi oqarmaydi.

Toshpo'lat mana shunday noHaqliklarni ko'rganda jinnisi qo'zyydi, shunday og'ir zamonda kambag'alning boshini silash o'miga, unga yomonlikni ravo ko'radigan olifta mansabdorlar ko'ziga balo bo'lib ko'rinadi: o'ziga o'xshaganlarning faqir yashashiga faqat shular aybdor deb biladi. Shuning uchun Ham ularga duch kelganda asabiylashadi, bezoriligi tutadi, o'zini ovutish uchun nashavandlikka beriladi.

Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda nasrga nisbatan nazm necha asrlar davomida rivojlanib, sayqal topib katta tajribaga, boy an'anaga ega bo'lib kelganligi

mulkini sovuradi. sindiradi, ota-onani dog'da qoddirib, oxiri jinoyatga qoT uradi, qamaladi. "Baxtsiz kuyov"da esa muallif qoloq odatlardan biri -Hashamatli to'y, ortiqcha sarf-Harajatlar \a ularning ko'ngilsiz oqibatlari masalasini ko'taradi. Garchi bu asarlarda yozuvchi davrning muxim masalalarini o'rtaga qo'ygan bo'lsa Ham, ular yuksak badiiy asar darajasiga ko'tarilmagan. Ular oshkora tashviqiy ruHsa bo'lib, ularda san'atkornyng o'rnini voiz, nasiHatgo'ylik egallaydi.

Yozuvchi maHorati tez yuksaia berdi. Oradan sal fiirsat o'tib yozilgan "Uloqsa" nomli Hikoyasi avvalgi asarlari bilan tengalashtirib bo'lmaydigan darajada yuqoridir. Endi bu asarda tashviqotchilik, Hikoyachining o'rinini san'atkor egallaydi. Endi bu asarida muallif voqea-Hodisalarni obrazlar orqali badiiy gavdalantiradi. Yozuvchi xolis turib. Hodisalarga aralashmaydi. Ularni beg'ubor bola nigoHi orqali bor Holicha ifodalaydi. Bu Hikoya faqat Qodiriyning yutug'i bo'lib qolmay. o'zbek realistik xikoyachiligining etuk namunasidir. Yangi o'zbek prozasi rivojida Qodiriyning xizmatlari kattadir. 1924 yili A.Qodiriy Moskvaga borib, jurnalistlar institutida taHsil olib kelgandan so'ng, "Mushtum" jurnalida shtatsiz muxbir bo'lib ishlaydi. Uning "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak MaHzumning xotira daftaridan" turkumidagi satirik Hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila bordi. Bu Hikoyalarda Kalvak MaHzum, Toshpo'lat tajang timsollari orqali voqealikdagi ichki ziddiyatlar keskin fosh etiladi. 20-yillarning o'rtalarida yaratilgan bu asarlarda muallif endi Hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy Hodisalarni sof mafkuraviy nuqgai nazardan turib, nuqul bir yoqlama qoralash, fosh etish yo'lidan bormay, xarakter va Hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko'rsatishga jazm etadi. "Kalvak MaHzumning xotira daftaridan" asari 1923-1927 yillar oralig'ida yozilgan. Asar peshma-pesh "Mushtum" jurnalida e'lon etilib turgan.

Qodiriy bu asarida ko'pdan beri Haqiqiy Hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan g'ovlangan maHalla imomi Kalvakning kulguli sargu/ashtidan qikoya qilib beradi. Asar boshida muallif MaHzumni qaxr bilan qoralash, masxaralashga tushadi. Real xayolidan uzilib qolgan MaHzumning yangiliklarni Hazm qila olmay, noqulay aHvolga tushib qolishi san'atkorona chizib berilgan.

"Toshpo'lat tajang nima deydi?" asarining qaxramoni Toshpo'lat xarakteri Ham zidsiyatli. U bolaligida yaxshi tarbiya ko'rmagan, maktabda yolchitib bilim olmagan, omadsiz odam. U gunoH ishlardan - nashavandlik, qimorbozlik, bezorilikdan Ham toymaydi. Ma'rifatsizlik tufayli u ko'p Hollarda oddiy turmush chig'alliklarini echa olmay,

Hayotdagi yangiliklar moHiyatini anglab eta olmay qiynaladi, kulguli, tang aHvolga tushib qoladi. Xususan, soliq qog'ozining, umuman soliq siyosatining ma'nosiga tushunmay dovdirapsh, baboq xo'rozni quvib maktabga kirib qolishi, u erdagi yangicha ta'lim-tarbiya, o'kuvchilar Haqida o'zicha badbin xayollaga borishi, shu kabi Hatgi-Harakatlari bilan chindan Ham o'z-o'zini fosh etadi. Toshpo'lat muallif ta* riflaganday, ishsiz, biri ikki bo'lmay, yomon yo'llarga kirib qolib tajangligi tutgan chapani. 20-yyllardagi murakkab, og'ir sharoit uni shu axvolga soladi. U o'zini Har ishga uradi, do'kondorlik qiladi, tegarmonda ishlaydi, deHqonchilikka qoT uradi, mardikorchilik qiladi - biroq buning bilan uning kosasi oqarmaydi.

Toshpo'lat mana shunday noHaqliklarni ko'rganda jinnisi qo'zyydi, shunday og'ir zamonda kambag'alning boshini silash o'rniga, unga yomonlikni ravo ko'radigan olifta mansabdorlar ko'ziga balo bo'lib ko'rinadi: o'ziga o'xshaganlarning faqir yashashiga faqat shular aybdor deb biladi. Shuning uchun Ham ularga duch kelganda asabiylashadi, bezoriligi tutadi, o'zini ovutish uchun nashavandlikka beriladi.

Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda nasrga nisbatan nazm necha asrlar davomida rivojlanib, sayqal topib katta tajribaga, boy an'anaga ega bo'lib kelganligi guvoHi bo'lamiz. Bundan o'tmishda prozamiz mutlaqo rivojlanmadi degan xulosa chiqarmaslik kerak albatta.

XX asrning boshlariga kelib, yangi davr adabiyot oldiga Ham yangi fazifalarni ko'ndalang qo'ydi. Bu davrga kelib, uyg'onish davriga kelib poeziya janrining o'zi bilan cheklanib qolish mumkin emas edL albatta. Turmushni, yangi Hayotni, yangi voqealikni, yangi insonni, uning butun ichki olamini keng va Har tomonlama aks ettirib berish uchun poeziya bilan bir qatorda proza, dramaturgiya singari adabiyotning yirik janrlari, shakllari Ham zarur edi. Buni Hayotning o'zi taqozo etdi. Xullas 20-yillarga kelib o'zbek adabiyotida proza janrini yaratish uchun yangi Harakat boshlanadi. Bu Harakatni jonlantirishda ko'pchiiik yozuvchilar qatori A.Qodiriyning Ham xizmatlari katta ekanligini aloxida qayd etmoq kerak. Bu o'rinda adibning "O'tgan kunlar", "MeHrobdan chayon" romanlarini eslab o'tmoq kifoya. Romanni o'zbek o'quvchisi. butun turkiy tilda so'zlovchi xalqlaming 2ukko kishilari Hatto bayramdek kutib oldilar. Roman tillarda dostonga aylandi. Qo'ldan-qo'lga o'tib o'qiddi. Shuni Ham aytish kerakki, o'zbek nasrini ibtidoilikdan Evropa tushunchasidagi yangi bosqichga ko'targan "O'tgan kunlar" romani dunyo yuzini ko'rgan dastlabki kunlardan boshlab to yaqin-yaqingacha keskin munozaralarga sabab bo'lib keldi. Ko'pgina tanqidchilar asarga, uning muallifiga vulgar sosiologizm nuqtai nazaridan yondashib baHo berdilar. A.Qahhor, K.Yashin, M.Shverdin, Miyonbuzruk SoliHov, Satti Husayn, Ziyo Said, Olim Sharafiddinov, Jumaniyoz Sharipovlar shular jumlasidandir. Asarga istiqlolga erishganimizdan so'ng o'zining ikkinchi umrini yashay boshladi, u endiliqda, garchi juda kech bo'lsada, o'zining Haqiqiy baHosini olmoqsa. Yozuvchi bu romanida xolis turib, o'tgan XX asr o'rtalaridagi Turkiston tarixining, o'zbek xalqi Hayotining, bir so'z bilan aytganda o'sha davr ziddiyatlarini Otabek va Yusufbek singari taraqqiyparvar kishilarning bosib o'tgan yo'lini ko'rsatish orqali aks ettirishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Garchi asar mavzui keyingi xonliklar zamonidan olingan, Turkiston feodallarining key i ngi vakili Xudoyorxon davridagi o' zboshimchal i klarni ko'rsatishga qaratilgan bo'lsa Ham, asarda o'sha- zamon voqealari, ijtimoiy jarayonlar, odamlar ruHiyati. orzu intilishlari, kechmishlari Haqqoniy, betakror tarzda zo'r realistik maHorat bilan chizilgan bo'lsa Ham, uqsa zamonaviy ruH juda kuchli. Qo'qonda tashkil etilgan birinchi Turkiston mustaqil muHtoriyatning majaqlab tashlanishi ko'p xur fikrli ziyolilar singari Qodiriyni qattiq larzaga solganligi tabiiy. Xudsi shu fojia "O'tgan kunlar"ning yozilishiga turtki bo'lgan bo'lsa ajab emas. Adib bu romani orqali xalqning milliy ongini uyg'otmoqchi bo'ladi. "Tariximizning eng kir, qora kunlari" - yurtni mustamlaka balosiga gariftor etgan, keyingi "xon zamonlari" Haqida so'z ochib, tarixning bu ayanchli Haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo'ladi.

"O'tgan kunlar" romaning ma'no-mundarija doirasi aslida ancha keng. Unda xilma-xil ijgimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida eng muximi -yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasidir. "O'tgan kunlar" romaniga qadar Ham, asar yozilgan paytlarda va undan keyin Ham Hech kim o'tgan asrda millat, milliy davlat taqdiri uchun Hayot-mamot aHamiyatiga molik tarixiy Hodisalarni, o'lkaning mustaqillikdan maHrum bo'lib, mustamlakachilar oddida taslim bo'lishga olib kelgan ommilarni Qodiriychalik chuqur, ta'sirchan badiiy tadqiq etgan emas. Binobarin, yurtning mustaqilligi, birligi, totuvligi, tinchligi masalasi romanning asosiy pafosi darajasiga ko'tarilgan. Asarning markaziy qaHramonlaridan Otabek va Yusufbek Hojilar shu yurtning istiqloli, farovonligi, osoyishtali yo'liga Hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.

"O'tgan kunlar" romanida asarning asosiy g'oyasi va uning badiiy vositasi bo'lgan voqea, syujet dastavval markaziy qaxramon -Otabek biografiyasida, sarguzashtida mujassamlanadi. Romanning birinchi bobidayoq o'quvchi Otabekning mavjud sosial-siyosiy voqealarga, xonlik tuzumi sistemaiga, Rossiyaga, oilaviy Hayotga, esky "odat"larga bo'lgan munosabatlari bilan tanishadi. Otabek -Turkistonda, feodal istibdodi qabig'ida endigina tug'ilib, rivojlanib kelayotgan savdo burjuaziyasining dastlabki vakillaridan biri edi. Otabek ijtimoiy Hayotning barcha soHalarida, shu jumiadan, shaxsiy, oilaviy Hay otda Ham erkin, davriga nisbatan progressiv g'oyalarnitashuvchi taraqqiyparvar burjuaziyaning vakili sifatida maydonga chiqadi. Yozuvchi Otabekni Har Tomonlama mukammal ko'rsatishga, yorqin tasvirlashga intiladi. Otabek turli shaxslar bilan to'qnashadi, turli vaziyatga tushadi, turli sharoitda uning psixologiyasi chuqur ochila beradi. Otabek ishq-muHabbatni shu qadar baland qo'yadiki, Haggo, uning Hayotidagi barcha fojiali voqealar Ham shu ishq-muHabbatning ximoyasi uchun kurash orqasida voqe bo'ladi. U ko'pdan buyon o'zini maftun etgan qizning visoli uchun, uning baxtli Hayoti uchun kurashib. katta dushmanlar guruxiga duch keladi. Otabek "Dushanba kuni kechasi" bobida Sodiq, Mutal, Homid singari reaksiya kuchlariga qarshi tanHo kurashadi, bu kurashga uni muHabbat otlantirgan edi. Otabekning Homidlar ustidan qozongan g'alabasi adolatning adolatsizlik ustidan qozongan g'alabasi edi. Ammo o'sha mudHish Xudoyorxon zamonida bu g'alabani qo'llab-quvvatlovchi katga bir kuch bo'yamaganligi uchun pirovarda Otabekning kurashlari, Kumushga bo'lgan muHabbati chil-chil sinadi. Uning xarakterini ochuvchi eng muHim xususiyatlaridan biri shuki, Otabek Haqiqat va adolatga butun vujudi bilan berilgan va unga zo'r Hissiyotlar bilan intildi, ammo adolatga olib boruvchi yo'lni Ham, kuchni Ham yaxshi bilmasdi. Bu o'ringa kelib Yusufbek Hoji obrazi, Mirzakrim qutidor obrazi, Otabek bilan Zaynab muHabbati, Kumush va Zaynab o'rtasidagi konflikt, Oftoboyim, O'zbek oyim va boshqa obrazlarga xarakteristika beriladi.

"MeHrobdan chayon". "O'tgan kunlar"dan so'ng "MeHrobdan chayon"ning dunyoga kelishiga qadar o'rtasida qisqa vaqt o'tgan bo'lsa-da, yozuvchi dunyoqarashida, uning ijodiy o'sishida ancha yuksalish yuz berdi.

"MeHrobdan chayon"da XIX asrning II yarmidagi voqealar, O'zbekistorming Rossiya tomonidan bosib olinishi davri Hayoti, so'nggi xonlardan Xudoyorxon Hukmronligi davridagi qora kunlar lasvir ob'ekti qilib olingan. "Turkiston feodallarining.-deb yozadi muallif romanning mavzui to'g'risida, -keyingi vakili bo'lgan Xudoyorxonning o'z xoHishi yo'lida deHqon ommasi va mayda Hunarmand-kosib sinfini qurbon qilish, mamlakat xotin-qizlarini istaganicha tasarruf etishi, bunga qarshi keluvchilarga, tilasa raHmsiz jazo berishi romaning mavzuidir". A.Qodiriy bu romanda jamiyatdagi ijtimoiv kuchlar munosabatini ifodalashda, ijobiy qaHramonlarni belgilashda to'g'ri yo'l tanlagan, Romanning bosh qaHramoni Anvar obrazi bilan tanishsak, bu Holni yanada ravshanroq1 ko'ramiz. Roman markaziga feodal istibdodining barcha daHshatlarini o'z elkasida ko'targan oddiy xalq orasidan chiqqan qaHramon qo'yiladi. Asarning Markaziy qaHramoni Anvar xon zamonasidagi barcha fisqi-fujurlarni boshidan kechirgan va feodal istibdodi ziddiyatlarida xonavayron bo'lib ketgan qashshoq bir oilaning boqimsiz qolgan bolasidir. Anvarning Hayoti va faoliyati oddiy xalq Hayoti va faoliyati bilan bog'lab ko'rsatiladi. Shuning uchun Ham Anvar obrazida butun asarning bosh g'oyasi mujaseamlashgan. Anvar o'z iste'dodi tufayli xon o'rtasida bosh munshyushk darajasiga ko'tariladi, undagi butun ziddiyatlarni ko'rib jirkanadi, nafratlanadi, binobarin, Anvar o'zining insonga xos olyeshnob fazilatlarini mutlaqo yo'qotmaydi, biror nafas Ham bu darG'Shyan rozi bo'lmaydi, feodallar muHitini mutassil la'natlaydi

Romanning boshlarida Anvar ko'proq o'z Halovatini o'ylovchi, xon o'rtasidagi va maxdumlar oilasidagi illatlarni seza boshlagan bo'lsa Ham unga qarshi bora olmaydigan bir kuch sifatida Harakat qiladi. Masalan u, Mirzaboshchilikning "Iflos ish" ekanligini qayd qilgan Holda, Ra'noga erishish uchun uning xasis soliH otasi MaHmudning tazyiqiga qarshi bora olmaydi va bu vazifani bajarishga majbur bo'ladi.Lekin voqealar davomida Anvar xarakterida o"zgarishlar yuz bera boradi. Xonning qilmishlari unda norozilik tug'diradi. Anvar ulamolarning fisqi-fujurlarini, o'rda munshiylari ishidagi yaramasliklarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Hukmron sinfning xulq-atvori Anvarni g'azabga keltiradi, sevgilisi Ra'noning xon Haramiga olib ketilish esa uni iztirobga soladi. Anvar Xudoyorxon va uning atrofidagilardan yuz o'giradi, o'z o'limidan Ham Hayiqmay, ular bilan betma-bet atishish darajasigakeladi.

Bir tomondan Anvar, Ra'no. Sultonali, Safar bo'zchi va boshqalar, ikkinchi tomondan Xudoyorxon, AbduraHmon domla, Shog'ovul domla va boshqalar o'rtasidagi kurash, ya'ni bir-biriga. qarama-qarshi bo'lgan ijtimoiy kuchlar o'rtasidagi konflikt yozuvchining diqqat markazida turadi. Xonning tirgagi, feodal tartiblarning mafkuraviy Himoyachisi bo'lgan reaksion ulamolar vakili AbduraHmon va uning Hamfikrlari oddiy meHnatkash xalq vakili Anvarning bosh mirozolikka o'tishini ko'ra olmaydilar, go'zal Ra'noga uylanishiga rashk qiladilar. Anvarni o'rdadan chetlatish uchun uning sevgilisi Ra'noni xon changaliga topshirishdek mash'um bir tuzoqni ishga soladi lar. Bu dramatik tugun asar syujetida keskin burilish yasaydi. Anvar faqat xondan emas, meHrob chayonlaridan Ham yuz o'giradi, ulardan nafratlanadi. Bu jiHatdan roman finalida dor ostiga keltarilgan Anvarning domlaga qarata aytgan so'zlari juda xarakterlidir. Shu tariqa muallif o'zbek yiryk prozasida birinchilardan bo'lib, meHnatkash xalq vakili bilan reaksion ulamolar o'rtasidaga zidsiyatlarni tasvirlashga bel bog'lagan va ruHoniy libosiga burkangan chayonlarni fosh etishda jasorat ko'rsatgan.

Muallifning ayniqsa, soliH MaHmud xarakterini yaratishdagi maHorati aloHida diqqatni jalb etadi. Asarning qator boblarida soliH Maxmudning obrazi Har taraflama real ochila boradi, ma'him bir sosial tabaqa, islom ulamolariga xos xususiyatlar egasi, ayni vaqgda tipik bir xarakter sifatida

gavdalanadi.

Asardagi boshqa obrazlar, personajlar: Safar bo'zchi, Xudoyor,

AbduraHmon domla, ShaHodat muftilar Haqida ma'lumot

beriladi.

"Obid ketmon" asarining yozuvchi ijqdidagi, 30-yillar o'zbek nasri rivojidagi o'rni. Romanning tanqidchilikdagi bir yoqlama talqini. Asarning ayrim kamchiliklariga qaramay unda davr35

Hodisalarining o'ziga xos tarzda Haqqrniy yoritilishi. Obid ketmon, Xotib domia, mulla MuHsin, Berdi taTar obrazlari xarakterini ochishda yozuvchi maHorati. Tayanch tushunchalar: 1. Xalq. vatan taqdiri uchun jonbozlik ko'rsatish, uni ozod Holsa ko'rish - Qodiriy ijodining asosini tashkil etadi.


Адабиёт:


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish