Sh. Xolmirzayevniiig romanlari
„Qil ko’prik"dan „Dinozavr"gacha. Shukur Xolmirzayevning „QiIko’prik", „So’nggibekat", „Yo’lovchi", „01abo’ji", „Dino-zavr" romanlari turli mavzu va muammolarga bag’ishlangan. „So’nggi bekat" (1974) adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay, sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi norasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. „Bekat" xo’jaligida yashab, mehnat qilayotgan turii toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e'tibori bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bo’lsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga go’yo ishoradek bo’lgan edi. Taxminan o’n besh yil o’tgach bu badiiy „karomat" o’zining tasdig’ini topdi.
1987- yil adib „Yo’lovchi" romanini yaratdi. Ayniqsa, shakli, kompozitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mo’l bo’lgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. •
Oliy maTumotli bo’Iish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga o’tmaydigan xudbin oliy malumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy maTumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma'lumot ham ololmay qoigan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga qayishuvchi, do’stga sadoqatli (bolalikda ari chaqqan o’rtog’ining azoblanayotganini ko’rib, dardini biroz yengillatay deb, o’zini ham ariga chaqtirganini eslang: yozuvchi kichik detal orqali xarakter yaratishga usta) kishi ko’p bor afzal emasmi? Yozuvchi xuddi shu fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettiradi.
„0labo’ji" romanida yozuvchi mastaqillik arafalaridagi sho’ro jamiyatini tanazzulga yetaidaganjarayonlaming ma'naviy va axloqiy asoslarini ko’rsatdi. Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni rasvo yo’lga yetaklashda To’qliboy Qo’chqorov singari kimsan, firqaning manaman degan rahbarlari bosh-qosh bo’lgani ochib tashlandi.
„Qil ko’prik" romanini yozish uchun adib salkam besh yil sarfladi (1978 —1982). Asarda „qizil"larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda, „bosmachi"larga) qarshi olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlanadi. Kitob ham sho’rolar hukm surgan davrda yozilgani bois, firqaviy mafkuraga mos keimaydigan biror gapni aytlsh, g’oyani ilgari surish amri mahol edi. Shu ma'noda, romanda sho’ro maqsadlaririi ko’rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida milliyistiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrixohligi tug’yon uradi. o’ziga xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni „Qil ko’prik"da amalga oshirish uning bosh muddaosi edi. Romanning bosh qahramoni Qurbon. Qizillar uni go’yo o’zlaridan bezgan, o’zlaridan yuz o’girgan kishi sifatida, aslida esa, razvedkachi qilib Ibrohimbek qo’rboshi tomonga yuboradilar. Qurbonning bir vaqtlar Eshoni Sudurga murid va shogird bo’lgani, so’ng undan kelib sho’rolar yo’lini tutgani, endi esa, adashgan ekanman, deb yana bu diniy peshvo katta hurmatda bo’lgan tomonga kelishi qahramonning xatti-harakatini, ya'ni islom lashkarlari tomonga o’tishini asoslashi kerak edi. Shunday bo’ladi ham. Lekin yozuvchi butun asar davomida Eshoni Sudurga nisbatan ham, „bosmachi" deb atalgan istiqlolchilarga nisbatan ham kitobxon qalbida zimdan mehr, xayrixohlik uyg’otib boradi. Buni u ochiq-oydin yozmaydi, lekin qahramonlarini o’ta ehtiyotkorlik bilan, shunday mushohadalar, qalb kechinmalariga chirmab beradiki, kitobxonda tashqi, mafkuraviy jihatdan go’yo zararli ko’rinishi kerak bo’lgan bu qahramonlarga yashirin ravishda xayrixohlik tuyg’ularini uyg’otadi.
Mohiyat e'tibori bilan, bu — nainki bosh qahramonning, balki u va uning atrofidagilar orqali o’z qarashlari, maqsadlarini ilgari surib olayotgan yozuvchining ham sho’ro mafkurasi atalmish „qil ko’prik"dan o’tib olishi edi.
Romanda kitobxon Eshoni Sudur, Ibrohimbek, Said Olimxon, Anvar poshsho singari obrazlarga duch keladi. Qurbon va Oyparcha muhabbati bilan aloqador kechinmalarni, voqealarni asar markaziga qo’yadi.
Sho’ro siyosatiga to’g’ri kelmaydigan fikrlarni, qarashlarni, yozuvchi, ko’pincha, bu tuzumga nomaqbul salbiy qahramonlar tilidan gapirtiradi. Shunday qahramonlardan biri — Eshoni Sudur. Yozuvchi uning qiyofasiga jadidlarga xos ayrim g’oyalarni sirigdi-rishga intiladi. Natijada, bu qahramon timsolida Vatan, istiqlol, millat haqida qayg’uruvchi kishiga xos fazilatlar yashirin ravishda o’z ifodasini topadi. Adibning Ibrohimbek qo’rboshini tasvirlashida ham unga xayrixohligini sezmaslik mumkin emas. Qo’rboshi deb nom chiqargan bu qahramon butun asar davomida deyarli biron marta o’z Vatani, vatandoshiga tig’ ko’targan holatda ko’rsatilmaydi. Sh. Xolmirzayev „Qil ko’prik" romani orqali sho’ro zamo-nidayoq istiqlol uchun kurashgan, mustaqillik g’oyalarini yashirin tarzda ilgari surishga intilgan adibdir.
Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y bera-yotgan o’zgarishlarni, ba'zan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga ko’rsatayotgan ta'sirini, bir so’z bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini ko’rsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Sh. Xolmirzayevning „Dinozavr" romani shu muammoga bag’ishlandi. Yozuvchi va rejissor Mahkam — asarning bosh qahramoni. Sho’ro jamivntidn siyosatga. uning va'da!ariga ishonib yashagan. Mustaqillik ulug’ niyatlarning vosili ekanidan qafiy nazar, yangi zamon o’zi bilan murakkabliklarni, ziddiyatlarni, qiyinchiliklarni ham olib keldi. Shu sabab Mahkam yangi jamiyat talotumlarini ongi va qalbi bilan yetarlicha chuqur, o’zi qoniqish hosil qiladigan darajada idrok etolmay qiynalishda. U ba'zilarga o’xshab kim nima desa, yugurgilagancha ma'qullab ketavera-diganlar xilidan emas. U hayotda o’zaro munosabatlarda paydo bo’layotgan har qanday yangilikning mohiyatini o’zi mustaqil ravishda idrok etishni xohlaydi.
Romanda turli qahramonlarni uchratamiz. Jamoliddin o’ylab ish tutadi, mushohadakor yigit. Kelajakka ishonadi. Bozor iqtisodi sharoitida yashash, ishlash biz uchun butkul yangilik va mubham emas, bu masalada an'analarimiz bir, deydi u. Shu bois, yurt-doshlarimizning aql-zakovatiga ishonadi, ko’p o’tmay o’zini ham, yurtni ham boyitadigan tadbirkorlar yetishib chiqishiga ko’zi yetadi.
Yozuvchi tasvirda tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi, ma'naviyat masalalariga ham alohida e'tiborni qaratadi. Mahkam akaning xotini Shahlo timsolida oiladagi moddiy yetishmovchilikning milliy tabiatga ko’rsatayotgan ayrim nomatlub ta'sirini ochadi. Zamon talotumlari ma'naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, awalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq irodasi sust kishilarda namoyon bo’lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasini sinovdan, chig’iriqdan o'tkazib, ma'naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari ta'sirida yanada boyitmoqda.
Romanda Abzal, Toirov kabi qahramonlar ham bor. Ularning maqsadi zamonni idrok etib, og’irini yengil qilish emas, unga moslashish xolos. Ularning falsafasi: nima bo’lsa ham baribir, taka bo’lsin-u sut bersin. Abzal sho’ro davrida bolalar shoiri edi. Endi esa, hajga borgani-yu, yodlagan to’rtta hadisini pesh qilish bilah ovora. Bu darajadagi halol, pok kishilar oz emas. Lekin Abzal unday emas, u dunyoviy ilmda ham, diniy ilmda ham borib turgan chalasavod.
Toirov istiqlolgacha firqaviy idoraning kattagina rahbafi,sho’rolar mamlakati tarixi o’qituvchisi bo’lgan. Endi esa unga ho’l-u quruq barobar, awalgi davrni buralab so’kib, istiqbolli odamlarga yaltoqlanib, ular ishonchiga kirib olgan. Aslida axloqiy jihatdan ham anchagina tuban kishi. Biroq hamma Abzal va Toirovlarga o’xshagan emas. Romanda Bo’riboy singari qahramonlar timsolida yangi zamonga munosib ravishda shakllanib kelayotgan ishbilarmon, tadbirkor obrazi gavdalantiriladi. U daromadli savdo-sotiq ishidan tashqari „shifoli suv chiqadigan aziz joylar"ni obod qilishga, awallari savob va niyat ilinjidagina qo’y so’yilgan maskanlarni sanatoriyaga aylantirishga ahd qiladi. Topganiga xalq og’irini yengil qilish umidi bor. Ma'naviyatni yuksaltirishga hissa qo’shish orzusi ham yo’q emas. Qalamkashlarning kitoblarini chiqarishga yordam berishni diliga tugib qo’yadi va h.,k. Bu hayotda shakllanib kelayotgan real hamda adib tahayyulida yashayotgan ideal qahramonning birikuvidan paydo bo’Igan obrazdir. „Dinozavr" „zamonamizning qahramonlarini yarataylik, qani davrimizning, mustaqil jamiyatmizning yangi qahramonlari" tarzida yangi turmush qo’ygan talablarga roman janrida javob berilgan dastlabki asarlarimizdan biridir.
Sh. Xoimirzayev rang-barang janrlarda ijod etadl- »Qora kamar" unmg ana shu rang-baranglikni tasdiq etuvchi asari bo’lib, XX asrning oxirlaridagi o’zbek adabiyotining, dramaturgiyasining sara namunalaridan biri hisoblanadi.
Shunga qaramay, butun o’zbek xalqi qalbida qachonlardan buyon davosiz darddek to’lg’anib yotgan muammoni „Qora kamar" dramasida yoritish uchun Sh. Xolmirzayev jur'at va jasorat bilan qo’liga qalam oldi. „Qil ko’prik" romanidagi usulni davom ettirdi va rivojlantirdi. „Bosmachi" deb atalgan, aslida vatanparvar va millatparvar, fidoyi Xurrambekning kimligini uning o’zini o’zi ochib berish usulida ko’rsatdi. Xurrambek tarafdorlarining qiyofasi, xarakteri va g’oyasi ham monolog, dialoglar orqali shu yo’sinda ochilabordi.
Adib ijodida bayon emas, ko’rsatish, e'tirof emas, tasvirlash san'atining chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada o’zining ajoyib samaralarini berdi. Asar yozilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirg’ochlarini ko’rsatishda muallif badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etdi. Bu kunning yog’dularini tarixga murojaat orqali ochib berdi.. Dramaturg Xurrambekni chuqur ruhiy Iztiroblar ichida ko’r-satadi. Bu millatparvar shaxs fojiasining sabablarini ko’rsatishga alohida e'tibor beradi. o’z tinchini o’ylash Xurrambekka begona. Uning butun o’y-fikri, tashvishi, azobi yurt qayg’usiga qaratilgan. Xurrambek: ,,0'rusiyada inqilob bo 'Igach, endi qutuldik degan edik. Falakning gardishini qarangki, millatimiz sotqinlari O 'rusiyadan askar chaqirib, amirlikning tagiga bolta urishdi. Mamlakatni tag’in 0 'rusiyaga qo 'sh qo 'liab berib qo 'yishdi. Men Vatan ozodligi deganda ana o 'sha bosqinchilardan, xoinlardan ham xalos bo 'lishni, o 'zimiz o z yerimizga xo’jayin bo lishni tushunaman " deydi. Bu qahramon ruhiy iztiroblari, qiynoqlarining mehvari — Vatanga, millatga mehrda. U yurtga bostirib kelgan yog’iylarning kurashlari sababini tushunadi. Lekin o’z yurtiga qarshi kurashgan, bu maqsadda o’z yurtdoshlariga qarshi kurashish uchun qo’liga qurol olganlarning vijdonini, imonini tushunishga ojiz qoladi. Siz sho’roviylar „Vatanga, mana bu osmonday keng o’lkaga ozodlik bera olasizlarmi?" deydi Xurrambek Abdulla Nabiyevga va fikrini davom etadi: „Qachon inson ko’ribdi, bosqinchi bosib olgan o’lkasidan chiqib ketganini? Axir uyam qon to’kayapti! o’z qonini... Bosqinchi hech qachon bosib olgan mamlakati fuqa-rosining boshini silamaydi! Silasa, aldash uchun silaydi!"
Abdulla Nabiyevning aldangani Xurrambekning ich-tashini o’rtaydi. Lekin aldoqchi g’oyalar unga ta'sir ko’rsatib bo’lgan edi. „Yomon aldangansan, jigar", deydi u Abdulla Nabiyevga. So’nggi birgina Jigar" so’ziga muallif juda katta ma'nolarni, qahramon vujudidagi azob-u iztiroblarni jo qila oladi. Shu birgina so’zda Xurrambek bag’ridagi ajib xislatlar bo’y ko’rsatadi.
Dramada Xurrambekning ijtimoiy va shaxsiy dardlari yaxlit ravishda, yuksak mahorat bilan aks ettirilgan. Yakka-yu yagona farzandi Umidjonni va uning o’rtoqlarini Abdulla Nabiyev ta'siriga berilgani va „Yasha Sho’ro"ni ashula qilib yurganligi uchun o’limga mahkum etib yuborishi uning bag’ritoshligi ifodasi va bundan tashqari, bu o’ta dramatik lavha qahramonning shaxsiy va ijtimoiy fojiasiga ishora hamdir. Ayni vaqtda, bu o’ta iztirobli ko’rinishdagi ma'no Xurrambekning Vatan va millat qadr-qimmatini har narsa-dan ulug’ qo’yishining yorqin ifodasidir. Safdoshi, do’sti Ostonning qizillardan kechirim so’rashga chog’lanishi, sho’rolarga ashaddiy qarshi bo’lgan Xo’ja Eshonning asta-sekln yangi tuzumga xay-rixohlik ko’rsata boshlashi ham hayot haqiqatining, ham Xurrambek idealining ichdan yemirila boshlashi edi.
Dramaturg asar oxirida qahramonini o’ldirmaydi, „qizil"larga taslim ham qilmaydi, o’zga yurtlarga badarg’a ham etmaydi. o’z azoblari quyunida tanho qoldiradi. Bu qahramon g’oya-larining o’lmasligiga ishora, yozuvchi ideallarining amalga oshuviga umid, badiiy haqiqatning hayot haqiqati sifatida namoyon bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |