Abdulla Qahhor ijodi va Mahalla hikoyasi tahlili Tayyorladi: mmt-86 guruh talabasi Mingboyev Ibrohim



Download 2,22 Mb.
Sana12.06.2022
Hajmi2,22 Mb.
#658799
Bog'liq
Abdulla Qahhor Mahalla

Abdulla Qahhor ijodi va Mahalla hikoyasi tahlili

Tayyorladi: MMT-86 guruh talabasi

Mingboyev Ibrohim

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi.

Adibning bolaligi Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. Otasi Abduqahhor Tojikistonning Asht qishlog‘idan bo‘lib, asr boshlarida akasi usta Abdurahmonga ergashib Qo‘qon shahriga ko‘chib kelgan, ota kasbi temirchilik bilan shug‘ullangan. Abduqahhor mustaqil oila tebratish ilinjida bo‘lsa kerak, shaharni tark etib, bir necha yillar qishloqma-qishloq ko‘chib yurgan. Onasi Rohatoy Abdulladan oldin va keyin tuqqan sakkiz bolasini qora yer bag‘riga berib, yurak oldirib qo‘ygani uchun bu o‘g‘lini yer-u ko‘kka ishonmay, ko‘z o‘ngidan bir qadam ham jildirgani qo‘ymay, avaylab o‘stirdi. Biroq oilaning bu yolg‘iz farzandi ko‘z ochib, esini tanib, turmushning hadsiz xo‘rlik, shafqatsizliklarini ko‘radi.


Yigirmanchi asr oʻzbek adabiyotiga nazar tashlasak, xalqimiz maʼnaviyati xazinasiga beqiyos ulush qoʻshgan, chin maʼnoda oʻlmas asarlar ijod qilgan ulugʻ shoir va adiblarni koʻramiz. Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom kabi ijodkorlarning har biri alohida olam yaratgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Abdulla Qahhor ham adabiyotimizning ana shunday ustunlaridan biridir. Agar biz Abdulla Qodiriyni oʻzbek romanchiligining otasi desak, Abdulla Qahhor oʻzbek realistik hikoyachilik maktabini yaratgani shubhasiz.
Abdulla Qahhor adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Uning “Oy kuyganda” ilk hajviy she`ri 1924 yilda “Mushtum” jurnalida “Norin shilpiq” taxallusi ostida bosildi. Asarlari; «Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi), «Sarob» romani, « Og’riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan), «Ayajonlarim» (1966), «O’tmishdan ertaklar» (1964), «Muhabbat» (1966), «Mahalla», «Tomoshabog‘», «Millatchilar», «Adabiyot muallimi», «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan) va boshqalar.
A. Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. Ulug’ sanatkor yozuvchimiz ijod bulog’i qaynab turgan bir pallada og’ir darddan 1968 yil 25 mayda 61 yoshida dunyodan otdi.
ABDULLA QAHHOR. MAHALLA (HIKOYA)
Inson bilan tiriqdir inson,  Muhabbatdan hayotning boshi.  Odamzodga baxsh etadi jon,  Odamlarning mehr quyoshi. Erkin Vohidov

Abdulla Qahhorning ushbu hikoyasida Hikmat buva va Rohat buvining keksalik davri tasvirlangan. Hikoya Rohat buvining to’satdan vafot etib qolishi va hikmat buvaning so’ngsiz arosatda qolganlik davri bilan davom etadi. Bu ayriliqni Hikmat buva o’z aqliga sig’diraolmay kampirning hayoli bilan yashaydi. Hikmat buva bilan Rohat buvi 53 yildan beri bir dasturxonda tuz tatigan bir ko’rpani bosgan birga kulgan birga yig’lagan. Rohat buvining o’limi Hikmat buvaning yurak bag’rini sug’urib gangitib qo’ydi. Kelini va o’g’li Hikmat buvani yolg’iz qo’ymaslikga harakat qilishdi. Chol injiqlik bilan harxasha qilib yurdi.

Bir kuni chol o’ziga go’r qazitdi. Chol qabristondan kelyotganda cho’tkachi yigit kampirning hislatlari haqida gapirib berdi. Cho’tkachining gaplari cholga mador bo’ldi. Uyga kelgan cholni mahalladagi qo’ni qo’shnilar va shifokor suhbatga tortdi. Mahalladagi shifokor mahallaga samovar va idish tavoq kerakligini aytib bu vazifani cholga yukladi. Chol bu yugur-yugurlarga chalg’ib qabristonga ham onda-sonda boradigan bo’lib qoldi. Mahalladagi kotib yigitning qattiq gapi cholga og’ir botdi. Chol uyiga keldi va qalbida hayotga bo’lgan ishonchi yanada kuchaydi. Hikoyada insonlarning hayot deb atalmish oliy ne’matning naqadar bebaho ekanligi aks ettiraladi. Odamlar bor tirigida o'likdir Odamlar bor mangulikka tirikdir..!!!


Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish