Abdulla Oripovning hayoti va ijodi
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |