Shularga ko‘ra ushbu magistrlik dissertatsiyamizda Abdulla Oripov she’riyatida ijodkor shaxs va davr muammolarining aks etishi mavzusi asosiy obyekt qilib olindi. Shu masalalarni tadqiq qilish magistrlik ishimizning dolzarbligi va ilmiy jihatdan ahamiyatini belgilaydi. Ya’ni ushbu ishimizda Abdulla Oripovning bir qator yetuk she’rlari, jumladan, dastlabki ijod namunalari bo‘lgan va faqat istiqlolimizdan so‘ng 2021-yili ilk marta nashr qilingan. - Shularga ko‘ra ushbu magistrlik dissertatsiyamizda Abdulla Oripov she’riyatida ijodkor shaxs va davr muammolarining aks etishi mavzusi asosiy obyekt qilib olindi. Shu masalalarni tadqiq qilish magistrlik ishimizning dolzarbligi va ilmiy jihatdan ahamiyatini belgilaydi. Ya’ni ushbu ishimizda Abdulla Oripovning bir qator yetuk she’rlari, jumladan, dastlabki ijod namunalari bo‘lgan va faqat istiqlolimizdan so‘ng 2021-yili ilk marta nashr qilingan.
- “Shoirning tug‘ilishi” nomli yangi to‘plamidagi she’rlar misolida ijodkor shaxs va davr muammolarini bevosita o‘sha davr adabiy jarayoni bilan uzviy bog‘liqlikda yoritish maqsad qilib qo‘yildi va shu jihatlar mazkur tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy-amaliy ahamiyatini belgilashga asos bo‘ladi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mazkur tadqiqot mavzusini chuqurroq yoritish maqsadida zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli vakili Abdulla Oripov ijodidagi eng sara asarlari hamda 2021-yili shoir tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilk marta nashr etilgan “Shoirning tug‘ilishi” to‘plamidagi bir qator she’rlari tadqiqotimizga asosiy obyekt qilib olingan. Shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotining Navoiy, Pushkin, Ch. Aytmatov, R. Hamzatov, Q. Quliyev, E. Vohidov kabi mashhur siymolari asarlari hamda H. Xudoyberdiyeva, M. Yusuf va T. Murod singari zamondoshlarining ijod namunalari ham mavzu doirasida qiyosiy tahlilga tortilgan. - Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mazkur tadqiqot mavzusini chuqurroq yoritish maqsadida zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli vakili Abdulla Oripov ijodidagi eng sara asarlari hamda 2021-yili shoir tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilk marta nashr etilgan “Shoirning tug‘ilishi” to‘plamidagi bir qator she’rlari tadqiqotimizga asosiy obyekt qilib olingan. Shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotining Navoiy, Pushkin, Ch. Aytmatov, R. Hamzatov, Q. Quliyev, E. Vohidov kabi mashhur siymolari asarlari hamda H. Xudoyberdiyeva, M. Yusuf va T. Murod singari zamondoshlarining ijod namunalari ham mavzu doirasida qiyosiy tahlilga tortilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |