Bu qanday bedodlik? O‘sha davrda bunday xo‘rlik va sitamlarning chek-chegarasi bo‘lganmi o‘zi?
Mustabidlar nazarida: butun el “xalq dushmanlari”dan iborat edi, ozod bo‘laman degan o‘limga giriftor etilardi.
Jumladan, yaqin o‘tmishni esga oling. “O‘zbeklar ishi” degan aybnoma qancha oilani qon qaqshatib yubordi, sha’nimizni yer bilan bitta qildi. Odamlarni “Men poraxo‘rman”, deyishga majbur qildilar. Bizni uyushgan jinoyatchilikda ayblab, dunyoga jar solishdi.
– Ne baxtki, millatimiz, xalqimiz bir umr zulmat bag‘rida qolib ketmadi. Jafokash yurtimiz orzusi ro‘yobga chiqdi – istiqlolga erishdik. Ana shu muborak ayyom muhtaram Yurtboshimiz Vatan mustaqilligini e’lon qilgan anjumanda siz ham to‘lib-toshib she’r o‘qidingiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |