Abdulla avloniy pandlar, hikoyalar, kitobidan



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#252387
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
TARBIYANING ZAMONI 

 

 

Emdi  ochuq  ma'lum  boidiki,  tarbiyani  tug'ilgan  kundan  boshlamak, 



vujudimizni 

quvvatlandurmak, 

fikrimizi 

nurlandurmak, 

axloqimizi 

go'zallandurmak,  zehnimizi  rav-shanlandurmak  lozim  ekan.  Tarbiyani  kimlar 

qilur?  Qayda  qilinur?  —  degan  savol  keladur.  Bu  savolga,  «birinchi  —  uy 

tarbiyasi.  Bu  ona  vazifasidur.  Ikinchi  —  maktab  va  madrasa  tarbiyasi.  Bu  ota, 

muallim,  mudarris  va  hukumat  vazifasidur,  deb  javob  bersak,  bir  kishi  deyurki, 

«Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz boshi paxmoq, qo'li to'qmoq onalarmi? O'zlarida 

yo'q  tarbiyani  qaydan  olib  berurlar»,  der.  Mana,  bu  so'z  kishini  yuragini  ezar, 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




bag'rini  yondurur.  Otasiga  nima  dersiz,  desak,  «Qaysi  ota?  To'ychi,  uloqchi, 

bazmchi, do'mbirachi, kar-naychi, surnaychi, ilm  qadrini  bilmagan, ilm  uchun bir 

pulni  ko'zlari  qiymagan,  zamondan  xabarsiz  otalarni  aytursizmi?  Avval  o'zlarini 

o'qutmak, tarbiya qilmak lozimdur», - der. Mana bu so'zni eshitgach, umid qo'llari 

qo'ltiqg'a urilur. 

 

Xayr,  bo'lmasa,  muallimchi  desak,  «Qaysi  muallim?  Maqsadi  pul,  maslagi 



shuhrat,  yuqori  maktablarda  o'qimagan,  «usuli  ta'lim»  ko'rmagan  muallimlarni 

aytursizmi?  Avval  o'zlari  «dorilmuallimin»larda  o'qumaklari,  so'ngra  dars 

bermaklari lozimdur», - der. Mana bu so'z insonni hayrat daryosiga g'arq qilur. 

 

Mudarrislarga ne dersiz desak, «Qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari 



chopon,  darslari  beimtihon,  isloh  yaqinidan  yurmagan  mudarrislami  aytursizmi? 

Bular  o'z  vazifalarini  bilub,  nafslaridan  kechub,  zamong'a  muvofiq  ravishda 

darslarini  isloh qilub,  imtihon birla  o'qutmaklari  lozimdur»,  — der.  Mana  bu so'z 

har kimni «Al-isloh» demakka majbur qilur. Bo'lmasa, hukumatchi? desak, «Xayr, 

hukumat  hammaning  otasidur.  O'z  fuqarosining  bolalarini  tarbiya  qilmak  lozim. 

Shuning uchun bizning Rusiya hukumati o'gay bo'lsak ham, har yerda bizlar uchun 

ham  maktablar  ochub,  bolalarimizni  tekin  o'qitur.  Lekin  o'zimiz  ish  bilmagan, 

yalqov,  uyda  ona  tarbiyasi,  otadan  pul  tarbiyasi,  muallimdan  axloq  tarbiyasi, 

mudarrisdan  funun  tarbiyasi  ko'rmaganimizdan,  hukumat  maktablaridan  ham  o'z 

hissalarimizni  ololmaymiz»,  —  der.  Mana  bu  so'z  bizlarni  tarbiyadan  mahrum, 

huquqning na ekanin biimagan-ligimizni bildirur. 

 

Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot  -  yo  mamot, yo najot  —  yo halokat, 



yo  saodat  —  yo  falokat  masalasidur.  Rasuli  akram  nabiyyi  muhtaram  sallallohu 

alayhi vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadur, muruwati aqlindadur, 

hasabi axloqindadur», demishlar. 

 

 



 

Agar bir qushning yosh bolasin olib,  

 

 

Bo'lur tarbiyat birla yo'lga solib.  



 

 

Onasin olib asrag'on birla rom  



 

 

Qilmas, kishi sa'y qilsa mudom. 



 

 

 



Kerak tarbiyat yoshhkdan demak,  

 

 



 

Ulug' boisa lozim kelur g'am yemak.  

 

 

Egur bemashaqqat kishi navdani,  



 

 

To'g'unchi



1

 egur kuydirib kavdani. 




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish