Abdulla avloniy pandlar, hikoyalar, kitobidan



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#252387
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
TARBIYA 

 

 

Tarbiya  —  «Pedago'giya»,  ya'ni  bola  tarbiyasining  fani  demakdur.  Ilmi 



axloqning asosi tarbiya o'Idug'indan shul xususda biroz so'z so'ylaymiz. Bolaning 

salomi  va  saodati  uchun  yaxshi  tarbiya  qilmak,  tanini  pok  tutmak,  yosh  vaqtidan 

maslakini  tuzatmak,  yaxshi  xulqlarni  o'rgatmak,  yomon  xulqlardan  saqlab 

o'sdurmakdur.  Tarbiya  qilguvchilar  tabib  kabidurki,  tabib  xastaning  badanidagi 

kasaliga  davo  qilgani  kabi  tarbiyani  bolaning  vujudidagi  jahl  maraziga  «yaxshi 

xulq»  degan  davoni  ichidan,  «poklik»  degan  da-voni  ustidan  berub,  katta  qilmak 

lozimdur. Zeroki, «Hassinu axloqakum»  amri  sharifi uzra xulqimizni  tuzatmakg'a 

amr o'linganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo'lishining asosiy panjasi tarbiyadur. 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud



 

Axloqimiz(ning)  binosining  go'zal  va  chiroyli  bo'lishiga  tarbiyaning  zo'r 

ta'siri  bordur.  Ba'zilar  «tarbiyaning  axloqga  ta'siri  yo'q,  insonlar  asl  yaratilishida 

qanday bo'lsalar, shunday o'sarlar, tabiat o'zgarmas», 

 

 

 



 

 

 



Yomon xo' tuzalmaydi darmon ila,  

 

 



Ipako'lmas ip, rangi alvon ila,  

 

 



Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,  

 

 



Bo'lur yaxshi payvand, parvo bilan.  

 

 



Bilur har kishi aslini rangidan,  

 

 



Va yokim ulangandagi zangidan», — demishlar. 

 

 



Lekin  bu  so'z  to'g'ri  emasdur.  Chunki  tarbiyaning  axloqga,  albatta  ta'siri 

bo'ladur.  Aromizda  masal  borki,  «Sut  ila  kirgan,  jon  ila  chiqar»,  mana  bu  so'z 

to'g'ridur.  Rasuli  akram  nabiyyi  muhtaram  sallallohu  alayhi  vasallam  afandimiz: 

«Beshikdan to mozorga borguncha ilm o'rgan», — demishlar. Bu hadisi sharifning 

ma'nosi  bizlarga  dalildur.  Hukamolardan  biri:  «Har  bir  millatning  saodati, 

davlatlarning  tinch  va  rohati  yoshlarning  yaxshi  tarbiyasiga  bog'liqdur»,  — 

demish.  Shariati  islomiyada  o'z  bolalarini  yaxshilab  tarbiya  qilmak  otalarga  farzi 

ayn,  o'z  millatining  yetim  qolgan  bolalarini  tarbiya  qilmak  farzi  kifoyadur. 

Payg'ambarimiz:  «Bolalaringizni  yetti  yoshida  namozga  o'rgatingiz.  Agar  o'n 

yoshida o'qumasa, uringiz», — demishlar. 

 

 

 



Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,  

 

 



Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.  

 

 



Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,  

 

 



Gar desam bo'lmas xato jannat makoni tarbiyat. 

 

 



 

E, otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,  

 

 

G'ayrat aylang o'tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.  



 

 

Moyai zilli humodur tarbiyatning soyasi,  



 

 

Bizda anqo tuxmidek yo'q oshiyoni tarbiyat. 



 

 

 



 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish