KO'R KISHI
Hazrat Muso alayhissalom Tur tog'iga borurlarida yoilaridan to'sub bir ko'r
kishi oyog'lariga yiqulub: «Meni haqimga duo qiling, ko'zim ochilsun», - deb
yolbordi. Hazrat Muso duo qildilar, ko'zi ochildi. Ertasi yana Tur tog'iga
borishlarida ko'rdilarki, ul ko'r kishi ko'chada kim ko'runsa, shuni urub, hamani
to'polon qilub yuribdur. Muso alayhissalom: «Alloh seni bilib ko'r qilgan ekan.
Ne'mat qadrin bilmas ekansan, sendek kishilarning ko'zini ochu-g'idan ko'r bo'lgani
yaxshiroqdur», - deb yana duo qildilar, awalgidek ko'r bo'lub qoldi. Hissa:
Mushukni bo'lsa gar iki qanoti,
Qolurmi dunyoda chumchuqni zoti.
Eshak bo'lsa ho'kizdek iki shoxlik,
Berurmi boshqa hayvonlarga sog'lik.
Do'stlaringiz bilan baham: |