OCHKO'ZLIK
Bir bola ko'chada yig'lab o'lturub edi. O'tub-ketub turgon kishilardan biri:
«0'g'lum, sanga nima bo'ldi? Na uchun muncha yig'larsan?» - deb so'radi. Bola:
«Bir tiyin oqcham bor edi, yo'qotib qo'ydim. Shuning uchun yig'larman», -dedi. U
kishining bohga rahmi kelub, «Mana o'g'lim, oqchang yo'qolgan bo'lsa, man sanga
boshqasini berurman», - deb cho'ntagidan bir tiyin oqcha chiqorub berdi. Bola
oqchani olub, yana avvalgidan ortuq vig'lamoqg'a boshladi. Ul kishi: «Daxi nimaga
yig'larsan?» - desa, bola: «Oh, otajon! Agar o'z oqcham yo'qolmagan bo'lsa edi,
hozir oqcham iki tiyin bo'lur edi», — dedi.
Ko'zing och bo'lmasun, o'g'lum, ko'zing och,
Qanoatsiz kishini uxlatub qoch.
Do'stlaringiz bilan baham: |