Ikinchi payg'ambar
HAZRAT SHIS ALAYHISSALOM
Odam alayhissalom vafotlarindan avval Shis alayhissalomni yaxshi ko'rub,
barcha bolalariga podsho qilub qo'ymish edilar. Vafotlaridan so'ng janob Haq Shis
alayhissalomga payg'ambarlik berub, 50 sahifa kitob yubordi. Shis alayhissalom
Ka'bai muazzamani tosh va loydan bino qildilar. Allohga osiy bo'lgan Qobilning
avlodi birla urushdilar. Odam bolalarindan eng awal qilich birla urushgan hazrat
Shisdurlar. Bolalari nihoyatda ko'paygandan so'ng to'quz yuz o'n iki yoshlarinda
vafot bo'ldilar. Qabri shariflari Makkai mukarrama yonida Abu Qubays tog'indadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |